2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish
Download 43.89 Kb.
|
2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bolinmalarining
2-mavzu. Hududiy moliya organlarining tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, vazifalari va ish faoliyati bilan tanishish 1. Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limining funksiya va vazifalari. Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limidir. Amaliyot davomida mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim hamda keyingi qatorlarda ular haqida malumot berib o’taman. Shuningdek tumanda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar statistik ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim. Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi. Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14 dekabrda qabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonun: - O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini; - O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini; - Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini; - Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini; - Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; - Davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi. Bugun mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan keng islohotlar natijasida budjet jarayonining shaffofligini hamda budjet jarayonida fuqarolar ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois, mamlakatimizda budjet mablag‘larining sarflanishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda fuqarolarni budjet jarayoniga keng jalb qilish maqsadida joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Davlat budjeti ma'lumotlarining ochiqligini ta'minlash hamda byudjet jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish Moliya vazirligining ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik tomonidan – “Ochiq budjet” axborot portali yangi tahrirda ishga tushirildi.
Download 43.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling