Ii. Qonun loyihasini tayyorlash


Download 45.97 Kb.
bet1/9
Sana04.04.2023
Hajmi45.97 Kb.
#1328276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qonun


II. Qonun loyihasini tayyorlash
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”.
9-modda. Qonun loyihasini tayyorlash tartibi
Qonun loyihasini tayyorlash:
qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilishni;
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni;
zarur materiallar va axborot to‘plashni;
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni;
qonun loyihasini tuzishni;
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
10-modda. Qonun loyihasini bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan birgalikda tayyorlash
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini birgalikda tayyorlash to‘g‘risidagi taklif bilan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga murojaat qilishi mumkin.
11-modda. Qonun loyihasini tayyorlashni tashkil etish
Qonun loyihasini tayyorlash uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan ishchi guruhi (komissiyasi) tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tegishli bo‘linmalarining vakillari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralarning tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga o‘z roziligiga ko‘ra kiritiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Ishchi guruhi (komissiyasi) a’zolari qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini ta’minlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni, statistika ma’lumotlarini va o‘zga ma’lumotlarni olishga, qonun loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olishga haqlidir.
(11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur bo‘lgan hollarda, qonun loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda o‘z vakolati doirasida topshirishi yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur bo‘lgan hollarda, qonunlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga o‘z vakolati doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi qonun loyihasi uchun tanlovlar e’lon qilishga haqlidir.

Download 45.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling