Ii. Qonun loyihasini tayyorlash


III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar. Qonun loyihalarining ekspertizasi


Download 45.97 Kb.
bet4/9
Sana04.04.2023
Hajmi45.97 Kb.
#1328276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
qonun

III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Qonun loyihalarining ekspertizasi

18-modda. Qonunlar loyihalarining shakli
Tartibga solinadigan munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalari;
2) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga o‘zgartish, qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar loyihalari;
3) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonunlar loyihalari.
19-modda. Qonun loyihasining tuzilishi
Qonun loyihasi, qoida tariqasida, bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflarga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasi uning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek uning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar va tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihalari, qoida tariqasida, ularning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek ularning mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi muqaddimaga ega bo‘ladi.
Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-796-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflar sarlavhaga ega bo‘ladi hamda raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasida huquqiy normalar tartib raqamiga ega bo‘lgan moddalar ko‘rinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Kodekslar va boshqa qonunlar loyihalarining moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qo‘yiladi.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar, moddalar, shuningdek moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzui mantiqan rivojlanib borishini ta’minlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi.
Qonun loyihasining matniga:
qonun loyihasining yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
ilgari qabul qilingan qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qoidalar kiritilishi mumkin.
(19-modda oltinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 2-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar loyihalarining matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan aniq davlat organlari ko‘rsatiladi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Download 45.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling