28-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi matnini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan o‘zgartirish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi matnini qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar o‘zgartirishga haqli.
29-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan chaqirib olish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga o‘zi kiritgan qonun loyihasini mazkur loyiha birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqlidir. Agar qonun loyihasi bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan va mazkur subyektlarning barchasi loyihani chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa, qonun loyihasi chaqirib olingan deb hisoblanadi.
30-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari Qonunchilik palatasining takliflarini hisobga olgan holda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritishga haqli.
V. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(31-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2006-yil 13-oktabrdagi 201 (4100)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-oktabr,
O‘RQ-60-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 406-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, , 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Марказ ҳақида
Сайт янгиликлари
Сайтда реклама
RSS
© Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қошидаги “Адолат” миллий ҳуқуқи
Do'stlaringiz bilan baham: |