2-Mavzu. İjod va ilmiy tadqiqot – bilish foaliyatining maxsuli. Reja


Download 65.68 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi65.68 Kb.
#1165342
1   2   3   4
Bog'liq
2 Ma\'vzu IDM.

İlmiy ijod - bu ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan foydalanish, ilmiy bilimni yangi qonunlar va qonuniyatlar, yangi ilmiy principlar va nazariyalar, inson faoliyatining har xil sohalaridagi amaliyotga faol chiqishlar bi­lan boyitish bilan bog’liq bilish va bunyodkorlik faoliyatidir. İlmiy ijod - bu asosiy jihati o’rganilayotgan xodisalar va jarayonlarning, ularning harakat va rivojlanish qonunlarining mohiyatini abstrakt tushunchalar, sxemalar, formulalar, tenglamalar va hokazolar shaklida ifodalashdan iborat bulgan ob`ektiv voqelikni sub`ektiv aks ettirishdir.
İnson ijodiy ilmiy tadqiqotlar yordamida o’zini qypshagan olamga epistemologik jihatdan faol, muttasil ravishda chuqur va keng kirib boradi. İlmiy kashfiyot ilmiy ijodning muhim jixati bo’lib, u ilmiy tadqiqot ob`ekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash, fanning yangi sohalari haqida ma`lumotlar olishda namo­yon bo’ladi.
İlmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi-yangi ilmiy bilimlarni umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta`biri bilan aytganda, «insoniyat bilishdan lazzat oladi». Hozirgi zamon qobiliyatli olimi yuksak u mumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma`lumotli odam bo’lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko’nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga, keng hayot tajribasiga ega, o’tkir zehnli bo’lishi kerak. Fanni ijodiy, faol rivojlantirish - hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotining ajralmas jihatidir. Dolzarb ilmiy muammolarning echimini topishga nisbatan ijo­diy, o’ziga xos yondashuv ko’pgina hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlariga xos xususiyatdir.
Falsafa o’zining ko’p asrlik taraqiyotida hamisha ilmiy ijod bilan uzviy bog’liq bo’lgan, o’z qonun-qoidalarida muayyan fanlarning yutuqlari va xulosalariga tayanib kelgan.
Shu bilan birga, falsafa muayyan fanlarga nisbatan o’z metodologik funkciyasida bilimga chanqoq, fanning, haqiqatning tagiga etish sari mashaqqatli ijodiy yo’lini yorituvchi yo’lchi yulduz vazifasini ham bajaradi.
Falsafa bu fan epistemologiyasi, ilmiy ijodning metodologik negizidir, zero, u ilmiy tadqiqotlar ummonida olimga metodologik va dunyoga qarashga doyr mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Falsafa ilmiy ijodning metodologik asosi hisoblanadi, zotan, u ilmiy dunyoqarashning mohiyati, o’zagi, tub negizidir.
Falsafa fanni ilmiy bilishning umumiy, inson amaliyoti sinovidan o’tgan, haqqoniy usullari bilan qurollantiradi. U ilmiy ijodning maxsus metodlari va metodikalarining ob`ektiv asoslari va umumiy mazmunini, ularning mohiyati va umumiy tuzilishini ochib beradi, bu ma`lum metodlarni ilmiy tartibga solish va turkumlash, ilmiy bilishning yangi usullarini qidirish va ishlab chiqish vositalarini yaratish imkonini beradi.

Download 65.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling