2-Mavzu. İjod va ilmiy tadqiqot – bilish foaliyatining maxsuli. Reja


Download 65.68 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi65.68 Kb.
#1165342
  1   2   3   4
Bog'liq
2 Ma\'vzu IDM.


2-Mavzu. İjod va ilmiy tadqiqot – bilish foaliyatining maxsuli.


Reja:



  1. İjod ilmiy faoliyatni maqsadli tashkil etish omili. İjodning asosiy xossalari.

  2. İlmiy ijodning amal qilish mexanizmlari. Aqlning ijodiy faolligi imkoniyatlari.

  3. İlohiy ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari.

  4. Daholikning tabiyati. İlmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bosqichlari.



Tayanch tushunchalari: Fan, ijod, sinergetika, relyativizm, ilmiy metod, kreacionizm, arxetip, moslashtirish, adaptaciya, mavhumlashtirish, abstraktlashtirish.


İjod deganda keng ma`noda ob`ektga (butun atrof muhit yoki uning ozmi-kubmi ajratib olingan, aloxida bulagiga) sub`ektning (aloxida shaxs, ijtimoiy tabaha, jamiyatning) faol, izchil ta`siri tushuniladi. Mazkur ta`sir jarayonida sub`ekt uzini qurshagan muxitni o’zgartiradi, shu paytgacha kurilmagan, bilinmagan, o’rganilmagan, g’aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. İjodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o’zgartiradi, ham uzini yaratuvchi, ijodkor, koshif sifatida kashf etadi. İnsonning ijodi - bu shaxsiing tub xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va kunikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ij- timoiylashganlik darajasi uning ijodiy-bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi. İjod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik saloxiyatini ruyyobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma-xil muammolarni qo’yadi va hal qiladi, ularning uziga xos echimlarini, ba`zan bunday echimlarga nis- batan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. İjo­diy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o’ziga xosligi va betakrorligi namoyon buladi.
İjodiy faollik sub`ektga muttasil o’zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko’maklashadi. İjod jarayonining bu jihati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo’la­di. İlmiy tadqiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega.
Fan - bu rivojlanuvchi, o’sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik civilizaciyasi ijodiy-bunyodkorlik amaliyotining insonning o’zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o’zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy vokelikning borliq qonuniyatlari tug’risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o’zlashtirish, caqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yunaltirilgan alohida shaklidir. Bugungi kunda fan hozirgi zamon postindustrial, axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o’rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ-evristik funkciyasi alohida rol o’ynaydi.
Hozirgi zamon noklassik (kvant-realitivistik) fanining kre­ativ-evristik roli alohida yaratuvchi-olimning ilmiy ijodida ham, ilmiy jamoalar-laboratoriyalar, institutlar, sinov poligonlari va hokazolarning ilmiy ijodida ham uz aksini topadi.

Download 65.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling