2-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja
Download 48.14 Kb.
|
2-Mavzu Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi.
2-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja 2-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja: 1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi. 2. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va ularni guruhlanishi. 3. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy sohalari. 4. Ijtimoiy mehnat faoliyati-ijtimoiy siyosat asosi sifatida, uning tarkibiy qismlari va elementlari. 1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi. Jamiyat ijtimoiy sohasi nimani ifodalaydi? Ijtimoiy siyosatning asosiy yunalishlari qanday? Ijtimoiy (sotsial) degan soʼz keng maʼnoda “tabiiy” degan tushunchadan farq qiluvchi “ijtimoiy” va tor maʼnoda ijtimoiy tuzumning oʼziga xos sohasi sifatida ifodalanadi. Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi. U yoki bu birliklar oʼrtasidagi munosabat va oʼzaro aloqalar jarayonida har bir insonning feʼl-atvorini ifoda etuvchi ijtimoiy sifatlari tarkib topadi. Ijtimoiy munosabatlar har bir individning jamiyatdagi tengligini (yoki notengligini) ifodalaydi. Bizda shu vaktga kadar jamiyat aʼzolarining hammasi umumxalq boyligi hisoblangan ishlab chiqarish vositalariga boʼlgan munosabatlardagi tengligi taʼkidlab kelingan. Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaatlarini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini, kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi. Demak, ijtimoiy soha oʼz ichiga ijtimoiy jarayonning hamma qirralarini, ijtimoiy tizimning obʼektiv shart-sharoitlari va subʼektiv omillarni ijtimoiy va shaxsiy kizikishlar tuzilmasi hamda ularning murakkab dialektik aloqasini oʼz ichiga oladi. Ijtimoiy siyosat-jamiyatga siyosiy raxbarlik qilishning shunday yunalishidirki, u oʼz ichiga qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni oshirish, ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar, kollektiv va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi. Jamiyatni yangilash vazifasi uzoq muddatli,chuqur uylab kurilgan yaxlit ijtimoiy siyosatga muvofiq kelishi yaʼni ijtimoiy sohaning hamma tomonlarini bir butun holda oʼz ichiga olgan va xalq ommasining extiejini toʼla kondirish, ularning faolligini yanada oshirishga qaratilgan boʼlishi kerak. Ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari qaysilar? Bularni shunday taʼriflasa boʼladi. Download 48.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling