2-mavzu: inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari reja: Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish


Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari


Download 147.21 Kb.
bet5/10
Sana26.10.2023
Hajmi147.21 Kb.
#1723078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MAVZU INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH YOLLARI

2.Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:
1) Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo’qotishga olib keladi.
2) Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar.
3) Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tariladi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning 17 foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi. Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi. Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi:
1) Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasida
2) Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
3) Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
4) Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo`shimcha zarar ko`radi. Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va 18 turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi:
- ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi;
- baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;
- krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi-yu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bеrgan yutqazishi mumkin. Davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va hk.
2. Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy jihatdan ahvoli yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o`sishidan tushib kеtishi natijasida aholining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg`armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya aholi ba'zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib kеladi. Davlat aholining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni indеksatsiya qilib boradi.
Mamlakat tomonidan inflyatsiyaning samarali tashkil qilinmasligi natijasida quydagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishga sabab bo’ladi.
b) davlat qarzlarning o`sishi va budjеt dеfitsitining mavjudligi.
Budjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996- yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali ham qoplanmoqda.
Barchamiz singari hukumat ham o’z harajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishi lozim. Albatta uning ham bujet cheklovlari bor. O’z xarajatlarimizni to’lash uchun pulni ishlab topishimiz yoki qarzga olib turishimiz mumkin. Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini yangi soliqlarni kiritish yoki qarzga mablag’larni davlat obligatsiyalarini chiqarish orqali jalb qilishi mumkin. To’g’risi bizdan farqli ravishda davlat uchinchi imkoniyati ham mavjud: pulni emissiya qilish va maxsulot va xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish.
Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash shartlariga bo’ysunadi va quyidagicha tashkil etiladi: davlat bujeti difisiti DEF (davlat xarajatlari G va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary baza АМВ va aholi qo’lidagi obligatsiyalarning АВ summasi o’zgarishiga teng bo’lishi kerak. Matematik nuqtai nazardan quyidagicha bo’ladi:

Download 147.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling