2-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari topshiriqlar
Download 31.09 Kb.
|
Investitsiya 2-topshiriq Maxmudov M.K.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirlar Moddiy aktivga yo’naltirilgan investitsi yalar Nomoddiy aktivga yo’naltirilgan
- Nazorat savollari
- Investitsiyaning obyekti
- Investorlar
2-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari TOPSHIRIQLAR 1. Quyidagi jadvalda keltirilgan tadbirlar investitsiyaning qaysi turiga kirishini aniqlang.
2. Real va moliyaviy investitsiyalarning o’zaro bog’liqligini misollar yordamida asoslang. Qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. Real investitsiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish, uy-joy qurilishiga, sport va sog’liqni mustahkamlash ob’ektlari qurilishiga, yangi mahsulot ishlab chiqarish, mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash va texnika xavfsizligi darajasini oshirish va shu kabilarga moliyalashtiriladi. Moliyaviy investitsiyalar esa qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalar aktivlariga qo’yilmalar, boshqa tijorat tashkilotlari-ning aktsiyalarini sotib olish, obligatsiyalarni sotib olish, boshqa tijorat tashkilotlari aktivlariga qo’yilmalarga. 3. Investitsiya jarayonining amalga oshirilish bosqichlarini aniqlang. Nazorat savollari: Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz? Investitsiya jarayoni ishtirokchilari kimlar? Xorijiy investorlar deb kimlarga aytiladi? Portfelni boshqarish deganda nimani tushunasiz? Diversifikatsiya portfelini shakllantirishda nimani tushunasiz? 1.Investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo’ladigan ketma-ket harakatlarning yig’indisi. 2. Investitsiya faoliyatida investitsiya subyekti, investitsiya obyekti, investor ishtirok etishadi. Investitsiyaning obyekti bo‘lib, mablag‘lar ya‘ni boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari bo‘lishi mumkin. Investitsiya subyekti bo‘lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‘lgan fuqorolar bo‘lishi mumkin. Investorlar - o‘z kapitalini investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektidir. 3. Xorijiy investorlar - chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. 4. Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o‘zining moliyaviy kapitalini, ya‘ni qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko‘paytiradi. Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anglatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.Ya`ni portfelni boshqarish bevosita emas balki bilvosita amalga oshiriladi. Investor bu portfelni nazorat qilib boradi. 5. Diversifikatsiya portfeli bu kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan risklardan himoyalanish. Download 31.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling