2-mavzu. Iqlim oʻzgarishi oqibatida biosferada biologik va ekologik oʻzgarishlar reja


Download 41.91 Kb.
bet3/8
Sana01.03.2023
Hajmi41.91 Kb.
#1240192
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqlim ozgarishi va ekologik moslashuv 2-Mavzu

1-rasm. Iqlim migrantlari
XIX asrdan boshlab katta temp bilan dengiz sathining koʻtarilishi sodir boʻldi. XX asrga kelib okean sathi 17 sm, 2016-yildan boshlab uning yuqori plankasi 3,4 mm har yili koʻtarilmoqda. Okean yaqinidagi mamlakatlarning qishloq xoʻjaligi va shahar infrastrukturasi okeanning barqarorligi bilan bogʻliq. Harorat, suv va oziq-ovqat krizislari, yongʻinlar, suv toshqini, dovul va boshqalar muammoli hududlarda yashaydigan aholini yashash uchun joy izlashiga va iqlim yoki ekologik migrant (muhojir) boʻlishiga majbur etadi.
Siyosatchilar va jamiyat tashkilotlari “migrant” (muhojir) yoki “qochqinlar” degan iborani koʻp ishlatadi. Xalqaro huquq maydonida migrant va qochqinlar maqomi (status) bir xil emas. Qochqinlar oʻz mamlakatida hayotiga xavf solinishi yoki salomatligi sabab boʻlishi mumkin. Bunday odamlarni oʻz Vataniga deportatsiya (qaytarish) mumkin emas. 1951-yilda BMT tomonidan qabul qilingan “Qochqinlar maqomiga oid Konvensiya” protokol (bayonnoma)sida sabablar aniqlanadi va qachon qochqin deb hisoblash mumkinligi koʻrsatib berilgan, ammo ekologik muammolar bular qatoriga kirmaydi. Demak, migrantlar deb, oʻz yashash joyini yaxshi shart-sharoit, ta’lim, oila, martaba deb, ketgan va keyinchalik qaytib kelishi mumkin ekan.
BMT ma’lumotiga koʻra, migratsiyada 6 ta asosiy sabab mavjud:
➢Yer degradatsiyasi, choʻllashish va qurgʻoqchilik;
➢Tabiiy ofatlar va ob-havoning keskin oʻzgarishi;
➢Dengiz sathining koʻtarilishi va suv toshqini;
➢Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va atrof-muhitning antropogen chiqindilar bilan ifloslanishi;
➢Urbanizatsiya va infratuzilmani qurish (toʻgʻonlar, avtomobil yoʻllari va boshqalar);
➢Tabiiy resurslar uchun kurash bilan bogʻliq ziddiyatlar.

Iqlim oʻzgarishi - bu faqat odamlar migratsiyasining bir sababi xolos. Migratsiya bir qator – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va tabiiy faktorlar (omillar)ga ham bogʻliq. Iqlim oʻzgarishlari 250 mln kishini oʻz mamlakatlari ichida koʻchishga majbur qilishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Markaziy Osiyoda yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi: Fargʻona vodiysi, Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozoqiston shimoli – oqim manzillari (Jahon banki hisob-kitoblari).


2050-yilga kelib, iqlim oʻzgarishi dunyoning mintaqalaridagi 216 mln kishini oʻz mamlakatlarining boshqa qismlariga koʻchishga majbur qilishi mumkin. Iqlim oʻzgarishi ichki migratsiyani harakatga keltiruvchi qudratli kuch boʻlib aholining daromad mablagʻlariga chambarchas bogʻliq va uning ta’siri eng koʻp seziladigan hududlarda aholining hayot sifatiga keskin ta’sir koʻrsatadi.

Download 41.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling