2-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va vazifalari


Download 17.91 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi17.91 Kb.
#1343627
Bog'liq
2 мавзу ИТ

2-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va vazifalari


Dars o’quv maqsadi. Dars o‟quv maqsadi bo‟lib,iqtisodiy tahlil fanining predmeti va ob‟yektini, maqsadi va vazifalarini hamda fanlar tizimida tutgan o‟rnini bayon qilish va ularning mazmun-mohiyatini talabalarga o‟rgatish hisoblanadi.
Tayanch iboralar. Tahlil, iqtisodiy tahlil, tahlil predmeti, tahlil ob‟yekti, tahlil maqsadi, xo‟jalik faoliyati,ta‟minat faoliyati,ishlab chiqarish faoliyati, iqtisodiy jarayoblar,ob‟yektiv omillar,ceb‟yektiv. Omillar.
Maruzani o’tish metodi. Maruza “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va “Aqliy hujum”metodlarini qo‟llash orqali o‟tiladi.

Asosiy savollar


1.Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va ob‟yekti. 2.Iqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari.
3.Iqtisodiy tahlilning fanlar tizimida tutgan o‟rni

Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni.





    1. 1.Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, predmeti va ob’yekti.

Iktisodiy tahlil o‟z vaqtida samarali tashkil qilinsa, qo‟yilgan xato va kamchiliklar hamda yutuqlar va imkoniyatlar aniqlanadi, natijada ularni tugatish, yaxshilash yullari ko‟rsatiladi, oqibatda imkoniyatlardan keng foydalanish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu nuqtai nazardan bo‟lajak iqtisodchi-bakalavrlar iqtisodiy tahlilning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini yaxshi o‟zlashtirib olgan bo‟lishlari kerak.
Tahlil so’zining ma’nosi nimani anglatadi?Tahlil grekcha – «Analisis» so‟zidan olingan bo‟lib, ajratish, bo‟laklash, parchalash kabi ma‟nolarni anglatadi. To‟liqroq qilib aytganda, u iqtisodiyotda sodir bo‟lgan va bo‟layotgan hodisa va jarayonlarni bo‟laklarga, qismlarga bo‟lib va ajratib o‟rganishni bildiradi.
Xo‟jalik faoliyatini maqsadli, tezkor, joriy va istiqbolli o‟rganish asosida uning holatiga har taraflama baho berish tahlilning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Masalan, ishlab chiqarilgan paxta, g‟alla, sabzavot kabi mahsulotlar miqdorining
o‟zgarishi, ularning tannarxi yoki ularni sotishdan olingan foyda kabi boshqa iqtisodiy ko‟rsatkichlar tahlilning predmetiga misol bo‟la oladi.
Tahlil ob’yekti. Ob‟ekt tahlil fanining predmeti qayerlarda mujassamlanganligini va amalga oshishini ko‟rsatadi. Tahlil fanining ob‟yektiga qishloq xo‟jalik korxonalari, ya‟ni shirkat, fermer va boshqa xo‟jaliklarni misol qilib ko‟rsatishi mumkin.
    1. 2.Iqtisodiy tahlil fanining maqsadi va vazifalari.


Tahlilning maqsadi. Tahlilning maqsadi bo’lib,xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarining natijalarini, birinchi navbatda, uning zaif va oqsoq tomonlarini

chuqur o’rganib, xo’jalikning iqtisodiyotini ya’nada mustahkamlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi.


Mavjud imkoniyatlarni aniqlash orqali qishloq xo‟jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‟raytirish va ularning sifatini oshirish, tannarx va mehnat sarfini kamaytirish, barcha resurslardan foydalanish darajasini oshirish, oqibatda pirovard natija – foydani ko‟paytirish mumkin. Bu esa, o‟z navbatida, har bir xo‟jalik iqtisodiyotini, qolaversa, mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlanishiga sabab bo‟ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy tahlilning asoslarini o‟rganish ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyat kasb etadi..
Taxlilning vazifalari bo‟lib,. quyidagilar hisblanadi:

  1. Xo‟jalikning biznes rejasini tuzish uchun zarur bo‟lgan ob‟yektiv hisobot ma‟lumotlari bilan ta‟minlash;

  2. Xo‟jalikning ta‟minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarining natijalarini ifodalovchi barcha ko‟rsatkichlar bo‟yicha biznes rejaning bajarilish darajasi yoki dinamikasi o‟zgarishini o‟rganish;

  3. Har bir jarayon natijasi o‟zgarishiga ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash hamda har birining ta‟siriga baho berish;

  4. Xo‟jalikda mavjud bo‟lgan tabiiy, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish;

  5. Korxonani samarali boshqarish uchun ilmiy asoslangan tahliliy axborot manbalarini yetkazib berish.



3.Iqtisodiy tahlilning fanlar tizimida tutgan o’rni


Iqtisodiy tahlil fani ko‟p fanlar bilan,birinchi navbatda iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‟liqlikda bo‟ladi.Iqtisodiy tahlil falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, statistika, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarishni tashqil etish, moliya,matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bog‟liqlikda bo‟ladi.

Nazorat savol va topshiriqlar


    1. Iktisodiy tahlilning predmeti bo‟lib, nima hisoblanadi? 2.Iktisodiy tahlilning maqsadi nimadan iborat? Uni tushuntiring. 3.Iktisodiy tahlilning falsafa bilan uzviy bog‟liqligini aniqlang

4. Iktisodiy tahlilning statistika bilan uzviy bog‟liqligini ko‟rsating
Mustaqil ish topshiriqlari. Quyida keltirilgan ma‟lumotlardan foydalanib,Iqtisodiy tahlil fanining predmeti va ob‟yektini aniqlang va ta‟riflang: Masalan,Shirkat xo‟jaligi bo‟yicha yetishtirilgan jun,go‟sht, ozuqa miqdori va jun tannarxi to‟g‟risidagi,Fermer xo‟jaligida ishlab chiqarilgan paxta,g‟alla miqdori va paxta tannarxi,urug‟ sarfi to‟g‟risidagi,Dehqon xo‟jalilidagi sigirlar va qo‟ylar soni va sut mahsuldorligi,jun miqdori to‟g‟risidagi ma‟lumotlar berilgan.
Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling