2-mavzu. IQTISODIY TIZIM MODELLARI VA MULKCHILIK
1. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) natural xo‘jalik;
d) aralash iqtisodiyot;
2. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
3. Iqtisodiy tizim nima?
a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;
c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi;
e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
4. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan;
c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;
d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan;
5. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatga;
6. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) iqtisodiy munosabatlarni;
b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
7. Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nom bilan ataladi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
8. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qaysi mulk shakli eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi?
a) aksionerlik jamiyati;
b) kooperativ;
c) xususiy mulk;
d) jamoa;
9. Aksionerlik jamiyatida mulk egalari kim?
a) jamiyatning prezidenti;
b) boshqaruv a’zolari;
c) nazorat kengashi;
d) aksionerlar;
10. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtisodiyotining negizini qanday mulk tashkil qiladi?
a) davlat mulki;
b) jamoa mulki;
c) aralash mulk;
d) xilma-xil mulk;
Do'stlaringiz bilan baham: |