2-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy koʼrsatkichlar


Download 41.97 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1344498
  1   2   3
Bog'liq
2-мавзу. Маъруза матни


2-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy koʼrsatkichlar

    1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari

Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllarini uning subyektlari va obyektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiyot subyektlari nuqtai nazaridam iqtisodiy xavfsizlik quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

  • shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;

  • korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;

  • davlatning iqtisodiy xavfsizligi (2.1-rasm).

Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning hayotiy manfaatlarini, ya’ni yashash va shaxsiy daxlsizlik, erkin mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, mulkdor bo’lish, hayotiy iste’mol ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, bilim olish va kasbga ega bo’lish, qariganda va mehnat yo’qotganda intimoiy ta’minot olish huquqlarining himoyalanganligini ifodalaydi. Bunda shaxsning bozor iqtisodiyotida iste’molchi va ishchi, xizmatchi, tadbirkor sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari, manfaatlarining himoyalanganligi, kafolatlanganligi nuqtayi nazaridan iqtisodiy xavfsizlikning ikki turini ajratib ko’rsatish lozim.


2.1-rasm. Iqtisodiyot subyektlarining xavfsizligi1


Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilish jarayonida ularni islab chiqarish, xizmat ko’rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat, notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqeyida faoliyat yuritishlari nuqtayi nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Korxona (firma)ning ixtisosligiga ko’ra xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari ham turlicha bo’ladi.
Xo’jalik faoliyati sohalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari:

  1. Ishlab chiqarish-xo’jalik sohasidagi xavfsizlik:

  • energetik xavfsizlik;

  • texnologik xavfsizlik va h.k.

  1. Xo’jalik-iste’mol sohasidagi xavfsizlik:

  • oziq-ovqat xavfsizligi;

  • ekologik xavfsizlik va h.k.

  1. Moliyaviy xavfsizlik:

  • qarzdorlik;

  • to’lovga noqobillik va h.k.

Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o’rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish va uklardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf-xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko’rsatkich va mezonlarini o’rganish lozim bo’ladi.


    1. Download 41.97 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling