2-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy koʼrsatkichlar


Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari


Download 41.97 Kb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1344498
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу. Маъруза матни

Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari



Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hech bir iqtisodiyot va jamiyat subyekti davlatchalik katta rol o’ynay olmaydi. Davlatning eng muhim vazifasi – jamiyat barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishdan iborat.
Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko’rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:

  • turmush darajasi va sifati;

  • inflyatsiya sur’ati;

  • iqtisodiy o’sish;

  • byudjet defitsiti;

  • davlat qarzi;

  • jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik;

  • “xufyona iqtisodiyot” faoliyati;

  • mulk tarkibi;

  • soliq tizimi;

  • bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.

Hududiy darajada umumiy ko’rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko’rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi:

  • aholi daromadlari;

  • chakana narxlar darajasi;

  • uy-joy bilan ta’minlanganlik;

  • qochoqlar, emigrantlar soni;

  • hududning mamlakat YaIMdagi ulushi;

  • hududning to’lov balansi;

  • eksport-import saldosi.



3. Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari


Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan turkumlanadi. Jahon miqyosida qabul qilingan iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari o’z ichiga 50 ta ko’rsatkichni olgan holda quyidagicha turkumlangan:
1) iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarishi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zaxiralari bo’yicha quyi tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi;
2) moliyaviy tizim barqarorligi ko’rsatkichlariga davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko’rsatkichlar kiradi;
3) ijtimoiy soha ko’rsatkichlari aholi daromadlari darjasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik hamda ijtimoiy soha xarajatlari bo’yicha quyi tahlikali chegaralarni o’z ichiga oladi;
4) tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo’yicha quyi tahlikali chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi.


Download 41.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling