2-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (4 soat)
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlaridan kutilayotgan natijalar
Download 64.96 Kb.
|
2-mavzu.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlaridan kutilayotgan natijalar
2.2-jadval
Xorijiy investisiyalarni mamlakatimizga faol jalb qilish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun har bir hududning o‘z nisbiy ustunliklari, foydalanilmayotgan imkoniyatlari, o‘sish zaxiralari va salohiyatidan oqilona foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish quvvatlarini hududlarning nisbiy afzalliklarini, ulardagi mavjud resurslar, infratuzilma, ishchi kuchi kabi omillar imkoniyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish kapitaldan foydalanish samaradorligini oshiradi va oxir-oqibatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shartsharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil ssenariysilarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutilgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi. Unga ko‘ra, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlashrejimiga o‘tish uchun asos yaratish, sh.j. pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish zarur. Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investision faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishkutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investision faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi. Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling