2-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (4 soat)
Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish yo‘nalishlari
Download 64.96 Kb.
|
2-mavzu.
2.2. Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish yo‘nalishlari
O‘zbekistonda iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining muhim yo‘nalishi sifatida xususiy mulkchilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ustuvor rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratish lozim. Shuni hisobga olib, kichik biznesning yangi sub’yektlarining tashkil etilishi va rivojlanishini har tomonlama rag‘batlantirish, kichik biznes nufuzini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashni faollashtirish hamda himoya qilishning institusional normalari yanada takomillashtirish lozim. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sishni barqaror sur’atlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish uchun boshqarish usullari takomillashtirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, ayniqsa sanoat va qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sishi resurslardan foydalanishni kengaytirish hisobiga emas, balki sifat jihatda takomillashtirilgan ishlab chiqarish kooperasiyasi va klaster mexanizmini joriy etish hisobiga erish, samarali yo‘l bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda YAIM hajmini oshirishning prognoz variatlari innovasion - investision tavsifga ega bo‘lib, uni amalga oshirish tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari ishi samaradorligining asosiy mezoniga aylanishi kerak. Prezidentning Oliy majlisga murojaatnomasida sanoat, ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish uchun yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni keng jalb etish va bunga sarmoyadorlarni qiziqishini orttirish uchun mamlakat – hudud – korxona pog‘onalarida investision jozibadorlikni hamda davlat boshqaruv organlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilangan. Shularni hisobga olganda, xorijiy investisiyalar to‘g‘risidagi qonunchilikga investisiyalarni jalb qilish va undan amalda foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni tuzish va ijrosini ta’minlash jarayonlardagi transaksiya xarajatlarini pasaytirish bilan bog‘liq qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish zarur. Bizning fikrimizcha, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmini ko‘paytirish hisobiga sohada yirik investorlar ishtirokida chorvachilik klasterlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, shahar oldi hududlarida meva, sabzavot va chorvachilik maxsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan yirik agroxoldinglar tashkil etish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talablarini qondirishda samarali yo‘l hisoblanadi. Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling