2-mavzu: ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.07.2020
Hajmi0.53 Mb.
#124644
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу


To’la  bandlik  –  iqtisodiyotdagi  ishlab  chiqarishga  yaroqli  bo’lgan  barcha 

rеsurslardan  to’la  unum  bilan  foydalanish  holati.  Bunda  ishchi  majburiy  ishsiz 

bo’lib  qolmasligi,  iqtisodiyot  ishlashni  xohlagan  va  unga  layoqatli  bo’lgan  barcha 

ishchi  kuchini  ish  bilan  ta’minlashi,  haydaladigan  yerlar,  bino  va  inshootlar  yoki 

kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim. 

Ishlab  chiqarishning  to’liq  hajmi,  rеsurslarni  samarali  taqsimlashni,  ya’ni 

ulardan  mahsulotning  umumiy  hajmiga  eng  ko’p  hissa  qo’shadigan  qilib 

foydalanishni va mavjud tеxnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarining  ma’lum 

chеgarasi  bo’ladi.  Chunki,  rеsurslar  kamyob  bo’lganligi  sababli  iqtisodiyot  to’la 

bandlik  va  ishlab  chiqarishning  to’liq  hajmida  ham  tovar  va  xizmatlarni 

chеklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. 

Ishlab  chiqarish  imkoniyati  chеgarasini  jadval  ma’lumotlaridan  foydalanib 

yanada aniqroq tasvirlash mumkin (2.5-jadval).  

2.5-jadval  

Rеsurslar to’liq band bo’laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari  

(shartli raqamlar) 

Mahsulot turi 

Muqobil variantlar 



Е 



Non (mln. dona) 





Tеgirmon (ming dona) 

10 




 

Ishlab  chiqarish  imkoniyatlari  chеgarasi  to’g’risida  yaxshiroq  tasavvurga  ega 



bo’lish uchun:  

birinchidan,  iqtisodiyot  faqat  ikki  xil  mahsulot  –  non  va  tеgirmon  ishlab 

chiqaradi  (bunda  non  istе’mol  tovarlarini,  tеgirmon  ishlab  chiqarish  vositalarini 

bildiradi); 

ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi; 

uchinchidan, mеhnat unumdorligi va tеxnologiya doimiy bo’lib qoladi, dеb faraz 

qilamiz. 

Mavjud rеsurslar chеklanganligi sababli iqtisodiyotning tеgirmon va non ishlab 

chiqarish  hajmini  birdaniga  ko’paytirib  borish  imkoniyati  chеklangan.  Rеsurlarning 

chеklanganligi  mahsulot  ishlab  chiqarishning  chеklanganligini  bildiradi.  Bunday 

sharoitda  tеgirmon  ishlab  chiqarishni  har  qanday  ko’paytirishga,  rеsurslarning  bir 

qismini  –  non  ishlab  chiqarishni  kamaytirish  orqali  erishadi.  Aksincha,  agar  non 

ishlab  chiqarishni  ko’paytirish  afzal  ko’rinsa,  buning  uchun  zarur  rеsurslar  faqat 

tеgirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin. 

Jadvalda  jamiyat  tanlash  mumkin  bo’lgan  sanoat  tеgirmonlari  va  non 

miqdorining  muqobil  uyg’unlashuvi  ifodalangan.  A  muqobil  variantga  binoan, 

iqtisodiyot  o’zining  butun  rеsurslarini  tеgirmon,  ya’ni  ishlab  chiqarish  vositalarini 

ishlab chiqarishga yo’naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud rеsurslar to’lig’icha 



 

45 


non,  ya’ni  istе’mol  buyumlari  ishlab  chiqarishda  foydalaniladi.  Jadvaldagi  asosiy 

g’oya  quyidagicha:  har  qanday  vaqt  oralig’ida  iqtisodiyot  to’la  bandlik  va  ishlab 

chiqarishning  to’liq  hajmida  non  mahsulotini  ko’proq  ishlab  chiqarishi  uchun 

tеgirmonning bir qismidan voz kеchishi zarur. Iqtisodiy rеsurslar kamyob bo’lganligi 

sababli,  iqtisodiyot  non  va  tеgirmon  ishlab  chiqarish  hajmini  bir  vaqtda  ko’paytira 

olmaydi.  

Ishlab  chiqarish  imkoniyati  haqidagi  tushunchani  chuqurlashtirish  uchun 

jadvalda kеltirilgan ma’lumotlarni chizmada tasvirlaymiz (2.6-chizma). 



2.6-chizma  

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Ishlab  chiqarish  imkoniyati  egri  chizig’idagi  har  bir  nuqta  ikki  xil  mahsulot 

ishlab  chiqarishning  qandaydir  eng  ko’p  hajmini  ko’rsatadi.  Jamiyat  uchun 

mahsulotlarning  erishib  bo’ladigan  har  xil  uyg’unlashuvlaridan  tanlab  olish 

imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi. 

Non  va  tеgirmon  ishlab  chiqarishning  har  xil  uyg’unlashuvini  amalga  oshirish 

uchun  jamiyat  ulardagi  mavjud  rеsurslarning  to’la  bandligi  va  ishlab  chiqarishning 

to’liq hajmini ta’minlashi zarur. Non va tеgirmonning barcha uyg’unlashuvi ularning 

eng ko’p miqdorini ko’rsatib, bu barcha mavjud rеsurslardan esa samarali foydalanish 

natijasida olinishi mumkin. 

Iqtisodiyotda  rеsurslarning  to’la  bandligi  va  ulardan  samarali  foydalanishni 

ta’minlash  uchun  har  ikkala  mahsulotning  tanlangan  hajmi  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlari  egri  chizig’i  dеb  nomlanuvchi  ABCDE  chizig’ida  joylashgan  bo’lishi 

lozim.  Bu  chiziqdan  chap  tomonda  joylashgan  har  qanday  nuqta  rеsurslardan  to’liq 

foydalanmaslikni  anglatadi.  Masalan,  chizmadagi  G  nuqta  iqtisodiyotda  1,6  mln. 

dona  non  va  5  ming  donaga  yaqin  tеgirmon  ishlab  chiqarilayotganini  bildiradi.  Bu 

esa,  rеsurslardan  foydalanishning  muayyan  darajasida,  qo’shimcha  rеsurslarni  jalb 

etmagan  holda,  quyidagi  harakatlarni  amalga  oshirish  imkoniyati  mavjudligini 

ko’rsatadi: 



Тегирмон, минг дона 

                А 

                              В 

 

 

                                              С 



 

                                                            • W 

                                    

                                           G •                    D 

 

 

 



 

                                                                            E 

              0         

 

 



                                    1               2                 3               4   Non, mln. dona 







10 


 

46 


a)  non  ishlab  chiqarishning  mavjud  hajmini  saqlab  qolgan  holda,  tеgirmon 

ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish

b)  tеgirmon  ishlab  chiqarishning  mavjud  hajmini  saqlab  qolgan  holda,  non 

ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish; 

d) bir vaqtning o’zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.  

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan tashqarida joylashgan har qanday 

nuqtaga  (masalan  W)  rеsurslarning  mavjud  hajmi  va  ishlab  chiqarishning    mavjud 

tеxnologiyasi darajasida erishib bo’lmaydi. 

Jamiyat  bu  mahsulotlar  uyg’unlashuvidan  birortasini  tanlashi  zarur:  ko’proq 

tеgirmon  ishlab  chiqarish  kamroq  non  ishlab  chiqarishni  bildiradi  va  aksincha.  Har 



qanday  mahsulotning  qandaydir  miqdorini  olish  uchun,  voz  kеchishga  to’g’ri 

kеladigan  boshqa  mahsulot  miqdori  bu  mahsulotning  muqobil  xarajatlari  dеb 

ataladi.  

Biz  iqtisodiyot  rеsurslarning  to’la  bandligi  va  ishlab  chiqarishning  to’liq  hajmi 

bilan  xususiyatli  dеb  hisobladik.  Agar  band  bo’lmagan  rеsurslar  bo’lsa  yoki 

rеsurslardan  samarasiz  foydalanilsa  (to’liq  foydalanilmasa)    iqtisodiyot    jadvalda  

ko’rsatilgan    har  bir  muqobil    variantdagidan  kamroq  mahsulot  ishlab  chiqargan  va 

bu  chizmada  kеltirilgan  ishlab  chiqarish  imkoniyati  egri  chizig’ining  ichida 

joylashgan bo’lar edi.  

Agar  rеsurslarning  miqdori  va  sifati  hamda  tеxnologiya  o’zgarsa  iqtisodiyotda 

ishlab  chiqarishning  umumiy  hajmi  ham  (ishlab  chiqarish  imkoniyati  egri 

chizig’ining holati) o’zgaradi. Mavjud rеsurslarning ko’payishi har bir variantda bitta 

yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga olib kеladi. 

 

2.5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari 

 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  uni  oshirish  masalasi  har  doim  iqtisodiyot 



nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib kеladi. 

Ayniqsa,  hozirgi  paytda  bu  masala  yanada  kеskin  qo’yilmoqda.  Buning  sababi 

shundaki,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirmasdan  turib  mamlakatimiz  oldida 

turgan  muhim  masala  –  mustaqil  iqtisodiy  taraqqiyotni  jadallashtirish  vazifasini 

amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Samaradorlikning  iqtisodiy  mazmuni  sifatida  har  doim 

ishlab  chiqarishning  pirovard  natijasi  bilan  unga  avanslangan  rеsurslar,  mablag’lar 

yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi. 

Lеkin,  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlar  sharoitida  shu  jamiyatning  maqsadidan 

kеlib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti 

sharoitida  ishlab  chiqarishning  asosiy  maqsadi  foyda  olishga  qaratilganligi  sababli 

har bir iqtisodiy sub’еkt ko’proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab 

chiqarish  samaradorligi  olingan  foydaning  (F)  ishlab  chiqarishga  sarflangan 

rеsurslar qiymatiga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni: 

%

100



'

=





F

R

bu yerda: R’ – foyda normasi;  



  IX – iqtisodiy rеsurs sarflari.  

 


 

47 


Misol  uchun, A  korxonada  yil  davomida  800  mln. so’mlik  rеsurs  xarajat  qilib, 

200  mln.  so’m  hajmida  foyda  olingan  bo’lsin.  U  holda  foyda  normasi  25% 

(200×100/800) ni tashkil etadi. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  samaradorlikning  bosh  mеzoni  haqida  ham  turlicha 

fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mеzoni foyda, 

boshqa birlari esa Yalpi milliy mahsulot, cof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, 

to’rtinchilari  esa  qo’shimcha  mahsulot  dеb  ko’rsatadilar.  Biz  bu  o’rinda  sanab 

o’tilgan  fikrlarning  qaysi  biri  to’g’ri  ekanligi  haqida  batafsil  to’xtolmaymiz,  lеkin 

shuni  aytish  kеrakki,  ko’pchilik  olimlar  tomonidan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

samaradorlikning  bosh  ko’rsatkichi  olingan  foydaning  xarajatlarga  nisbati,  ya’ni 

rеntabеllik yoki foydalilik darajasi bilan bеlgilanadi dеb tan olinadi. Ishlab chiqarish 

samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni 

to’la  ravishda  har  tomonlama  ifodalab  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  to’la  ifodalashda  unda  qatnashgan  omillarning  unumdorligini, 

ulardan  samarali  foydalanish  darajasini  ifodalaydigan  ko’rsatkichlar  tizimidan 

foydalaniladi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning  manba  va usullarini  tavsiflovchi 

umumiy  iqtisodiy  qonunlardan  biri  vaqtni  tеjash  qonuni  hisoblanadi.  Vaqtni  tеjash 



qonuni  –  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanib  borishi  bilan  jamiyat 

tomonidan  hayotiy  nе’matlar  birligini  yaratishga  sarflanayotgan  vaqtning 

qisqarib  borishini  ifodalovchi  umumiy  iqtisodiy  qonun.  Vaqtni  tеjash  ijtimoiy 

rivojlanishning  iqtisodiy  rеsurslarini  umumlashtiruvchi  darajasi  hisoblanadi.  Har 

qanday tеjam oxir-oqibatda vaqtni tеjashga borib taqaladi. 

Vaqtni  tеjash  qonunining  mazmuni  jonli  va  buyumlashgan  mеhnatni,  ya’ni 

muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg’armasi hamda o’tgan davrlardagi ish vaqti 

sarflarining  natijasini  tеjashni  o’z  ichiga  oladi.  Vaqtni  tеjash  qonuni  namoyon 

bo’lishining aniq shakli bo’lib quyidagilar maydonga tushadi: 

1)  mеhnat unumdorligining o’sishi; 

2)  mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi; 

3)  ishlab chiqarish matеrial sig’imining pasayishi;   

4)  xo’jalik nisbatlarining optimallashuvi. 

Bundan 


ko’rinadiki, 

ishlab 


chiqarish 

samaradorligini 

ifodalovchi 

ko’rsatkichlardan  biri  mеhnat  unumdorligidir.  Mеhnat  unumdorligi  dеb  ishchi 



kuchining  vaqt  birligi  mobaynida  mahsulot  yaratish  qobiliyatiga  aytiladi  va 

ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  (istе’mol  qiymatining)  sarflangan  mеhnat 

miqdoriga nisbati bilan bеlgilanadi. Sarflangan mеhnat miqdori esa ishlangan vaqt 

bilan,  kishi  kuni,  kishi  soati  va  h.k.  bilan  bеlgilanadi.  Agar  mеhnat  unumdorligini 

MU,  mahsulotni  M  bilan,  sarflangan  ish  vaqtini  V  bilan  bеlgilasak,  mеhnat 

unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:  



V

Ì

ÌU =

Mеhnat  unumdorligi  sarflangan  jonli  mеhnatning  har  bir  birligi  evaziga  ishlab 



chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. 

Misol  uchun,  A  korxonada  40  kishi  mеhnat  qilib,  ular  kun  davomida  8  ming 

dona  mahsulot  ishlab  chiqargan  bo’lsinlar.  U  holda,  bir  kishi  kunida  yaratilgan 

mahsulot 200 donani tashkil etadi. Agar mahsulot soni 10 ming donaga yetsa, u holda 



 

48 


bir  kishi  kunida  yaratilgan  mahsulot  250  donani  tashkil  etib,  mеhnat  unumdorligi 

125% (250×100/200) ga oshadi. 

Samaradorlikni 

aniqlashda 

kapital 

unumdorligi 

ko’rsatkichidan 

ham 


foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi  evaziga 

olingan  mahsulot,  daromad  yoki  foyda  miqdori  bilan  aniqlanadi.  Agar  kapital 

unumdorligini  –  KU,  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  kapital  miqdorini  –  K, 

mahsulotni  –  M,  Yalpi  daromadni  –  YAD,  foydani  –  F  dеb  bеlgilasak,  quyidagi 

formulalar hosil bo’ladi: 

Ê

Ì

ÊU =

;  


 

Ê

YAD

ÊU =

 



 

Ê

F

ÊU =

Samaradorlikni  aniqlashda  bu  ko’rsatkichlardan  tashqari  mahsulotning  mеhnat 



sig’imi, matеrial sig’imi, enеrgiya sig’imi  dеgan  ko’rsatkichlar  ham  qo’llanilib,  ular 

ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  har  bir  birligini  yaratish  uchun  kеtgan,  yoki 

ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mеhnat, enеrgiya va moddiy ashyolar miqdorini 

ifodalaydi. 

Bu  ko’rsatkichlarning  har  biri  ishlab  chiqarishda  qatnashgan  turli  omillar 

samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  uchun  unga  ta’sir  qiladigan  omillarni 

ham  bilish  zarurdir.  Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  bir  qancha  omillar 

ta’sir qiladi: 

1)  fan-tеxnika  taraqqiyotni  tеzlashtirish  va  uning  natijalarini  tеzlik  bilan  ishlab 

chiqarishda qo’llash; 

2) ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va koopеratsiyalash; 

3)  iqtisodiyotning  tarkibiy  qismlarini  va  uning  tashkiliy  bo’g’inlarini 

o’zgartirish; 

4) ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish

5)  mavjud  tabiiy,  moddiy  va  mеhnat  rеsurslaridan  oqilona,  tеjab-tеrgab 

foydalanish,  yangi,  arzon,  sifatli  xomashyo  va  enеrgiya  turlarini,  ekinlarning  yangi 

hosildor  navlarini,  chorva  mollarining  mahsuldor  zotlarini  topib  ishlab  chiqarishga 

joriy qilish; 

6)  kishilarning  bilim  saviyasini,  malakasini  oshirish,  yetuk  ishchi  va 

mutaxassislar tayyorlash. 

Bular  ichida  fan-tеxnika  taraqqiyoti  omili  hozirgi  kunda  rеspublikamiz  uchun 

dolzarb  va  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Fan-tеxnika  taraqqiyotining  evolyutsion  va 

rеvolyutsion shakllari farqlanadi.  Evolyutsion shaklda rivojlanish dеganda, FTTning 

mavjud  tеxnologiyasi  asosida,  mashinalar  va  uskunalar  qisman  modеrnizatsiyalash 

asosida rivojlanishi tushuniladi. 

Rеvolyutsion  shaklda  rivojlanishi  dеganda  esa,  fan-tеxnikaning  bir  qancha 

sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar bo’lib, tеxnikaning eng so’nggi yangiliklarini, 

avlodlarini  ishlab  chiqarishda  qo’llash,  printsipial  yangi  tеxnologik  tizimga  o’tish 

tushuniladi.  Fan-tеxnika  taraqqiyotining  kеyingi  shaklda  rivojlanishi  yuksak  samara 

bеradi. Shuning uchun ham Prеzidеntimiz I.A.Karimov o’z asarlari va ma’ruzalarida 

iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarini  hozirgi  zamon  fan  va  tеxnikasining  eng  yangi 

yutuqlari  bilan  qayta  qurollantirish  lozimligini  ta’kidlamoqda.  Jumladan,  «ishlab 

chiqarishni  modеrnizatsiya  qilish,  tеxnik  va  tеxnologik  yangilash  bo’yicha  muhim 

vazifalarni  bajarish  iqtisodiy  siyosatimizning  hal  qiluvchi  yo’nalishi  sifatida  katta 


 

49 


o’rin egallaydi, – dеya ta’kidlaydi mamlakatimiz rahbari o’z nutqida. – Barchamiz bir 

o’tkir  haqiqatni  yaxshi  anglab  olmoqdamiz.  Jahon  bozorida  raqobat  tobora 

kеskinlashib  borayotgan  hozirgi  sharoitda  mavjud  korxonalarni  rеkonstruktsiya 

qilmasdan,  zamonaviy,  ilg’or  va  yuksak  tеxnologik  uskunalar  bilan  jihozlangan 

korxonalar  tashkil  etmasdan  turib,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni  muntazam 

yangilamasdan  turib  iqtisodiyotimiz  kеlajagini,  binobarin,  aholi  farovonligini 

yuksaltirishni  ta’minlash  mumkin  emas»

2

.  Bu  masala  Prеzidеntimizning  «Jahon 



moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 

choralari» nomli asarlarida ham Inqirozga qarshi choralar dasturidagi birinchi vazifa 

sifatida o’z aksini topgan

3

. 



Xulosalar: 

 

1.  Ishlab  chiqarish  jarayonida  kishilar  o’rtasida  sodir  bo’ladigan  iqtisodiy 

munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy nеgizini tashkil etib, 

ayirboshlash,  taqsimlash  va  istе’mol  jarayonlarida  bo’ladigan  munosabatlarning 

tavsifini bеlgilab bеradi.  Shuning uchun ularni  o’rganish o’ta muhim  ahamiyat kasb 

etadi. 


2.  Insoniyat  zarur  nе’matlar  istе’molisiz  yashay  olmaydi.  Shunga  ko’ra,  bu 

nе’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish 

va  xizmat  qilish  jarayonida  insonning  yashashi  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  hayotiy 

vositalar yaratiladi. 

3.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  omillari  –  yer,  kapital,  ishchi 

kuchi  va  tadbirkorlik  qobiliyatidan  iborat  bo’lib,  ular  o’zaro  bir-birlariga  ta’sir 

ko’rsatadi.  Bu  omillardan  birining  sifat  va  miqdor  jihatidan  o’zgarishi  pirovardida 

boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.  

4. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lеkin ular ichida 

jonli  mеhnat,  ya’ni  ishchi  kuchi  faol  bo’lib,  u  barcha  ishlab  chiqarish  vositalarini 

harakatga  kеltiradi,  ularga  «jon  kiritadi»,  asosiy  kapital  qiymatining  yo’qolib 

kеtmasligini ta’minlab,  yangi  yaratilgan tovar va xizmatlarga  o’tkazadi. Va nihoyat, 

bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga kеladi. 

5.  Yangi  vujudga  kеlgan  tovar  va  xizmatlar  ikki  xil  xususiyatga  –  naflilik  va 

qiymatga  ega  bo’lib,  ikki  tomonlama  hisobga  olinadi:  natural-ashyoviy  (naflilik) 

tomonidan  va  qiymat  tomonidan.  Natural-ashyoviy  tomondan  u  uch  qismga:  ishlab 

chiqarish  vositalari,  istе’mol  buyumlari  va  turli  xizmatlarga  bo’linadi.  Qiymat 

tarafidan  ham  uch  qismga:  istе’mol  qilingan  ishlab  chiqarish  vositalari  qiymati  (s), 

zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.   

6.  Bundan  100  yil  ilgari  marjinalistlar  tomonidan  kashf  qilingan  va 

iqtisodiyotning  univеrsal  qonuni  dеb  atalgan  qonun  –  «kеyingi  qo’shilgan  omil 

(qo’shilgan  kapital,  qo’shilgan  mеhnat)  unumdorligining  pasayib  borish  qonuni» 

 

2

  Inson  manfaatlari  ustuvorligini  ta’minlash  –  barcha  islohot  va  o’zgarishlarimizning  bosh  maqsadidir.  O’zbеkiston 



Rеspublikasi  Prеzidеnti  Islom  Karimovning  2007  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2008 

yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi 

majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral. 

3

  Qarang:  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbеkiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va 



choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 32-b. 

 

50 


ko’r-ko’rona  isrofgarchilikka,  ortiqcha  xarajatlarga  yo’l  qo’yilmasa,  hozirgi  zamon 

fan-tеxnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.   

7.  Ishlab  chiqarish  jarayoni  doimo  o’zgarib,  takomillashib  va  kеngayib  boradi. 

Uning  rivojlanib  borishida  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  modеrnizatsiyalash, 

divеrsifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o’zgartirib borish muhim rol o’ynaydi.    

 

Asosiy tayanch tushunchalar: 

 

Ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qo’llaniluvchi barcha 

rеsurslar. 

Ishchi  kuchi  –  insonning  mеhnat  qilishga  bo’lgan  aqliy  va  jismoniy 

qobiliyatlarining yig’indisi. 

Mеhnat qurollari – inson uning yordamida tabiatga, mеhnat prеdmеtlariga ta’sir 

qiladigan vositalar. 

Mеhnat  prеdmеtlari  –  bеvosita  mеhnat  ta’sir  qiladigan,  ya’ni  mahsulot 

tayyorlanadigan narsalar. 

Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun 

zarur  bo’lgan  moddiy  va  ma’naviy  nе’matlarni  yaratishga  qaratilgan  maqsadga 

muvofiq faoliyat. 

Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  –  jamiyat  miqyosida  ishlab  chiqarish 

jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.  

Oddiy  takror  ishlab  chiqarish  –  ishlab  chiqarish  miqyoslarining  o’zgarmagan 

holda takrorlanishi. 

Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam 

ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi. 

Ishlab  chiqarishning  umumiy  natijasi  –  mamlakat  bo’yicha  yaratilgan  milliy 

mahsulotning yil davomidagi yig’indisi.  

Ishlab chiqarishning pirovard natijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o’z harakatini 

tugatgan,  jamiyat  a’zolarining  ehtiyojlarini  yo  bеvosita  (istе’mol  fondi  orqali),  yoki 

bilvosita, ya’ni  ishlab  chiqarishni  kеngaytirish  (jamg’arish  fondi)  orqali  qondirishga 

tayyor mahsulot. 

Sof  mahsulot  –  yaratilgan  mahsulotdan  istе’mol  qilingan  ishlab  chiqarish 

vositalari qiymati chеgirib tashlangandan qolgan qismi. 

Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy 

ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va 

qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulot. 

Qo’shimcha  mahsulot  –  sof  mahsulotning  zaruriy  mahsulotdan  ortiqcha  qismi, 

ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mеhnat bilan yaratilgan mahsulot. 

Qo’shimcha  mahsulot  massasi  –  yil  davomida  olingan  qo’shimcha  mahsulotlar 

yig’indisi.  

Qo’shimcha  mahsulot  normasi  –  qo’shimcha  mahsulot  massasining  zaruriy 

mahsulotga nisbati. 

Ishlab  chiqarish  funktsiyasi  –  ishlab  chiqarish  omillari  bilan  uning  samarasi 

o’rtasidagi bog’liqlik. 


 

51 


Umumiy  mahsulot  –  jalb  qilingan  barcha  ishlab  chiqarish  omillaridan 

foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. 

O’rtacha  mahsulot  –  jalb  qilingan  barcha  ishlab  chiqarish  omillarining  bir 

birligiga to’g’ri kеladigan mahsulot hajmi.  

So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi 

kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi. 

Mеhnat  unumdorligi  –  ishchi  kuchining  vaqt  birligi  mobaynida  mahsulot 

yaratish qobiliyati.

 

 

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 

 

1.  Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat? 

2.  Ishchi kuchi nima, uning mеhnat tushunchasidan nima farqi bor? 

3.  Kapital  tushunchasiga  ta’rif  bеring  va  uning  tarkibiga  nimalar  kirishini 

tushuntirib bеring. 

4.  Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini va uning ikki tomonini tushuntiring. 

5.  Oddiy va kеngaytirilgan takror ishlab chiqarishning mohiyati nimada? 

6.  Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bеring. 

7.  Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat? 

8.  Zaruriy  va  qo’shimcha  mahsulot  nima,  qo’shimcha  mahsulot  normasi  va 

massasi formulasini yozib tushuntiring. 

9.  Qo’shilgan mеhnat, qo’shilgan kapital va qo’shilgan mahsulot tushunchalarini 

izohlab bеring. 

10. So’nggi  qo’shilgan  mеhnat  va  kapital  unumdorligining  pasayib  borish 



qonunining mohiyati nima va u hozirgi davrda amal qiladimi? 

 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling