2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi


 Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari


Download 316.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana05.01.2022
Hajmi316.18 Kb.
#214977
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-seminar iqt.nazariya

3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. 

 

Ijtimoiy  ishlab  chiqarish,  ya’ni  turli  omillarning  harakati  natijasida  juda  koʻp  turdagi 



tovarlar va xizmatlar massasidan iborat boʻlgan milliy mahsulot vujudga keladi. 

Yalpi  ijtimoiy  mahsulot  koʻrsatkichida  yil  mobaynida  yaratilgan  moddiy  ne’matlar 

yigʻindisi  hisobga  olingan,  unda  xizmat  koʻrsatish  sohalarida  vujudga  keltirilgan  ma’naviy 

ne’matlar  va  xizmatlar  qiymati  aks  etmagan.  Lekin  bir  ishlab  chiqarish  sohasidan  chiqqan 

xomashyo, materiallar, yonilgʻi va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha 

bor  takror-takror  hisobga  olinib,  mahsulotning  hajmi  sun’iy  ravishda  oshirib  koʻrsatilgan, 

iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam boʻlgan. 

Yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ehtiyojlarni  qondirishga  qaratilgan  barcha  moddiy  va  ma’naviy 

ne’matlarning yigʻindisi sifatida ishlab chiqarishning umumiy natijasi boʻlib hisoblanadi. Uning 

hajmi va tarkibi ijtimoiy mehnat taqsimoti, xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, oraliq mahsulot turli 

koʻrinishlari oqimi harakatining rivojlanganlik darajasini namoyon etadi.  

Oraliq  mahsulot  –  bu  tugallanmagan  ishlab  chiqarish,  kelgusida  yana  qayta  ishlov 

berilishi zarur boʻlgan yoki qayta sotish uchun moʻljallangan tovar va xizmatlardir.  

Pirovard  mahsulot  –  bu  ishlab  chiqarishning  barcha  texnologik  jarayonlaridan  oʻtgan 

hamda bevosita soʻnggi iste’mol uchun moʻljallangan tayyor mahsulotdir.  

Bundan koʻrinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijasi emas, balki 

koʻproq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi. 

 


Download 316.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling