2-Mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja
Download 60.51 Kb.
|
2-Ma\'ruza matni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-chizma. Ijtimoiy tashkil yetish shakllari.
- 2. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish nazariyalari
Xizmat ko‘rsatish sohasi
4-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi Ishlab chiqarish ongli faoliyat sifatida tashkil yetiladi va bu jihatdan ijtimoiy va hududiy belgilarini namoyon qiladi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy va hududiy shakllari bir birini inkor yetmaydi, balki bir birini to‘ldiradi. 5-chizma. Ijtimoiy tashkil yetish shakllari. Ishlab chikarish shakllari uzaro aloqadorlikda rivojlanib boradi va ko‘pincha birgalikda sodir bo‘ladi. Ularning asta sekin takomillashib borishi, bir birlari bilan uyg‘unlashuvi fan texnika taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishi bilan hamkorlikda yuz beradi. 2. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish nazariyalari Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish turli davlatlarda ularning tabiiy iqlimiy sharoiti, demografik va iqtisodiy salohiyati hamda boshqa xususiyatlarini inobatga olingan holda turlicha amalga oshiriladi. Biroq, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish ma’lum qonuniyatlarga asoslangani va maqsadlarining mushtarakligi bois, ularni nazariy asoslarida o‘xshashlik mavjud. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning nazariy asoslarini rivojlantirishda xorijiy olimlaridan I.Tyunen (1783-1850), A.Veber (1868-1958), A.Lesh (1906-1945), V. Kristaller (1893-1969), rus olimlaridan K.I.Arsenev (1789-1865), P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy (1827-1914), N.P.Ogarev (18131877), D.I.Mendeleev (1834-1907) lar munosib hissa qo‘shishgan. Xususan, I.Tyunenning «Qishloq xo‘jalik standarti», A.Veberning «Sanoat shtandortlar», F.Perruning «O‘sish qutblari va rivojlanish markazi», A.Lyoshning va U.Ayzardning «Joylashtirish» nazariyalari shular jumlasidan. Joylashtirish nazariyalarini statik va dinamik nazariyalarga ajratish mumkin. Statik nazariyalar XIX asrning birinchi yarmidayoq paydo bo‘lgan. Dinamik nazariyalar yesa bir asrdan so‘ng – XX asr boshlarida yuzaga kelgan. Dastlabki joylashtirish nazariyalari hozirda klassik standart nazariyalar deb atalib, ular Y.G. Fon Tyunen, V. Launxard, A.Veber nomlari bilan bog‘liq. Ushbu nazariyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: alohida olingan biror qishloq xo‘jaligi yoki sanoat korxonasining ko‘rib chiqilishi; joylashtirishning barcha omillari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plab, ularni umumlashtirib, korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning qulay joyi to‘g‘risida aniq javob olish mumkinligi to‘g‘risida takliflar mavjudligi. Y.G. Fon Tyunen tovar ishlab chiqarishning obektiv qonuniyatlari mavjudligini aniqlagan birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826-yilda paydo bo‘lgan). Tyunen qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bozorida sanoat mahsulotlari bilan ta’minlovchi shahargacha bo‘lgan masofaga qarab joylashtirish, ixtisoslashish va qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini tanlash modellarini taklif yetdi. Tyunen modelida transport xarajatlari joylashtirishning asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi. U iqtisodiyotni hududiy tashkil yetish masalalariga majmuali, tizimli yondoshdi, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari joylashuvining qonuniyatlarini ochib berdi, iqtisodiy makon tushunchasini fanga kiritdi. I.Tyunen o‘zining ilmiy g‘oyasini abstrakt holatda, alohida, boshqa mamlakatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, ajralib turgan davlat misolida yaratdi. Uning faraz qilishicha, bu mamlakatda atigi bitta shahar mavjud bo‘lib, u qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi yagona bozor yoki markaz vazifasini o‘taydi. Mazkur shahar atrofida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish asosan transport xarajati, mahsulot vazni, uning sifatini buzilmasligi va keltirish masofasi belgilaydi. Mahsulot yetishtirish va uni markazga keltirish qancha arzon bo‘lsa, u shuncha yaqin masofada, aks holda uzoqroqda joylashadi. Yuqoridagi tartibda qishloq xo‘jaligini joylashtirish shahar atrofida o‘ziga xos aylanalarni hosil qiladiki, ular ilmiy adabiyotlarda «Tyunen xalqalari» nomi bilan mashhur. Masalan, bu xalqaning yeng birinchisi yuqori darajada unumdor shahar atrofi xo‘jaligidan iborat bo‘lib, undan keyingi xalqa o‘rmon xo‘jaligi, uchinchisi-meva va urug‘chilikdan tashkil topadi. Jami Tyunen 6 xalqa belgilangan; ular, yuqoridagilardan tashqari, turli yo‘nalishdagi chorvachilikni ham o‘z ichiga oladi. I.Tyunen g‘oyasi ma’lum darajada abstraktdir; chunki hech qanday davlat, ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi globallashuv va baynalminallashuv jarayonida jahon xo‘jaligi tizimidan ajralgan holda, alohida rivojlana olmaydi. Qolaversa, bu mamlakatda odatda bir yemas, bir necha shahar mavjud bo‘ladi va o‘rnashgan joyning tabiiy sharoiti aynan bir xil yemas. Biroq, shunga qaramasdan, muallifning ushbu ta’limoti o‘zining nazariy ahamiyatini, xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida saqlab qolgan. A.Veber sanoat korxonasi joylashuvining optimal (yeng qulay) nuqtasini uning iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holda belgilaydi. Buning uchun u xom ashyo va yoqilg‘i, ishchi kuchi va transport omillariga urg‘u beradi. Keyinchalik xom ashyo va yoqilg‘i xarajatlari ham transport omiliga kiritiladi va qolgan barcha sharsharoitlarni alohida aglomeratsiya omilida umumlashtiradi. Natijada sanoat shtandorti, ya’ni joylashuvi ishchi kuchi, transport va aglomeratsiya omillari bilan belgilanadi. Shunday qilib, bu olim fanga sanoat korxonasini joylashtirishining ko‘p omilli tahliliga asos soladi va buning uchun u matematik usuldan keng foydalanadi. A.Veber ham faqat alohida sanoat korxonasi misolida (pivo zavodi) o‘zining ilmiy tasavvurlarini yaratgan. Demak, har ikkisida ham ma’lum abstrakt sharoitlar inobatga olingan. Shu bilan birga yuqoridagi olimlarning ilmiy g‘oyalari ishlab chiqarishning hududiy mujassamlashuvi va uning notekis joylashuvi, rivojlanishiga qaratilgan yedi. A.Veberning sanoat shtandorti o‘z asosiy mohiyatini yo‘qotmagan bo‘lsada, keyingi yillarda sanoat joylashuvining shakllari yanada murakkablashib, takomillashib bordi. Jumladan, bu borada yekologik omilning ta’siri kuchaydi, ishchi kuchining miqdor jihatlari yemas, uning sifat ko‘rsatkichlari muhimroq bo‘lib qoldi; sanoat ishlab chiqarish mehnat talablikdan ko‘proq «ilmtalab», mablag‘ talablikka o‘zgardi. Shuningdek, transport infrastrukturasidagi yangiliklar konveyr usulining o‘rniga ayni bir mahsulotning turli xillarini ishlab chiqarish (postfordizm), miqdor iqtisodiyotidan sifat yoki turli xillik iqtisodiyotiga o‘tish, fan-texnika taraqqiyoti sanoatni hududiy tashkil qilishga jiddiy ta’sir yetdi. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda sanoatni hududiy tashkil qilish shakllari yanada aniqroq ko‘riladi. Sanoatni rayonlashtirish yoki hududiy tashkil qilishning birlamchi yelementi sanoat korxonasidir. Aynan shu darajada ishlab chiqarishning ijtimoiy va hududiy tashkil yetish shakli ya’ni mujassamlashuv birgalikda namoyon bo‘ladi. «Pastdan» ikkinchi bosqich sanoat manzilgohi hisoblanadi va u hech bo‘lmaganda bir sanoat korxonasiga yega bo‘lishi kerak. Agar sanoat ishlab chiqarishning hududiy (urbanistik) mujassamlashuv darajasi yuqori bo‘lsa, bir yemas, bir necha sanoat korxonalari ma’lum nuqtada joylashtirilsa, u holda sanoat manzilgohi sanoat markaziga aylanadi. Mabodo bu markaz faqat birgina shahardan, aksariyat hollarda poytaxt yoki port shaharlardan tashkil topsa, unday shaharda milliy yoki mintaqaviy iqtisodiyotning hududiy tarkibi va tuzilmasi ham bir tomonlama bo‘ladi. Fransuz iqtisodchisi Fransua Perruning g‘oyasi aynan o‘sish nuqta, markaz va qutblariga bag‘ishlangan. Odatda, bu g‘oya iqtisodiy makon uncha shakllanmagan, katta ishlab chiqarish salohiyatiga yega bo‘lgan hududlarda yaxshi samara beradi. Bunday hududga turli omillar va sharsharoitlar hisobga olingan, qulay iqtisodiy geografik o‘ringa yega bo‘lgan nuqtadaaholi manzilgohida yirik sanoat korxonasi joylashtiriladi. Natijada o‘sish markazi vujudga keladi. Perruning fikrlari ham iqtisodiyotning hudud bo‘yicha notekis rivojlanishi, mujassamlashuvini nazarda tutadi. F.Perruning o‘sish qutblari g‘oyasi avstriyalik iqtisodchi, keyinchalik Garvard universitetining professori Yozef Shumpeterning 1911 yilda yozgan «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» kitobida bayon qilingan tadbirkorlik asoslari bilan biroz hamohangdir. U, shuningdek, shved olimi T.Xagerstrand (1953 y.) yangiliklar diffuziyasi, ya’ni tarqalishi to‘g‘risida ilmiy ish olib borgan. F.Perruning xizmati avvalambor shundaki, u ushbu g‘oyani hudud jihatidan talqin qilgan va hududlarning ayni bir vaqtning o‘zida bunday rivojlanish, mutloq tenglashtirish g‘oyasidan voz kechgan. V. Launxard ham sanoat korxonalarini ko‘rib chiqib, transport omili hal qiluvchi omil, deb hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy to‘g‘ri tanlanganligini xomashyo, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni keltirish uchun transport xarajatlarini minimallashtirish bilan asoslangan yedi. V. Kristaller «Markaziy o‘rin nazariyasi»ning asoschisidir. U matematik hisobkitoblar orqali hududiy ierarxiya bir darajadan boshqa darajaga to‘g‘ri geometrik progressiya orqali o‘tishini isbotladi. Masalan, viloyat bir necha tumanlardan, o‘z navbatida tumanlar ko‘plab qishloq fuqarolari yig‘inlaridan iborat. Har bir qishloqqa o‘ziga tegishli bo‘lgan tovar va xizmatlar yo‘naltirilgan. Shunday qilib, olim aholi manzilgohlari guruhiy tizimini tashkil yetishning qulay variantini aniqlash orqali markaziy o‘rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya asosida bozor mintaqasining yeng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar harakatining oqilona yo‘nalishlarini, shahar va aholi manzilgohlari boshqaruvi ma’muriyatining qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash mumkin. Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini) o‘rganishga oxirgi o‘n yilliklarda nisbatan kamroq ye’tibor berildi. To‘g‘ri, hududiy iqtisodiyot bo‘yicha anchagina tadqiqotlar qilindi. Ularning natijalari kitob holida nashr yetildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning nazariy asoslari ularning ayrimlaridagina ko‘rib chiqildi. Hududiy o‘sish nazariyalarini ko‘rib chiqishda ikki xil asosiy yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o‘sish modellarini qo‘llash. Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini izohlash uchun ishlab chiqilgan modellarga o‘xshatish mumkin (development yesonomiss). Ikkinchisi yesa, alohida korxona va firmalarning xatti-harakatlarini tahlil yetishga asoslangan. Sobiq ittifoqda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda iqtisodiy rayonlar orqali ta’sir ko‘rsatishga alohida ye’tibor qaratilgan. Binobarin, shu davrda hudud atamasiga berilgan ta’rif “iqtisodiy rayon” ga berilgan tavsifga juda yaqin. Iqtisodiy rayon xalq xo‘jaligini tartibga solish maqsadida ajratilgan va ishlab chiqarishni hududiy-tashkiliy shaklidir. U davlat mintaqaviy siyosatining ob’ekti, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni tartibga solib borish va boshqarish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy rayonlar turli omillar ta’siri ostida shakllanib, turli shakllarda namoyon bo‘ladi, ular butun mamlakat hududini o‘z ichiga olishi yoki uning alohida joylarida, ya’ni diskret holda ajratiladi. Bundan tashqari, Download 60.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling