2-Mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja
O‘zbekistonda mintaqalarga ajratish va ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi o‘ziga xosligi
Download 60.51 Kb.
|
2-Ma\'ruza matni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Hudud iqtisodiyotini belgilab beruvchi asosiy parametrlar tavsifi
- Parametrlar Qisqacha tavsif va o‘rganish ob’ekti
3. O‘zbekistonda mintaqalarga ajratish va ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi o‘ziga xosligi
Mamlakat mintaqalarining iqtisodiy rivojlanish darajasi, tabiiy-resurs salohiyati, tarixiy va demografik xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Shuning uchun har bir mintaqa faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar asosida muayyan sohaga ixtisoslashadi va iqtisodiy aloqalar asosida boshqa mintaqalar bilan mahsulot ayirboshlaydi. Darhaqiqat, har qanday hudud o‘ziga xos iqtisodiy sharsharoitlar asosida mehnat taqsimotini amalga oshiradi. Buning uchun mintaqalarga ajratishda ma’muriy hududiy birliklarga asoslanish, O‘zbekiston misolida 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston respublikasi va Toshkent shahri doirasida faoliyatni tashkil yetish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda hudud iqtisodiyoti to‘g‘risida qisqacha fikr-mulohaza bildirib o‘tmoqchimiz. Rossiyalik tadqiqotchi V.V.Mishenko “hudud iqtisodiyoti – bu hududning tarixiy, demografik, milliy, diniy, yekologik, tabiiy-resursli xususiyatlarini hisobga olgan holda hudud xo‘jaligining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi jarayoni bilan birga hududning umumdavlat va xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini bildiruvchi kompleks sohadir” deb ta’riflaydi. Yaponiyalik professor Yamamoto Xisatoshi hudud iqtisodiyotini asosan sakkizta parametrga bo‘lish asosida o‘rganishni taklif yetib, har qanday investor hududga o‘z investitsiyasini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin ana shu parametrlarni kompleks tarzda o‘rganib chiqishi muhim yekanligini asoslab beradi. 1-jadval. Hudud iqtisodiyotini belgilab beruvchi asosiy parametrlar tavsifi
Sakkizta parametrning so‘nggisi hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblansada, yapon olimi Yamomoto Xisatoshi tomonidan taklif yetilgan parametrlar asosan muayyan hududga investitsiyalar kiritishga qiziqqan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan. Olim nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlanishini belgilab beruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki ushbu ko‘rsatkichlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa bir qancha muhim omillar bilan birga kompleks tarzda o‘rganishni ma’qul ko‘radi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar o‘rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta ye’tibor berish lozim. Download 60.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling