2-Mavzu. J. Dalton atomistikasi. Anorganik birikmalarning sinflari
NISBIY ATOM VA NISBIY MOLEKULYAR MASSALAR
Download 327.33 Kb. Pdf ko'rish
|
маъруза 2
3. NISBIY ATOM VA NISBIY MOLEKULYAR MASSALAR
Eng yengil atom – vodorod atomi bo’lib, uning massasi 1,674 . 10 –27
kg ni; Yerda uchraydigan eng og’ir atom – uranniki – 3,952 . 10 –25 kg ni, kislorodniki – 2,667 . 10 –27
kg ni , uglerodniki esa – 1,993 . 10 –26
kg ni tashkil etadi. Hisoblashlarda, bunday sonlarni qo’llash noqulaydir. Shuning uchun kimyoda, fizikada va umuman hamma tabiatshunoslikda atom massalarining mutlaq emas balki, nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi. 1961 yilda atom massasining birligi qilib uglerod izotopi 12 С atomi massasining 1/12 qismiga teng bo’lgan massa atom birligi (m.a.b.) qabul qilingan.
Ko’pchilik kimyoviy elementlarda massasi turlicha bo’lgan atomlar bo’ladi. Shu sababli: elementning tabiiy izotoplar tarkibidagi atomi o’rtacha massasining uglerod
12 С atom massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng kattalik kimyoviy elementning nisbiy atom massasi (Аr r ) deyiladi. Elementlarning nisbiy atom massaslari (uni «atom massa» deb atalsa ham bo’ladi) Аr r bilan belgilanadi, bunda indeks r – inglizcha relative nisbiy so’zining bosh harfidir. А r (Н) , А r (О), А r (С) yozuvlar vodorodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi va uglerodning nisbiy atom massasini bildiradi. Masalan,
А
(Н) = кг кг 26 27 10 993
, 1 12 / 1 10 674 , 1 = 1,0079 ; А r (О) = кг кг 26 26 10 993
, 1 12 / 1 10 667 , 2 = 15,9994; Nisbiy atom massa – kimyoviy elementning asosiy harakteristikalaridan biridir. Atom massalarning hozirgi qiymatlari D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida berilgan.
Moddaning tabiiy izotoplar tarkibidagi molekulasi o’rtacha massasining uglerod atomi 12 С massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng qiymat moddaning nisbiy molekulyar massasi М r
deyiladi.
Nisbiy molekulyar massa son jihatdan modda molekulasi tarkibiga kiradigan barcha atomlar nisbiy atom massalarining yig’indisiga teng. Uni moddaning formulasidan oson hisoblab topish mumkin. Masalan, М r (Н
2 О)
quyidagicha topiladi: 2 Ar (H) = 2 1,00797 = 2,01594 Ar (O) = 1 15,9994 = 15,9994 Mr (H 2 O) = 18,01534 Demak, suvning nisbiy molekulyar massasi 18, 01534 ga yoki yaxlitlaganda 18 ga teng.
Nisbiy molekulyar massa berilgan modda molekulasining massasiga 12 С
suvning molekulyar massasi 18 ga teng. Bu degan so’z, suv molekulasining massasi 12 С atom massasining 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy molekulyar massa ham – moddalarning asosiy harakteristikalaridan biridir.
Download 327.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling