2-mavzu. Jag‘li va konusli maydalagichlar reja


–rasm. Uzun konusli maydalagich chizmasi


Download 1.72 Mb.
bet14/17
Sana09.11.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1759124
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1–rasm. Uzun konusli maydalagich chizmasi.


Konusli inersiyali maydalagich konstruksiyasi quyidagilardan tashkil topgan (2–rasm).


2–rasm. Konusli inersiyali maydalagich chizmasi.
Maydalagich osmali korpus (1) va unga mahkamlangan qo‘zg‘almaydigan konusdan (2) tashkil topgan. Maydalagichning markaziy qismida qo‘zg‘aluvchan konus (3), kardan vali (4) va unga o‘zaro bog‘langan elektrodvigatel (5) o‘rnatilgan. Maydalagich korpusi osma prujinali arqonda (6) ilingan. Qo‘zg‘aluvchan konusning yuqori qismi doirali tayanchga (7) tayanadi, ular chervyakli reduktorlar (8) va ikkita elektrodvigatel yordamida vertikal bo‘yicha aralashtiradi, bu esa chiqish tirqishining enini boshqarilishini ta’minlaydi. Valning (4) pastki qismiga debalans (9) mahkamlangan, u valning (4) aylanishida qo‘zg‘almaydigan konusga qo‘zg‘aluvchan konusni siqilishini va bunda maydalanadigan material bo‘laklarini yanchilishini ta’minlovchi markazdan qochma kuch inersiyasini hosil qiladi.
Maydalanishga ega material teshik (10) bo‘yicha maydalagichga kelib tushadi.
Konsolli val bilan konusli maydalagich mayda va o‘rtacha maydalash uchun qo‘llaniladi, bunda maydalanishga tushayotgan bo‘laklar o‘lchami tufayli odatda 38–300 mm chegarada tebranadi, yuklanadigan tirqish eni yirik maydalaydigan maydalagichlarga ko‘ra sezilarli darajada kichik qilinadi. Ko‘rsatilgan maydalagich asosan ikkilamchi maydalash uchun qo‘llaniladi. Maydalagich qurilmasi quyidagilardan tashkil topgan. Konus maydalagichga zichlashtirilgan konsolli val markazi siljigan vtulkaga o‘rnatiladi. Markazi siljigan vtulka aylanishida maydalaydigan konus qo‘zg‘almas nuqta atrofida aylana bo‘yicha tebranadigan harakat qabul qiladi. Markazi siljigan qobig‘ staninaning pastki qismida joylashtirilgan, unga bronzali vtulka zichlashtirilgan. Markazi siljigan qobig‘ tayanchi bo‘lib turum ostligi xizmat qiladi, lekin u faqat qobig‘ va tishli g‘ildirak og‘irligini o‘ziga qabul qiladi. Maydalaydigan konus va val og‘irligi hamda maydalash kuchlanishini vertikal tashkil etuvchi doirali bronzali xalqa bilan qabul qilinadi. Tashqi konus xalqa bilan staninaga tayanadigan aylanma burama kertik tashqi bo‘yicha mavjud bo‘lgan xalqaga burab kiritiladi. Burama kertik borligi tashqi konusni ko‘tarish va tushirish hamda chiqish tirqishining enini boshqarish imkoniyatini beradi. Mashina aylanasi bo‘yicha joylashgan prujinalar yordamida tayanch xalqa staninaga tortiladi. Tashqi konusning mahkamlanishi begona narsalarni tushishida mashinani buzilishini ogohlantiradi. Bu holatda prujinalar siqiladi, tayanch xalqa tashqi konus bilan birgalikda ko‘tariladi va begona narsalarni o‘tkazib yuboradi. Shundan so‘ng, prujinalar harakati ostida tayanch xalqa konus bilan o‘zining joyiga o‘tiradi.
Yuqori va pastki konuslar marganesli po‘latdan tayyorlangan parda quymalari olib qo‘yiladiganga ega. Markazi siljigan po‘latli cho‘yandan, ramalar, xalqa va konus quyma po‘latdan tayyorlanadi. Maydalanishga ega material likopga kelib tushadi, u esa maydalash kamerasi bo‘yicha materialni teng me’yorda tarqatadi. Material boshqa tipdagi konusli maydalagichlarga qaraganda ko‘proq bir maromda maydalanadi. Maydalash kamerasining pastki qismi parallel maydonga ega ekanligi va unda material bir marotabadan kamroq maydalanishida u bunga erishadi. Maydalagich o‘lchami maydalaydigan konusning pastki diametri kattaligi bo‘yicha belgilanadi. 900 modelli maydalagich – maydalaydigan konusning pastki diametri bilan o‘rtacha maydalaydigan konusli maydalagich 900 mm ga teng.
Gidravlikli saqlagich qurilma va yuk tushirish tirqishi gidravlikli boshqarilishi bilan konusli maydalagich quyidagi konstruksiya va ishlash prinsipiga ega. Konus maydalagich qobig‘ga mahkamlangan, u markazi siljigan qobig‘ bo‘yiga erkin joylashishi mumkin. Qobig‘ sharikli tirgovich, shtok (porshen bilan polzunni biriktiruvchi detal) va doirasimon konusli juva (o‘qlov shaklidagi detal) orqali porshenga tayanadi. Porshen va silindrning pastki qopqog‘i o‘rtasidagi kenglik moy bilan to‘ldiriladi. Ushbu ichki bo‘shliq yuqori bosim ostida to‘ldirilgan havoli idish (ballon) bilan uzatuvchi quvurlar birlashtiriladi.
Maydalanmaydigan jismlar maydalagichga tushishida moyda solishtirma bosim keskin oshib ketadi va oxirida havoni siqib, havoli idish siqib chiqariladi. Bunda porshen konus maydalagich tushishi imkoniyatini ta’minlagan holda tushiriladi va buning oqibatida yuk tushirish tirqishi eni kattalashadi hamda begona narsalar chiqadi. Konus maydalagich boshlang‘ich holatiga qaytishi, idishda joylashgan qo‘shimcha yuklar olinganidan so‘ng, porshen ko‘tarilishida havo silindr bo‘shlig‘iga moyni teskari siqib chiqarishni boshlashi ta’minlanadi.



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling