2-mavzu. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish ko'rsatkichlari va resurs salohiyati.
Semenar rejasi:
1. Jahon xo‘jaligining tabiiy resurslari.
2. Jahon iqtisodiyotida inson resurslarining ahamiyati.
3. Jahonda aholining migratsiyasi.
Darsga oid jihozar: Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar, dunyo
xaritasi, tarqatma materiallar,lug‘at(tushunchalarning izohlari.)
Darsning tuzilishi:1.Tashkiliy daqiqa.
2.Topshiriqlarni bajarish vaqti.
3.Savol-javoblar.
4.Bahs-munozara.
5.Yakunlash.
Izoh:Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda o‘qituvchi oldindan talabalarga
topshiriq va vazifalar beradi.Kerakli adabiyotlardan qanday foydalanishni
tushuntiradi.Bu esa talabalarni mustaqil ishlashga, mustaqil fikrlashga va amaliy
mashg‘ulotlarni sermazmun o‘tishiga yordam beradi.
Amaliy mashg‘ulot usuli: Bahs-munozara.
Ma'lumot uchun materiallar:
1. R.H. Shodiev, E.R. Mahmudov. Jahon iqtisodiyoti. T. 2005 yil.
2. M. Hakimova va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T. «O‘qituvchi»
1997 yil.
3. R.X. Pulatova “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
Ma'ruzalar matni. 2008 y.
Jahon xo‘jaligining tabiiy resurslari. Jahon xo‘jaligi insonlar tomonidan
foydalanib kelinayotgan nihoyatda katta tabiiy resurslar bazasi asosida rivojlanib
bormoqda.
Sanoat uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo va o‘ziga xos tomonlaridan biri shuki,
mineral yoqilg‘i paydo bo‘lishi cheklanganligi va tiklab bo‘lmasligi(qayta ishlab
chiqarilmaganligi) bilan bog‘liqdir. Dunyo aholisi tobora ko‘payib borishi bilan bir
qatorda sanoat ishlab chiqarishning kengayishi muhim muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Hozirgi kunda yangi yoqilg‘i xom ashyo resurslari manbalarini topish,
o‘zlashtirish va ulardan iqtisodiy tejamkorlikda foydalanishdek muhim vazifalar
turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |