2-mavzu. Kasbiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishi reja


Movoraunnahr madaniyati rivojlanishi davrida, X-XII va XIV-XVI asrlarda kasbiy ta’lim


Download 46.24 Kb.
bet6/6
Sana06.04.2023
Hajmi46.24 Kb.
#1331512
1   2   3   4   5   6
3.4. Movoraunnahr madaniyati rivojlanishi davrida, X-XII va XIV-XVI asrlarda kasbiy ta’lim.
Movoraunnahr madaniyati rivojlanishi davrida, X-XII va XIV-XVI asrlarda kasbiy ta’lim ksb, hunar haqidagi fikr-mulohazalarga asoslandi. Turkistonda VIII-XIII asrlarda jamiyat ta’lim asos bo‘lgan barcha yangi g‘oyalar, madaniyat va fanga ochiq va jo‘shqin bo‘lgan davrda kasbiy ta’lim tajribalari mutafakkirlarning fikr-mulohazalari asosida rivojlandi
Tarixiy manbalarga kasb, hunarga oid tushunchalar

Tarixiy manbalar

Kasb, hunarga oid tushunchalar

Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:

  1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.

  2. Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.

  3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.




Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning áarcha a’zolari jamoa bo‘lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar:

  1. bolalar va o‘smirlar;

v) ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
s) keksalar.

Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda kechgan. o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘zga tashlanadi
Urug‘chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko‘lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi

Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang‘ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo‘lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar

Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi

Avesto

Zardusht Axura Mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sevimli joy qaerda ekanini so‘raganda, u shunday javob beradi: u shunday joyki, kishilar u erda uy-joy quradilar, otashkada (ibodatxona)lar barpo etadilar, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib, bola-chaqali bo‘ladilar; men har ikkala qo‘li bilan mehnat qiluvchi kishini qo‘llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka bag‘ishlayman, deydi. Bunda mehnat, dehqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash, yaxshilik manbai, tayanchi deb ko‘rsatiladi

Biroq baxt-saodatga erishish uchun mehnat qilish lozim. SHu bois, baxtga erishishning yagona va ishonchli yo‘li mehnat qilish ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi: “CHorvadorlar to‘q bo‘lsin uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq lozim”

Islom dini

Islomiy g‘oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda er yuzini obod va go‘zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ‘ib etadi




11 Qur’oni karim. – T., «Chilpon», 1992. «Ba=ara» surasi, 31-33 betlar.

11 Jalolov A. Musta=illik mas’uliyati. T., «Izbekiston», 1996. 29-bet.
2 Mulo=ot jurnali. 1997, 5-son, 15-bet.
3 Ibroshimov A. va bosh=alar. Vatan tuy\usi. T., «Izbekiston», 1996. 11-bet.
4 Erkayev A. Ma’naviyat-ustun yinalish. «Iqtisod va shisobot» jurnali. 1996, 2-son, 20-22- betlar.

Download 46.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling