2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Metodlarning klassifikatsiyasi: kuzatish, eksperimental metod va eksperimental
Download 267.62 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Metodlarning klassifikatsiyasi: kuzatish, eksperimental metod va eksperimental
psixologiya, test, biografiya (tarjimai xol) metodlari. Kuzatish metodi Psixologiyada kuzatish odamning psixik hayotini oʻrganish metodi sifatida keng suratda qoʻllaniladi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo boʻldi, xolisonalik (ob’yektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, oʻlchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida qoʻllanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: - voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi) ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yoʻnalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”, ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash); - kuzatishning koʻlami (xajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish; - kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”); - kuzatish davomida toʻplangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari boʻyicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. Psixologik kuzatish olib borishdan koʻzlangan maqsad mana bulardan iborat: - kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’yektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; - kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalashni yaratish, yigʻilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: - kuzatishning ob’yekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni oʻrganishdan iboratdir; - kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, oʻziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir; - amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yoʻnalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar; 3 T . Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 12-bet. - noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqpli ifodalash); - vegetativ reaksiyalarning koʻrinishi: rangning qizarish, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi: - kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va gʻoyalarni ilgari surish. Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda toʻplangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anogramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy – sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar. Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qoʻllash maqsadga muvofiq: - F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, koʻzdan kechirish orqali ularni tahlil 50 qilish (sa’i – harakatlar boʻyicha tizim vujudga keltirish, ulardagi oʻzgarishlarga binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish); - A.K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada va smenadan keyin tekshiruv oʻtkazish); - Talabalarda dars boshida, oʻrtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shugʻullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud boʻlib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (oʻsmirlarda yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va hokazo. Kuzatilgan ob’yektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari boʻyicha gʻoyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar mexanizmlar, holatlarining ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi. Kuzatish yakunida toʻplangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega boʻlgan tavsiyalar, koʻrsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar roʻyhati va nihoyat ilovalar (har bir qism oʻziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman boʻlishidan qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta’siroʻtkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo еchimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik holatning tasnifi. Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaksiya metodikasini (bahs –munozara jarayonida oʻzaro ta’sir oʻtkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qoʻllash ijobiy natijalar beradi: - umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yoʻnaltirish; - guruh a’zolari tomonidan muammoni echish yoʻllarini baholash; - bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; - umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; - muammo еchimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va hamjixatligi. Kuzatish yakunlari boʻyicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharxlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda toʻplangan materiallar qiymatini oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma’lumotlarning ilmiylik darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qoʻllash lozim: - olingan natijalarni foizlar boʻyicha hisoblash chiqish; - toʻplangan ma’lumotlarning oʻrtacha arifmetik qiymatini topish; - son qatoridagi oʻrtacha kvadrat ogʻishni hisoblash (sigma); - son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); - omillar oʻrtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish; - ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim. Kuzatish metodining oʻziga xos xususiyati shuki, odamning tashqi koʻrinishi (ish- harakatlari, qanday soʻzlashishi, kishilar bilan boʻlgan munosabati, psixik holati va faoliyati) tabiiy hayot sharoitida oʻrganib boriladi. Psixologik kuzatishning maqsadi boʻlishi shart. Psixologik kuzatish muayyan reja yoki dastur asosida olib boriladi. Odatda psixologik kuzatuv uzoq vaqtni talab qiladi. Kuzatish qancha uzoq davom etsa, kuzatuvchi shuncha koʻproq dalillar toʻplashi, uning psixologik xulosalari huqur va ishonchliroq boʻladi. Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tuman faoliyatida qanday koʻrinishda voqe boʻlsa, oʻsha koʻrinishda kuzatish metodining yordami bilan oʻrganiladi. Download 267.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling