2-mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari


Download 20.58 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.58 Kb.
#1622356
Bog'liq
2-мавзу. КБХТ тушунчалари (1)


2-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK TUSHUNCHALARI.

Tadbirkorlik bozor iktisodiyetiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshkacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish buyicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunida tadbirkorlikka kuyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishdir”.


Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kim bо‘lishi mumkin. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va О‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik tо‘g‘risidagi Qonunga muvofik balogat yeshiga yetgan xar bir fukaro uz mulki asosida yeki mulk egasining vakolati asosida uz ixtiyer etgan Qonunga zid bulmagan faoliyat turi bilan shugullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yukoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bо‘lib, u mazmunan boy, xilma xil kurinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish moxiyat jixatidan davlat, jamiyat axamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruxini aloxida kо‘rsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyixasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi.

  2. tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar.

  3. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jixatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muxofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat:

  1. Shugullanayetgan soxa buyicha ilm, bilimga egaligi.

  2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik kobiliyati.

  3. Iqtisodiy jarayenlarni chukur fikrlay olish.

  4. Qonunlarga itoatkorligi.

  5. Innovatsiyachilikning faolligi.

  6. Maqsad sari intiluvchanlik.

  7. Tashkilotchilik.

  8. Tejamkor bо‘lishi.

  9. Uz sо‘zining ustidan chikish.

  10. Ruxiy poklik va xalolligi.

  11. Uz jamoasi uchun kо‘rashuvchanlik.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kuyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:

  1. Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iktisodiyeti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi: -

  • egalik kilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka tula xukumronlik kilish: sotish, ijaraga berish, xadya etish;

  • foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va tо‘lov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;

  • operativ tezkor boshkarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taksimlash va ishlab chikarishni tashkil etish buyicha mulkni boshkarish huquqini joriy etish.

  1. Tadbirkorlarga uz kobiliyatini tula namoyen etish uchun kuyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi.

  • maxsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi;

  • xamkorliklarngi mustakil tanlash;

  • mablaglarni qonunga zid bulmagan soxalarga mustakil sarflash erkinligi va x.k.;

  1. Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xom ashe xarakati uchun sun’iy goyalarning yukligi.

  1. Bozor infratuzilmasining mavjudligi.

Bunga kuyidagilar kiradi:

  • tijorat banklari;

  • tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari;

  • tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;

  • ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;

  • ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.

  1. Tadbirkorlik uchun huququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi.

  1. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq tulash, tabiiy boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi farmonida kо‘rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va urta biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati soxasiga kredit resurslarini keng jalb kilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun makbul sharoit yaratish maqsadida;
Kichik tadbirkorlik subyektlari kuidagicha belgilangan:
-mulk shaklidan kat’iy nazar ishlab chikarish, ilm-fan, ilmiy xizmat kо‘rsatish, chakana savdo Qishloq xо‘jaligi va boshka ishlab chikarish soxalarida 100 nafardan, kichik tadbirkorlik korxonalari bо‘lib hisoblanadi;
- mulk shaklidan kat’iy nazar boshqa korxonalarning ishchi va xizmatchilarini soni 100 nafardan oshgan tadbirkorlik korxonalari yirik korxonalar hisoblanadilar.
Xozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik soxasiga xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va korxonalar tashkil etilib, makbul sharoitlar yaratilmokda.

QISQA XULOSALAR


Korxonalarda davlat tasaruffidan chikarish va xususiylashtirish iqtisodiy isloxotlarning yetakchi bugini bо‘lib, xususiylashtirish natijasida turli mulkchilik katlamlari shakllandi va ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga aloxida axamiyat berilmokda.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi sharoitlarni yaratish xukumat ma’suliyatidagi ish hisoblanadi. Uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar katoriga davlatning iqtisodiy siyosati, aholining ijtimoiy axvoli,raqobatning shakllanish darajasi, tadbirkorlikning raqobatlantirilishi va boshkalarni kiritish mumkin.
Tadbirkorlik mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavvakal Qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi Qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishdir.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. Tadbirkorlik faoliyati qanday rivojlanish tarixiga ega?

  2. Xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini uziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. Xorijiy mamlakatlarda (Yaponiya, Fransiya, AQShlarida) tadbirkorlik faoliyatini kaysi shaklini rivojlanishi katta axamiyatga ega va uning sababi nimadan iborat?

  4. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va moxiyati deganda nimani tushunasiz?

  5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni ta’kidlab uting.

  6. Sizningcha, tadbirkorlik faoliyatiga yana qanday omillar ta’siri bо‘lishi mumkin?

  7. “Biznes” va “tadbirkorlik” suzlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farki nimalardan iboratligini tushuntirib bering.

  8. Xukumat tomonidan qanday qabul qilingan Qonunlar va Prezident Farmonlari asosida tadbirkorlikni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga qanday e’tibor berilmokda?

Download 20.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling