2-mavzu. Kimyoviy texnologiyada energiyani tejashning nazariy asoslari va usullari. Reja: 1. Termodinamika qonun va usullaridan samarali foydalanish. 2. Issiqlik almashinuv jarayonlarida to’la termodinimik tahlil energetik sarfiyotlarni kamaytirishning turli texnik yo’llari. 3. Energiya texnologiyaga xarakterli zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining turlari. Texnik termodinamikaning asosiy tushunchalari. -
- Termodinamika deb – energiyaning o‘zgarishi bilan kechadigan makroskopik jarayonlarning nazariyasini o‘rgatuvchi fanga aytiladi.
- Texnik termodinamika – esa energiya ko‘chishining ikki ko‘rinishi bo‘lmish issiqlik va ishning bir biriga o‘tish qonuniyatlarini va shu jarayonda ishtirok etayotgan jismning xossalarini, xamda isitgich, sovutgich va boshqa uskunalarda ketadigan jarayonlarni o‘rgatuvchi fandir.
- Demak energiya bir jismdan ikkinchisiga issiqlik yoki ish shaklida ko‘chadi.
- Bunda energiyaning miqdori issiqlik yoki ish o‘lchov birligida xisoblanadi.
- Energiyasi bilan almashinadigan makroskopik jismni ishchi jismlar deb ataladi, uning qatoriga texnik termodinamikada gaz va bug‘lar kiradi.Ishchi jismning yoki tizimning xolatini ta’riflab beruvchi kattaliklar termodinamik omillar deyiladi. Ularga temperatura – T, bosim –R, solishtirma xajm, ichki energiya, entalpiya va entropiya kiradi. Ularning asosiysi T, V, P.
- Agarda ishchi jism xolatida asosiy omillardan biri o‘zgarsa, unda jism termodinamik jarayonni boshdan kechirayapti deb tushuniladi.
- Termodinamik jarayonlar qaytar va qaytmas bo‘lishi mumkin. Termodinamik ishchi jismning muvozanat xolatini aks ettiruvchi tenglama xolat tenglamasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |