Elektromagnit usul bilan boyitish qattiq minerallarning magnit maydoniga nisbatan munosabatga asoslangan. Maydalangan ruda magnit maydoni hosil qilingan separator orqali o`tkazilib, ikkiga ajratiladi, ya`ni magnitga tortiladigan metallarga va magnitga tortilmaydigan metallmaslarga. Elektromagnit separatorning sxemasi 2-rasmda ko`rsatilgan. Bu separatorda magnit maydoni elektr toki yordamida hosil qilinadi. Elektromagnit usuli, asosan, metallurgiya sanoatida rudalarni boyitishda keng qo`llaniladi.
Termik boyitish turli xil birikmalarning suyuqlanish darajasidagi farqiga asoslangan bo`lib, foydali birikmalarni bekorchi jinslardan ajratishda qo`llaniladi. Masalan, oltingugurt, ohaktosh va gips aralashmasidan iborat mineral termik pechlar orqali o`tkazilganda oltingugurt oson suyuqlanadigan ajralib oqib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |