2-mavzu: Kommunikatsion marketing kompleksini yaratish va boshqarish
Download 4.1 Mb.
|
1 2
Bog'liqkommunikatsion marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar va boʼysunuvchi oʼrtasidagi kommunikatsiya- bu tashkilotda eng koʼp uchraydigan axborot almashuvidir Masalan, sex boshligʼi yoki ustaning
Kommunikatsion jarayoni – bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayonining asosiy vazifasi – almashish predmet i bo‘lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga do‘stlar, oilaviy, mehnat jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. Axborot almashish jarayonida to‘rtta tarkibiy qismlar qatnashadi: jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), kanal (axborotni uzatish vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan hamohang ishlashi, axbo rot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak
Axborot almashinuv jarayonida har ikki tomon (jo‘natuvchi va qabul qiluvc hi) faol rol o‘ynaydi. Agar rahbar qo‘l ostidagilarga topshiriq bersa, shuning o‘zi axborot almashish boshlandi degan gap. Axborot almashish samarali bo‘lishi uchun xodim o‘z rahbariga topshiriqni qanday tushungani haqida xabar berishi, rahbar esa undan nimalar kutishini aytishi kerak. Topshiriqning o‘zi qanday qo‘yilis hi (to‘g‘rirog‘i, axborot) va axborotni uzatish vositasi muhim ahamiyatga ega. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday to‘siqsiz qabul qilsa, axborot almashgan hisoblanadi. Shuning uchun kommunikatsiya jarayoniga juda katta e’tibor berish kerak. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tilishi kompyuterlashtirish ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Xalqaro amaliyot iqtisodni kompyuterlar yordamida boshqarishni afzal ko‘rmoqda. Kompyuterlar yordamida axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Barcha axborotlar tez tayyorlanadi va tarqatiladi. Kommunikatsiya – signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali uzatilishidir. Signal esa, o‘z navbatida, ma’lumot va axborotdan tashkil topgan xabardir. Signal, albatta, biror-bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisoblanishi mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yuboruvchi)signallarni yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foydalanadi. Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi – bu oʼta murakkab, koʼp bosqichli tizim boʼlib, oʼz tarkibiga nafaqat korxona ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi axborot almashinuvini ham oladi. Tashkilot-bu davlat nazorati va boshqaruvi ostidagi obʼekt boʼlib, u oʼzidan yuqori tegishli tashkilotlarga turli hisobotlar va axborotlar berib turadi Tashqi kommunikatsiya-bu tashkilot bilan tashqi muhit oʼrtasidagi axborot almashinuvidir Jumladan, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qoʼmitalar, hokimliklardan kelgan axborotlardir Ichki kommunikatsiya-deganda korxona ichidagi boʼlimlar oʼrtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur boʼlgan axborot almashinuvidir Bu yerda boʼgʼinlararo (vertikal kommunikatsiya) va boʼlimlararo (gorizontal kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi Rahbar va boʼysunuvchi oʼrtasidagi kommunikatsiya- bu tashkilotda eng koʼp uchraydigan axborot almashuvidir Masalan, sex boshligʼi yoki ustaning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasidir Noformal kommunikatsiya -bu rahbar atrofidagi shov shuvlar, norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi Kommunikatsion jarayon -bu ikki va undan ortiqodamlar oʼrtasidagi axborot almashish jarayonidir. Bujarayonda toʼrtta asosiy unsur qatnashadi Download 4.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling