2-Mavzu: Konsultantga qo‘yiladigan talablar Reja


Download 15.96 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi15.96 Kb.
#1426296
Bog'liq
2-Mavzu Konsultantga reeja


2-Mavzu: Konsultantga qo‘yiladigan talablar
Reja:
1.Konsultantning konsultatsiya jarayonidagi o‘rni va roli haqida tushuncha.
2.Psixologik maslahatchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
3.Psixologik maslahatni tashkil qilishda samarali konsultatsiya modeli.
4.Kasbiy faoliyatning konsultant shaxsiga ta’siri.
5.Konsultantning kasbiy tayyorgarligi
O’quv mashg`ulotining maqsadi: nazariy bilimlarni stahkamlash, talabalarning dunyoqarashini kengaytirish
1-vazifa:

Psixolog-konsultantga qo`yilgan talablar:

Tajribasi
Yaxshi psixolog juda katta ish tajribasiga ega bo’lishi va har bir muammoni shu zahoti yechimini topa olishi kerak

Malakasi
Oliy ma’lumotga va tajribaga ega bo’lishi kerak

2-vazifa: Psixologik maslahatni tashkil qilishda samarali konsultatsiya modellarini izohlab bering.


Psixologik-maslahat o‘tkazishda optimal vaziyat, sharoit quyidagilar hisoblanadi:
1. Alohida, tinch xonaning mavjudligi, bu xonada maslahatchini yoki mijozni chalg‘ituvchi tovushlar eshitilmasligi kerak. Maslahat olib borilayotganda bu xonaga hech kim kirmaydigan bo‘lishi kerak.
2. Bu xonada maslahatchi va mijoz qulay joylashishlari kerak – eng yaxshisi bir-biri bilan yonma-yon yoki kichik burchak ostida 60-70 sm dan to 100-110 sm masofada bir – birining qarshisida o‘tirishlari mumkin.
3. Maslahatni mijoz hech qaerga shoshilmayotgan paytida va o‘zini yomon his qilmayotgan paytda o‘tkazish.
4. Mijoz psixolog-maslahatchi bilan suhbatlashish davomida boshqa tomonga qarash, boshini yon tomonga burish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
5. Maslahat berish vaqti aniq belgilangan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
6. Maslahat o‘tkaziladigan xonada soat bo‘lishi mumkin, lekin u bevosita maslahatchi va mijoz o‘rtasida bo‘lishi kerak emas. Soat mijozning orqasidagi devorga yoki yon tomonda osilib turgani, mijozning ko‘zi tushmagani ma’qul.
7. Maslahat o‘tkaziladigan xonada mijozning e’tiborini tortadigan, unga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech bir buyum bo‘lmasligi kerak. Maslahat o‘tkazish davomida xonada sodir bo‘ladigan harakatlar ham uni xavotirga solmasligi kerak.
8. Xonada turgan narsalar yoki sodir bo‘layotgan hodisalar mijozni tinchlantirishi, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otishi kerak. Psixologik maslahatning ma’lum bosqichida xonada past tovushda yoqimli musiqa eshitilib turishi mumkin.
Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling