2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi
Download 56.24 Kb.
|
2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Korporativ boshqaruvni kelib chiqishining asosiy shartlari va sabablari.
2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi 2.1. Korporativ boshqaruvni kelib chiqishining asosiy shartlari va sabablari. 2.2. Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari. 2.3. Korporativ boshqaruv nazariyasining rivojlanishida nazariyalar: Yensen-Mekling nazariyasi. Modilyani-Miller nazariyasi. Tirol nazariyasi. Steykxolderlar nazariyasi 2.4. Korporativ boshqaruvning zamonaviy rivojlanish nazariyasi. 2.5. Korporativ boshqaruv nazariyasining rivojlanishida nazariyalar: Firma nazariyasi. Transaksion xarajatlar nazariyasi. Agentlik nazariyasi. 2.6. Aksiyadorlarni manfaatdor tomonlari. Tayanch iboralar tahlili: Neoklassik nazariya, institusional yondashuvda korporativ boshqaruv nazariyasi, Korxona nazariyasida zamonaviy korporatsiya tuzilishi, Transaksion xarajatlar nazariyasi. Agentlik nazariyasi. 2.1. Korporativ boshqaruvni kelib chiqishining asosiy shartlari va sabablari. Korporativ boshqaruv yirik biznes yuritish zarurati obyekti sifatida shakllangan. Tabiiyki, bundan oldin korporatsiyalar shakllanishining uzoq muddatli jarayoni rо‘y bergan. Ma’lum bir bosqichda xalqaro hamjamiyat korporativ strukturalar joylashuvidan qat’iy nazar ularni boshqarish jarayonlarini soddalashtirish va bir xillashtirishga imkon beradigan umumiy meyorlar va andozalar ishlab chiqishga majbur bо‘ldi. Korporatsiyalar shakllanishi umumjahon tendensiyalarini tahlil qilib, mutaxassislar uchta asosiy bosqichni ajratib kо‘rsatadilar. Har bir bosqich jamiyatda о‘sha paytda shakllangan korporatsiyalarga xos jihatlarni aks ettiradi. XX asrning boshlarida sanoat inqilobi davomida paydo bо‘lgan korporatsiyalar ularning egalari mulki sifatida qabul qilingan. Ular kiritilgan mablag‘larga mos keluvchi qaytim (samara) ta’minlash maqsadi uchungina xizmat qiladi deb hisoblangan. Korporatsiya mashina sifatida kо‘rib chiqilgan, xodimlar va boshqaruvchilar bu mashinaning qismlari hisoblangan. Bu davrda boshqaruvning mexanistik modeli hukmronlik qilgan. Ushbu davrga quyidagi sharoitlar xos bо‘lgan: korporatsiya egasi xodimlar ustidan cheksiz hukmronlik qilgan va ularni xohlaganicha xо‘jayinchilik qilgan; xodimlarning malaka darajasi juda past bо‘lgan va takomillashuv uchun stimullar bо‘lmagan; ma’lumot va sо‘rovlar darajasi past bо‘lgan, chunki ishsizlik bilan bog‘liq iqtisodiy muhtojliklar tahdidi muntazam bо‘lgan. Iqtisodiy rivojlanishning mazkur bosqichi korporativ boshqaruvning nazariy asoslari negizi hisoblangan quyidagi ishlarda о‘z aksini topgan. Korporativ boshqaruvning nazariy asoslari firmani boshqarish elementlarini qamrab oladi hamda belgilangan boshqaruv va ishlab chiqarish tashkiliy strukturasiga ega firmaning kо‘p profilli yirik biznesgacha rivojlanish tendensiyalarini modellashtiradi. Firma nazariyasi. Xо‘jalik subyekti ishlab chiqarish omillari tо‘plami sifatida kо‘rib chiqiladi: Klassik ma’noda, tashqi muhit va ichki tashkiliy strukturasi ifodalangan xо‘jalik subyekti tushunchasi mavjud emas. Shu sababli tashqi ta’minotchilarsiz, huquqiy tartibga solishsiz, siyosiy muhit ta’sirisiz yopiq tashkilot tizimi kо‘zda tutiladi. Xо‘jalik subyektlarini moliyalashtirishning qoidasiga kо‘ra, tashqi qarzlarni qamrab oladigan murakkab jarayonlari ham bekor qilingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda korporatsiyalar mexanistik konsepsiyasi barbod bо‘ldi, bu davr korporatsiyani organizm sifatida qabul qilish bilan tavsiflana boshladi. Firmalar sonining о‘sishi raqobat va markazlashuv jarayonlariga sabab bо‘ldi. О‘sha davrdagi korporatsiyalar maqsadi ikkita muhim vazifa – kun kо‘rish va о‘sishdan iborat bо‘ldi. Ishlab chiqarish va boshqaruvning sifat tavsifnomalar kuchayishi sababli foyda olish ikkinchi о‘ringa tushib qoldi. Korporatsiya murakkab struktura va uning faoliyatidagi muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik uning ichki strukturasida yashiringan deb hisoblangan. Tashqi muhitning mavjudligi kо‘zda tutilmagan, tabiiyki, uning ta’siri ham hisobga olinmagan. Mazkur bosqich quyidagi sharoitlar bilan tavsiflanadi: mehnatning texnik mazmunini murakkablashuvi xodimlar ma’lumoti darajasining sezilarli о‘sishiga olib keldi; ish beruvchilarning xodimlarga bog‘liqlik darajasi ortdi, xodimlarni boshqarish mexanizmlari takomillashdi. Bu bosqichga korporativ boshqaruvning quyidagi nazariy asoslari mos keladi: Download 56.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling