2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi
Aksiyadorlarni manfaatdor tomonlari
Download 56.24 Kb.
|
2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi
2.6. Aksiyadorlarni manfaatdor tomonlari
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv obyekti sifatida korporatsiyaning о‘ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning о‘zaro aloqa qilishini kо‘zda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq - atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin. Aksiyadorlarni manfaatdor tomonlarini himoya qiladigan asosiyt tamoyillari bu Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillari ishlab chiqilgan va joriy qilingan. Birinchi tamoyil - aksiyadorlar uchun foydani maksimallashtirish. Kompaniya uning aksiyadorlari eng yuqori foyda olishi uchun ishlaydi. Bunda u aksiyadorlar (mulk egalari) yoki menejmentning biron guruhi emas, balki barcha aksiyadorlar manfaatlariga rioya qilishi lozim. Ikkinchi tamoyil – moliyaviy axborotlarning ochiqligi. Aksiyadorlar, shuningdek, tartibga solish organlari (О‘zbekistonda bu moliya bozorlari bо‘yicha Federal xizmat hisoblanadi) uchun kompaniya moliyasi haqida xalqaro buxgalteriya hisobi andozalari bо‘yicha tayyorlangan va mustaqil auditor tekshiruvidan о‘tkazilgan axborot ochib berilishi lozim. Uchinchi tamoyil - kompaniya mulkining shoffoflik tarkibi, menejment bilan bog‘liq, 5% dan ortiq aksiyalarga ega bо‘lgan, aksiyadorlarning affillangan tarkibi. Bunda mulk tarkibini yakuniy mulk egasigacha ochib berish lozim. Tо‘rtinchi tamoyil - oddiy aksiyalar “bitta aksiya – bitta ovoz” qoidasi bо‘yicha ovoz beradi. Ushbu tamoyilga О‘zbekiston Respubdikasida rioya qilinadi. Aksiyadorlar qabul qilishi lozim bо‘lgan muhim qarorlar doim ham aynan aksiyadorlarni olgan aksiyalari darajasida qabul qilinmaydi. Beshinchi tamoyil – direktorlar Kengashini kompaniya aksiyadorlari saylaydi. Kengash ularning oldida hisobot beradi, shuningdek, mustaqil direktorlar kengashiga kompaniya menejerlari hisoblanmagan shaxslarni qamrab oladi. Oltinchi tamoyil – korporatsiyada rag‘batlantirish tizimi (ish haqi, mukofotlar, opsionlar va hakozo) aksiyadorlar manfaatlariga javob berishi lozim. Bu kompaniya xodimlari yoki uning aksiyadorlari ekanligini, yoki kompaniyada aksiyalarni bonus sifatida olishini anglatadi. Agar menejer unga kompaniyaning ahvoliga bog‘liq bо‘ladigan qarorlar qabul qilsa, uning ish haqi korxonaning kapitallashuv darajasiga tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri bog‘liq bо‘lishi lozim. Yettinchi tamoyil - korporatsiyalar qaysi mamlakatda faoliyat yuritayotgan bulsa, о‘sha mamlakatning qonunlariga amal qilishlari shart. Sakkizinchi tamoyil – hukumatlar va korporatsiyalar doimiy muloqotda bо‘ladi. Korporativ boshqaruv tamoyillari bir tomondan qonun hisoblansa, boshqa tomonidan doimiy tuzatish kiritish jarayonini birgalikda amalga oshirishi lozim. Korporativ boshqaruv xalqaro tamoyillari quyidagicha ifodalanadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik meyorlari. Bu hujjat 1997 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “Kupere end Laybrand” kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyalarga nufuzli kreditorlar va investorlar tomonidan investitsiya qarorlari qabul qilishda qaysi jihatlar kо‘proq hisobga olinishini yaxshi tushunish maqsadida tayyorlangan. YETTB korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik meyorlariga muvofiq kompaniyalarga manfaatdor tomonlar bilan о‘zaro munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi: Download 56.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling