2-mavzu. Korporativ boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi


Transaksiya xarajatlari nazariyasi


Download 52.48 Kb.
bet2/6
Sana09.03.2023
Hajmi52.48 Kb.
#1256424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

Transaksiya xarajatlari nazariyasi. Transaksiya xarajatlar bu – tashqi shartnomalarning bajarilishini ta’minlash xarajatlaridir. Transaksiya xarajatlari deb ishbilarmonlik operatsiyalarini bajarish, jumladan, ishbilarmonlik hamkorini izlab topish vaqtini baholash, muzokaralar о‘tkazish, shartnomalar tuzish, ularning tegishlicha ijro etilishini ta’minlash xarajatlariga aytiladi.
Transaksiya xarajatlari quyidagi hollarda ayniqsa yuqori bо‘ladi:
kamdan - kam uchraydigan tovar ishlab chiqarilsa;
bozorda talab noaniq va narx harakatini oldindan aytib bо‘lmasa;
■ bozorda axborot asimmetriyasi mavjud bо‘lsa.
Transaksiya xarajatlarini korxonalarni integratsiyalash yо‘li bilan erishish mumkin.
Muloqotlar nazariyasi. Ushbu nazariyada asosiy e’tibor korporatsiyaning ichki strukturasiga qaratilib, uni tuzishning shartnoma asosi kо‘zda tutiladi. Korporatsiya xodimlar, boshqaruvchilar va mulk egalari о‘rtasida munosabatlar yig‘indisini ifodalaydi. Qoidaga kо‘ra, bu munosabatlar rasmiy shartnomalar bilan ifodalanadi. Biroq, bu munosabatlar rasmiy shartnomalar bilan tartibga solinmagan taqdirda ham ta’minotchilar va iste’molchilar bilan ma’lum bir о‘zaro aloqalar, xodimlar va boshqaruvchilar о‘rtasida subordinatsiya tizimi bо‘ladi – bu norasmiy shartnomalar tizimidir. Lekin, shunga qaramay ular ma’lum muddat davomida yetarli darajada barqaror bо‘ladi va ularning buzilishi boshqa qatnashchilarga nisbatan jarima choralariga olib keladi.
Nazariya doirasida shartnomalarning uch turi ajratib kо‘rsatiladi:
-klassik shartnoma, bunda tomonlar tо‘liq mustaqillikni saqlab qoladi va beqarorligi bilan ajralib turadi. Klassi­k shartnoma qat’iy va yuridik jihatdan sodda, shartnoma matnida qayd etilmagan hech qanday og‘zaki kelishuvlar tan olinmaydi;
-neoklassik shartnoma, bunda о‘rta muddatli va uzoq muddatli asosda tomonlarning о‘zaro bog‘liqligi yuqori darajasiga erishiladi. Jiddiy yuridik hujjatdan kо‘ra kо‘proq kelajakda rо‘y berishi mumkin bо‘lgan barcha vaziyatlarni kо‘zda tutadigan hamkorlik tamoyillari haqidagi shartnomani eslatib yuboradi. Bunda og‘zaki kelishuvlar yozma kelishuvlar bilan bir qatorda hisobga olinadi;
- munosabatlar shartnomasi – uzoq muddatli о‘zaro manfaatli shartnoma, bunda bitim ishtirokchilarining о‘zaro bog‘liqlik darajasi maksimal bо‘lishi ta’minlanadi va norasmiy shartlar rasmiy shartlardan ustunlik qiladi. Uchinchi tur bо‘yicha kontraktatsiya yirik biznes sohasida tobora ommalashib bormoqda.
Korporatsiyalar rivojlanishining keyingi bosqichi XX asrning 80 - 90 yillariga tо‘g‘ri kelib, korporatsiyani organizm sifatida inkor qilish bilan tavsiflanadi va unga boshqacha talablar qо‘yadi. Avvalo, davlatning xо‘jalik hayotini tartibga solish ta’sirining kuchayishi korporatsiyalar faoliyatiga muhit yondashuvini rivojlantirish zaruratini tо‘g‘ri anglashga olib keldi. Har bir korpo­ratsiya о‘zicha alohida bо‘lib emas, balki boshqa bozor institutlari bilan aloqada faoliyat yuritadi. Tashkilot sifatida korporatsiya konsepsiyasi uzil - kesil tasdiqlanadi. Ikkinchidan, korporatsiyani boshqarish vazifalari murakkabalashdi: aksiyadorlarning ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali ekanligi talab qilinadi, bu korporativ boshqaruv tamoyillari va korporativ madaniyatni shakllantirish zaruratini anglashga olib keladi. Bu bosqichga quyidagi nazariya xarakterlidir.

2.2. Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari.


Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari quyidagilar hisoblanadi:


-agentlik nazariyasi (Agency Theory);
-sheriklar nazariyasi (Stakeholder Theory);
- boshqaruv nazariyasi (Stewardship Theory);
-tashkiliy nazariya (Organization Theory).
Bu nazariyalarning har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz:
1) Agentlik nazariyasida korporativ munosabatlar mexanizmi agentlik xarajatlari vositalari orqali kо‘rib chiqilib, direktorlar va aksiyadorlar о‘tasidagi о‘zaro munosabatlar shartnoma munosabatlari sifatida ifodalanadi. Kо‘rib chiqiladigan vazifalar tipologiyasi quyidagilarga borib taqaladi:
■ “manfiy tanlov” muammosi (ya’ni yaxshi menejerni qanday tanlash);
■ “opportunistik xulq – atvor” muammosi (ya’ni qanday qilib menejerni mulk egasi manfaatlarida ishlashga majbur qilish).
Agentlik nazariyasi doirasida 1976 yil iqtisodchi olimlar Yensen va Mekling tomonidan taklif etilgan model keng tarqalgan bо‘lib, unga kо‘ra agentlik munosabatlari bu — unga muvofiq boshliq qо‘l ostidagi xodimni boshliq manfaatlarida harakatlarni amalga oshirish uchun yollaydigan va qaror qabul qilish huquqlarining bir qismini qо‘l ostidagi xodimga berish kо‘zda tutiladigan shartnomadir. Bundan tashqari, agentlik munosabatlari quyidagilardan iborat bо‘lgan agentlik xarajatlariga olib keladi:
- mulk egasi va menejer о‘rtasida muloqot о‘rnatish xarajatlari;
- mulk egasining menejerni nazorat qilish xarajatlari;
- menejerning о‘zini - о‘zi cheklash xarajatlari;
- qoldiq yо‘qotishlar.
Model quyidagi asosiy taxminlarga yо‘l qо‘yadi:
- barcha tashqi aksiyalar ovoz berish huquqiga ega emas;
- tashqi mulk egalari faqat pul oqimlari yoki boylikning о‘sishi orqali mulkdan foyda oladi (ya’ni sof foyda olmaydi);
- menejerning ish haqi qat’iy belgilab qо‘yilgan bо‘ladi;
- modelning dinamik jihatlari tahlildan chiqarib tashlanadi.
Qо‘shimcha taxminlar (keyinchalik susaytiriladi):
- firma hajmi qat’iy belgilanadi;
-monitoring va о‘zini - о‘zi cheklash uchun imkoniyat yо‘q;
■ qarz olish uchun imkoniyat yо‘q;
■ risk va diversifikatsiya zarurati e’tiborga olinmaydi.
Natijada quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
- agar menejer firma kapitalining 100% egasi bо‘lsa, u eng yuqori xarajatlar va eng yuqori foyda tengligidan kelib chiqib (“jamoat uchun eng qulay variant”), qо‘llanadigan harakatlar optimal hajmini tanlaydi;
- agar menejer firmaning tо‘laqonli egasi hisoblanmasa, qо‘llanadigan harakatlar darajasi jamoat uchun eng qulay variantdan past bо‘ladi va firmaning qimmati pasayib ketadi;
- mulk egasi tomonidan nazorat qilish imkoniyati firma qiymatini oshiradi va nazorat bо‘lmagan vaziyatga nisbatan xususiy foyda iste’molini kamaytirishga imkon beradi.
Agentlik nazariyasida boshqa modellar ham foydalaniladi. Masalan, kapital strukturasi modellari. Ulardan birining asosida yotadigan Modilyani - Miller teoremasiga kо‘ra, qarz va mulk о‘rtasida tanlov firmaning qiymatiga ta’sir etmaydi. Bu fikr faqat moliya bozorlari mukammal bо‘lgan hollarda tо‘g‘ri bо‘ladi. Biroq, Yensen va Meklingga kо‘ra, qarz agentlik xarajatlari bilan ham bog‘liq bо‘ladi. Menejer riskliroq investitsiyalarni amalga oshirib, riskni kreditorlarga о‘tkazadi:
loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hollarda menejer daromadning kо‘proq qismini oladi, chunki qarz bо‘yicha tо‘lovlar qat’iy belgilab qо‘yilgan bо‘ladi;
biroq muvaffaqiyatsizlik hollarida kreditorlar asosiy yо‘qotishlarga duch keladi, chunki defolt holatida menejerning javobgarligi uning kapitaldagi ishtiroki bilan cheklanadi.
Qarzning agentlik xarajatlari quyidagilarni qamrab oladi:
- qarz shartnomasi yozish xarajatlari;
- menejerning yuqori riskli investitsiyalardan yо‘qotishlari;
- monitoring va о‘zini - о‘zi cheklash xarajatlari;
- bankrot va qayta tashkil qilish xarajatlari. Bu xarajatlar qarzning о‘sishi bilan о‘sib boradi, shu tariqa, kompaniya kapitali strukturasida qarz ulushi qanchalik yuqori bо‘lsa, kompaniya uchun qarz qiymati shunchalik baland bо‘ladi.
Kapital tarkibi bо‘yicha boshqa mashhur nazariyalaridan biri bulgan «soliq qalqoni» modeli ham mavjud ( bunda soliq qonunchiligi buyicha qarz bо‘yicha beriladigan foiz soliqqa tortilmaydi), Yensenning erkin pul oqimlari nazariyasi modeli 2001 yilda ishlab chiqilgan Mayersning «iyerarxiya nazariyasi» modeli hisoblanadi. Mayers bо‘sh pul mablag‘lari mavjudligida kompaniya ichki moliyalashtirishni tashqi moliyalashtirishdan afzal kо‘radi, chunki ichki moliyalashtirishda axborot assimmetriyasi muammosi vujudga kelmaydi deb xulosa chiqaradi. Tashqi moliyalashtirish sifatida kompaniya qarz xarajatlari foyda miqdoridan oshib ketmagunga qadar qarzga mablag‘ jalb qilishni afzal kо‘radi. Bunda qimmatli qog‘ozlar chiqarish oxirgi navbatda amalga oshiriladi.
2001 yil agentlik nazariyasi doirasida keng tarqalgan yana bir model taklif etildi. Bu – Tirolning modeli edi. Ushbu modelda menejerning harakatlari kuzatilmasligi mumkin deb taxmin qilinadi. Firmaning daromadlari menejerning harakatlariga bog‘liq bо‘lsada, biroq ehtimoliy о‘lchamga ega emas. Shunday qilib, firma faoliyati natijalari bо‘yicha menejerning say - harakatlari darajasini aniqlash qiyin. Bu modelda ikki turdagi monitoringi kо‘rib chiqiladi. Faol monitoring shuni anglatadiki, investor ayrim xarajatlarni sarflagan holda, menejerning xususiy foydalarini pasaytirishi mumkin (Yensen-Mekling modeli kabi). Passiv monitoring oraliq bosqichda menejer faoliyati haqida aniqroq signal olishni anglatadi. Bunday signal manbasi sifatida investitsiya tahlilchilari, banklar, reyting agentliklari ishtirok etishlari mumkin. Bunda mulk egasi va menejer о‘rtasida agentlik nizosini hal qilish usullari quyidagilar hisoblanadi:
yirik mulk egalari, institusional investorlar va kreditorlar, direktorlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladigan monitoring;
korporativ nazorat bozori demak, dushmanlarcha bosib olish tahdidi;
kompensatsiya sxemalari va kо‘rinib turmaydigan stimullar.
2) Sheriklar nazariyasi korporatsiyani uning oddiy elementlari – aksiyadorlar, xodimlar, iste’molchilar, mahalliy hamjamiyat, soliq tо‘lovchilar va boshqalarning oddiy yig‘indisiga teng bо‘lmagan katta tizim sifatida ifodalaydi. YA’ni “mulk egasi – menejer” nizosini kengayishi rо‘y beradi va bu nazariyaning mohiyati kompaniya rahbariyatining barcha manfaatdor tomonlar nazorati ostida bо‘lishi shartligidan iborat. Bunda korporatsiya faoliyatidagi barcha sheriklar о‘zlarining maqsadlarini kо‘zlaydi:
menejerlar – individual maqsadlar, masalan, mehnatga tо‘lanadigan haqni maksimal qilish, ularning professional malakasi kо‘rsatkichi sifatida kom­paniya aktivlarini oshirish, xodimlar shtatining о‘sishi va boshqalar;
xodimlar individual maqsad sifatida mehnatga tо‘lanadigan haqni maksimal qilishni kо‘zlaydi;
iste’molchilar ayirboshlashdan olinadigan foydaning maksimal bо‘lishini maqsad qilib qо‘ygan;
■ tijorat hamkorlari korporatsiya bilan shartnomalarni amalga oshirishdan operatsion foydani maksimallashtirishga harakat qiladi;
■ moliyaviy vositachilar va moliyaviy resurslar ta’minotchilari individual maqsadlar sifatida aylanmaning о‘sishi, kredit imkoniyatlari va boshqalar uchun korporatsiyaning moliyaviy vositalariga ega bо‘lish imkoniyatlarini olishni kо‘zlaydi;
■ obligatsiyalar egalari obligatsiyalarga foiz tо‘lovlari va obligatsiyalar kurs qiymatining maksimal bо‘lishini maqsad qilib qо‘ygan;
davlat tartibga solish organlari korporatsiyadan olinadigan soliq yig‘imlarini oshirishga intiladi;
mahalliy hamjamiyatlar korporatsiya resurslari yordamida, biznesning ijtimoiy javobgarlik dasturlaridan foydalanish yordamida ijtimoiy vazifalarni hal qilishga intiladi;
3) Boshqaruv nazariyasining mohiyati shundaki, yollanma menejmentli korporatsiya ustidan hokimlik aksiyadorlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan direktorlar vositasida amalga oshirilishi mumkin.
4) Korporativ munosabatlarni tashkil qilishning umumiy tamoyillaridan tashqari, har bir korporativ birlashmada korporatsiyaning tashkiliy tarkibi, xarid qilingan mulk xususiyati va boshqalar bilan asoslanadigan ma’lum bir о‘ziga xosliklar vujudga kelishi mumkin. Korporativ birlashmalarning eng keng tarqalgan shakllarini kо‘rib chiqamiz.
AssotsiatsiY. Birlashmaga a’zo bо‘lib kirganlarning mustaqilligini saqlab qolgan holda birgalikda hamkorlik qilish maqsadida jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning kо‘ngilli birlashuvi.
Konsorsium. Korporatsiyalar, banklar va boshqa tashkilotlarning umumiy kelishuv asosida kapital sig‘imi katta bо‘lgan loyihani amalga oshirish yoki birgalikda zayom joylashtirish uchun (buyurtmachilar oldida birgalikda javobgar bо‘ladi) vaqtinchalik birlashuvi.
Konsern. Manfaatlar umumiyligi, shartnomalar, kapital, qо‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq korxonalar yirik birlashuvi (kо‘pincha bunday guruh bu korporatsiyalar aksiyalariga egalik qiluvchi xolding atrofida birlashadi).
Sindikat. Bir xil mahsulot chiqaruvchi korxonalarning maxsulotni umumiy savdo tarmog‘i orqali jamoaviy sotishni tashkil qilish maqsadida birlashuvi.
Moliya sanoat guruhlari (MSG). Belgilangan tartibda mos keluvchi idoralarda rо‘yxatga olingan yuridik jihatdan mustaqil, moddiy resurslari va kapitallarini umumiy iqtisodiy maqsadga erishish uchun birlashtirgan korxonalar, moliyaviy va investitsiya institutlari guruhi. MSGda markaziy (bosh) korporatsiya ixtisoslashgan tashkilot – “boshqaruvchi kompaniya” ham, guruhga kiruvchi ishlab chiqarish korxonasi yoki birlashma, bank, moliya yoki sug‘urta kompaniyasi ham bо‘lishi mumkin.
Xolding. Aksiyalar nazorat paketiga ega, ularning operatsiyalari ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida boshqa kompaniya va korxonalar faoliyatini boshqaradigan yoki nazorat qiladigan aksiyadorlik kompaniyasi. Xolding kompaniyasi о‘zining ishlab chiqarish salohiyatiga ega bо‘lmasligi va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligi mumkin.



Download 52.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling