2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28


2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari 
Reja 
Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi 
Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari 
Korxonalarning ichki va tashqi muhiti. 
TAYaNCH SO‘ZLAR 
Korxona 
Tadbirkorlik 
Raqobat 
Xo‘jalik mexanizmi
Tadbirkor 
Biznes 
Korxonalar yiriklashuvi
Mahsuliyati cheklangan jamiyat – bu 
nizom sarmoyasi ma’lum tahsis 
hujjatlariga
Ishlab chiqarish
Mehnat predmeti
Korxona umumiy tuzilishi
Kombinatsiyalash 
Kooperatsiyalash 
2.Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi 
Insoniyat hayotining va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan 
bog’liqligi. Inson nimaiki qilmasa, qanday ishga qo‘l o‘rmasa, o‘z maqsadiga 
erishish yo‘lida chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi. 
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o‘zining birlamchi ehtiyojini 
(oziq-ovqat, uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, 
o‘rmonlarni kesish, bino qurish, chorvachilik bilan shug’ullanish, kiyim-kechak 
tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug’ullangan. Ushbular bilan bir 
qatorda insonning ijtimoiy, mahnaviy, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. 
Ularni qondirish uchun ham inson moddiy va mahnaviy resurslarga duch keladi. 
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z taraqqiyotining qandaydir tarixiy 
bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o‘z 
faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan 
foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan. 


Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, 
saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanadi. 
SHunday qilib korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan 
jamiyatning birlamchi va asosiy bo‘g’inidir. 
Zamonaviy korxona – murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida sanoat korxonalarini tashkil etishning uchta asosiy yo‘nalishda amalga 
oshadi: 
ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish (IITE); 
mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE); 
boshqaruvni ilmiy tashkil etish (BITE). 
Ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etishdan maqsad korxonalarda munosib texnik-
texnologik tizim yaratishdir. Bu ishlab chiqarish jixozlari va texnologiyaning 
ishonchli va samarali ishlab turishi, xodimlarning o‘zaro texnik-tashkiliy 
aloqalarini tartibga solishligini asos qilib oladi. 
Mehnatni ilmiy tashkil etishning (MITE) vazifasi - xizmatchilar jamoasida sog’ 
lom rasmiy munosabatlarni barpo qilishdir. U, yuqori mahsuldorlikka samarali va 
ijodiy mehnat uchun sharoit yaratish bo‘yicha o‘lchovlar tizimini o‘z ichiga oladi. 
Ammo, Mehnatni ilmiy tashkil etishning imkoniyatlari korxonaning texnik-
texnologik holati, uning iqtisodiy va moliyaviy holatlari bilan cheklangan. 
Boshqaruvni ilmiy tashkil etish – korxonaning moddiy va insoniy tuzilmasiga 
maqsadga intilma ta’sirini ta’minlovchi texnik, iqtisodiy va ijobiy vositalar 
tizimidir. U, ularning yuqori mahnaviy–texnologik va iqtisodiy samaraga erishish 
maqsadidagi o‘zaro ta’siriga ko‘maklashadi. 
Har qanday tadbirkorlik faoliyati – bu odamlar o‘rtasida o‘zaro aloqani tashkil 
etish asosida amalga oshiriladi. U qancha puxta bo‘lsa va mohirona tartibga 
solinsa, iqtisodiy manfaatga, qilingan harajatlarni foydali to‘ldirmoqqa ishonch 
shuncha katta bo‘ladi. 
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish1 ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo‘linadi. 
Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloqxo‘jaligi, transport, aloqa, savdo, har 
xil xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni 
birlashmalarini o‘z ichiga oladi. 
Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo‘lish mumkin. 


Birinchisi - o‘z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, daryolar, 
dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab 
chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar. 
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloqxo‘jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, 
okeanlar, o‘rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. 
Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, savdo-sotiq, tijorat, ta’minot 
kabilar). 
To‘rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqa 
aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iboratdir. 
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular hududlarda 
tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo‘jalik aloqalari orqali 
tig’iz bog’liq, umumiy qonun qoidaga buysinuvchi yagona tizimdir. SHu sababli 
uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi. 
Milliy iqtisodiyotni asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur 
bo‘lgan moddiy, ijtimoiy, mahnaviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar, 
tarmoqlar va sohalarni tarkibini, mazmunini, masshtabini, rivojlanish darajasini 
belgilaydi. Ulardan tarmoq va xududiy birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, 
viloyatlar tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasining maydoni 447,4 kv. km., aholisi 24,82 mln. (2001 yil 
1 yanvarga), hududiy tarkibi 12 ta viloyatdan va +oraqalpog’iston 
Respublikasidan iboratdir. 
Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to‘g’risida so‘z yuritilganda, bu 
masalaga bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya’ni korxonaning maqsadi o‘z 
faoliyatidan foyda (daromad) olish deb tahkidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - 
“Korxona - foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va 
xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt” deb 
tahriflaydi va “shakllari ko‘pligiga qaramay korxonalar foyda olish maqsadi orqali 
bir xil tus oladi” deb takidlaydi1. Aslida korxona o‘z mahsulotlariga bo‘lgan 
talabni qanchalik to‘la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. SHu 
borada Amerika avtomobil qurilishini hamda “Amaliyot falsafasini” yaratgan 
“fordizm” nazariyasini asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o‘rinli deb 
hisoblaymiz. G.Ford o‘zining tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat 
qilishda deb tushungan va “Faqat foyda olish uchun qilinadigan ish - eng yuqori 
darajadagi xavf-xatarli faoliyatdir. 
...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha iste’mol 
uchun ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat 


qilinmayotganligini sezib qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi”2 deb 
tahkidlagan. (Tarjima darslik avtorlariniki.) 
Taniqli tadbirkor “Bin” firmasini boshlig’i L.P.Bin firmaning memorandumida, 
hamma ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo‘lgan, quyidagi tezisni yozdirib, 
unga rioya qilishni qattiq nazorat qilgan: “Iste’molchi - bizni shoximiz: Biz 
iste’molchidan bog’liqmiz, iste’molchi bizdan emas. Hech kim, hech qachon o‘z 
iste’molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan. Iste’molchi - bu bizga o‘z 
talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o‘zimiz uchun, hamda ular 
uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat”. 
Nemis olimlari F.K.Bea, E.Dixtla, M.SHvaytasralar “Ekonomika predpriyatiya” 
(izdatelsskiy dom “INFRA-M”, 1999.) darsligida korxona faoliyatining samarasi 
o‘z taklifi orqali talabni to‘la qondirishga bog’liq degan fikrni olg’a surishgan. 
Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo‘nalishdan iborat 
ekanligini tahkidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat 
yuritishligi bo‘lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. CHunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. 
Korxonaning maqsadi X – darajadagi foyda yoki daromad olish 
Y - darajadagi talab yoki ehtiyojni qondirish 
shbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga 
oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni 
kiritish mumkin. Talabga va standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda 
ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga oshirish uchun 
texnik maqsadlar qo‘yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni yaratish va 
tayyorlash, ularning sifat ko‘rsatkichlarini standartga moslash, ishlab chiqarish 
potentsialini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi. 
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, 
korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo‘yiladi. 
Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko‘rinishdagi ofatlarni 
(yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik 
maqsadlar amalga oshiriladi. 
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni 
bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko‘rsatib o‘tamiz. Boshqaruv 
vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo‘jalik aloqalar, 
davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik ta’minot, ishchi 
kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazolar. 


Bu vazifalarni ayrimlarining mazmuni, yechimlari ushbu darslikning keyingi 
boblarida yoritiladi, ayrimlariga javobni tegishli fanlar o‘rganadi va boshqa 
adabiyotlardan topish mumkin. 
Korxona faoliyatida ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish takror ishlab chiqarish 
va muomala jarayonlari ro‘y beradi. Ishlab chiqarish doirasi ishlab chiqarishga 
tayyorgarlik ko‘rish va mahsulot ishlab chiqishdan iborat. Takror ishlab chiqarish 
esa ishchi kuchini jalb etish va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish 
vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Muomala 
doirasida korxona uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari harid qilinadi va 
tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar sotiladi. 
Korxonalarni tasniflash 
Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, 
shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq xo‘jaligining 
boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq 
bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish 
masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, 
degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin 
bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan 
isbotlab berilgan. 
Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish 
masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo‘lgan guruhlarini aniqlash 
maqsadida ularni tasniflashning maqbo‘lligini izohlash mumikn. 
Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; 
hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish 
darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni 
tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-
huquqiy shakllarini prog’nozlashtirishga bog’liq bo‘ladi. 
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug’urta va hokazo) sohalariga 
mansub bo‘lishi mumkin. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra, korxonalar sanoat, 
qishloqxo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi. 
Texnologik umumiyligiga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va 
diskret ravishda, kimyoviy yoki Mexanik jarayonlarning utsunligi asosida 
yurituvchilarga bo‘linadi. 


Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga 
bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar. 
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va 
qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. 
Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra, korxonalar mavsumiy va yil buyi faoliyat 
yurituvchilarga bo‘linadi. 
Hajmiga ko‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgutsdagi «O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va 
o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi 
Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab 
chiqarish tarmog’ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan hamda 
xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari 
soni 10 kishigacha bo‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish 
sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. 
Kichik korxona hisoblanadi: 
engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta 
ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, 
qishloqxo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha 
ishlaydigan; 
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug’urta 
kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab 
chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.
Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash 
korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi 
cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar 
qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar 
tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni 
tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab 
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari utsuvor turuvchi 
korxonalarga bo‘linishi mumkin. 


Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra, 
korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, 
qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi. 
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va 
chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo‘shma, ijara, 
hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo 
bo‘lishiga olib keldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Kontsitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining 
boshqa ko‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza 
qilinishi belgilab qo‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy 
tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan. 
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda 
tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, 
kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga ahzo bo‘lish usullari va 
olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va 
mazmuniga bog’liq bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik 
yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. 
Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) 
turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk tavsifi 
yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi. 
Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir subhekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, bular 
bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, 
jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini amalga 
oshirishga ko‘maklashadi. 
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko‘rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy 
mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo‘ladilar. Masalan, ochiq 
turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik 
qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o‘z 
aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar. 
Xo‘jalik o‘rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan 
bo‘lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib 
berilgan. 
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular ishonch 
asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil qilinishi 
mumkin. 


Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik 
faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan 
o‘rtoqliklar - to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi. 
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro 
xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida 
paydo bo‘ladi. 
Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mashuliyati 
cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan tahsis etilib, 
Nizom jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va tahsis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan 
ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi. 
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar 
bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar 
ko‘rishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari 
mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Nizom jamg’armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati 
hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati ahzolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha 
javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aktsiyalar qiymati doirasida 
zarar ko‘rishlari mumkin. 
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - 
aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun 
javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik 
kapitalining hajmi va ahzolar sonini osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi 
Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo‘jalik faoliyatini 
boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. 
Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini 
jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil 
qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya 
hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy 
ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. 
Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo‘jalik asotsiatsiyasi kabi 
tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu 
tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 
Kontsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma 
faoliyatda ishtirok etish bilan bog’liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks 
ettiradi. 


Konsortsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik 
kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag’ni birgalikda 
joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. 
Konsortsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik 
yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga 
kiruvchi subhektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. 
Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish 
maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy subhekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi 
shaxslar yig’indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aktsiyadorlik (hissadorlik) 
jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. 
Korxonalarning kontsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va 
moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni 
sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib 
faoliyat yuritadi. 
Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda 
kooperatsiya asosida birlashadilar. 
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga 
kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, 
yagona reja asosida faoliyat yuritadi. 
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va 
muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor 
ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini 
ifodalaydi. 
Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni 
ko‘zlaydi: 
resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish; 
kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mutsahkamlash; 
mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi; 
ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish; 
ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida narx va 
sotish bo‘yicha yagona siyosat yuritish. 
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos 
holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi. 


Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichik, va yirik korxonalarga turlanadi. 
O‘zbekistonda kichik korxonalarga chakana savdo va maishiy xizmatda - 30 
kishigacha, ulgurji savdoda - 50, ilmiy-texnik sohada va qishloq xo‘jaligida - 60, 
ishlab chiqarish qurilish va transportda - 100 kishigacha ishlaydigan korxonalar 
kiritiladi. 
Ukrainada kichik korxonalarga chakana savdoda - 12 kishigacha, noishlab 
chiqarish sohasida - 25, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish sohasida - 100, sanoat va 
qurilishda - 200 va boshqa ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishigacha. 
2. Xo‘jalik yuritish shakllariga qarab korxonalar aktsioner (ochiq, yopiq) 
korxonalar, shirkat (kooperativ), ijara korxonalariga tasniflanadi. 
3. Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuviga qarab, ixtisoslashgan, 
universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. 
4. Korxonalar ishlab chiqarish mahsuloti yoki xizmat turlariga qarab juda keng 
tasnifga egadir. Masalan: aviatsiya zavodi, tekitsel fabrikasi, konditer zavodi, 
avtokorxona, tijorat banki, mehmonxona, savdo uyi, shifoxona, universitet, 
maktab, machit va hokazolar. Ayni ushbu turlariga qarab aksariyat korxonalarga 
nomlar qo‘yiladi. 
Iqtisodiy islohotlar jarayonida vujudga kelgan korxonalarni mustaqilligini 
mutsahkamlash, ya’ni iqtisodiy munosabatlarga moslashuvchanligini ta’minlash 
uchun mahsus tashkiliy tarkibga ega bo‘lgan birlashmalar tashkil qilish ehtiyojini 
to‘g’diradi. Bularga kontsern, korporatsiya, assotsiatsiya, xolding kompaniyasi, 
moliya-sanoat guruhi, agrofirma kabilar kiradi. 
Bunday birlashmalar respublikada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularga qisqacha 
tasnif berib o‘tamiz. 
Kontsernlar.
Kontsern - yirik birlashmalar va korxonalarni to‘la boshqarish huquqi bilan 
shartnoma asosida birlashtirgan tashkiliy-tarkibiy shakl. 
Kontsern yirik masshtabdagi ishlab chiqarish, kooperatsiyalash va 
kombinatsiyalash imkoniyatlariga egadir. Kontsern korxonalarni xo‘jalikni to‘la 
boshqarish huquqlari asosida birlashtiradi. O‘z tarkibiga kirgan korxonalarga 
yuqori idora vazifasini bajaradi. 
Kontsern yuridik shaxs hisoblanadi, uni vazifa va funktsiyalarini bajaradi. 
Kontsernlar asosan korxonalarni hududiy belgilari bo‘yicha birlashtiradi. 
Tashkiliy-tarkib nuqtai nazardan hissadorlik jamiyatlariga yaqin bo‘lib, u turli 
mulkchilik shakllaridagi hissadorlik kompaniyalarni va korxonalarni 
birlashmasidir. 


Kapitalni, ishlab chiqarish quvvatini kontsentratsiyalash, ishlab chiqarishni 
diversifikatsiya qilish imkoniyatlari bilan o‘zgaruvchan bozor konhyukturasiga 
turg’unligini ta’minlaydi, investitsion resurslardan samarali foydalanishni tashkil 
qila oladi. 
Korporatsiyalar (assotsiatsiyalar). 
Korporatsiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar birlashmasi ko‘rinishidagi 
tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli 
Korporatsiya chiqarilgan aktsiyalar qiymati bilan cheklangan majburiyatlar 
bo‘yicha mashuliyatli bo‘ladi, o‘z nomidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish, shartnomalar tuzish, qarz olish yoki berish va boshqa huquqiy shaxs 
harakatlarini amalga oshiradi. 
Korporatsiya faoliyatini ta’minlash uchun korporatsiya muassasalarining pul 
badallari hisobidan nizomiy jamg’arma tashkil etadi, aktsiyalar va boshqa 
qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va sotish orqali nizomiy jamg’armani 
ko‘paytirib borish huquqiga ega. 
Korporatsiya respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar hamda xususiy shaxslar 
bilan har turli bitishuvlar va boshqa huquqiy hatti-harakatlarni amalga oshiradi. 
Assotsiatsiyalar ham kontsernlarning vazifasiga o‘xshash vazifalarni bajaradi. 
Lekin, ular korporatsiyadan farqli ravishda xo‘jalik yurituvchi subhektlarning 
ixtiyoriy birlashmalari bo‘lishi mumkin. Bu subhektlar birlashib, o‘z huquqlari va 
vazifalarining bir qismini ijroiya idoralariga topshiradilar hamda uni saqlash uchun 
zarur mablag’lar ajratadilar. 
Assotsiatsiyalar foyda olishini o‘ziga maqsad qilib qo‘ymagan jamoat tashkilotlari 
tariqasida bo‘lishi mumkin. Bu holda u, o‘z ahzolarining manfaatlarini huquqiy 
jihatdan muhofaza qilish, davlat va qonunchilik idoralarida ularning manfaatlarini 
ifodalash, ularga maslahat xizmatlarini tashkil qilish, faoliyatiga yo‘l-yo‘riqlar 
ko‘rsatish kabi vazifalarni bajaradi. 
Xolding kompaniyasi.
Xolding kompaniya - o‘zaro kooperatsiyalanish faoliyatini rivojlantirish maqsadi, 
korxonalar mablag’larini ko‘ngilli ravishda birlashtirish natijasida tuzilgan 
tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakl. 
Xoldinglar huquqiy shaxs hisoblanadi. 
Xolding kompaniyasi korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi o‘sishini, moddiy, moliya, mehnat va boshqa 
resurslardan samarali foydalanishni, ularning rivojlanishi uchun mavjud 
imkoniyatlardan to‘la foydalanishni ta’minlaydi. 


Xolding kompaniyalarining faoliyati “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar 
huquqini himoya qilish to‘g’risida”gi qonun va “Xolding haqida Nizom”, shuning 
monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga asosan yuritiladi. 
Xolding boshqa aktsiyadorlik jamiyatlarni vujudga keltiruvchi yoki boshqa 
aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining paketiga egalik qiluvchi muassasalar 
shakliga kiradi. 
Taraqqiy topgan chet el davlatlarida sarmoya bozori keng rivojlanganligi tufayli 
o‘zga jamiyatlarning aktsiyalarini tasarruf etish har qanday korxona uchun 
odatdagi hol. SHuning uchun aktivlari asosan boshqa jamiyatlarning aktsiyalaridan 
iborat bo‘lgan jamiyatlar xolding kompaniyalari deb yuritiladi. Xolding 
kompaniyalari faoliyati aktsiyalar majmuasini boshqarish, birja operatsiyalaridan 
tushadigan dividentlar va daromadlarni to‘plash, hamda aktsiyador jamiyatlari 
faoliyatini nazorat qilish, ularni boshqaruv organlariga o‘z kadrlarini tayinlash kabi 
vakolatlarga egadir. 
Xolding kompaniyalarini tashkil etish sarmoya va ilmiy-texnik resurslarni 
integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni 
yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Kapitalining 50 foizidan ko‘prog’ini boshqa emitentlarning qimmatbaho qog’ozlari 
va bo‘lak moliyaviy aktivlar tashkil etuvchi xoldinglar moliyaviy xolding 
hisoblanadi. Uning aktivlari tarkibiga faqat qimmatbaho qog’ozlar va boshqa 
moliyaviy aktivlar, shuningdek boshqaruv apparati yuritishni ta’minlash uchun 
bevosita kerakli mol-mulk kirishi mumkin. 
Moliyaviy xolding sho‘hba korxonalarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga 
aralashish huquqiga ega emas. 
Moliya-sanoat guruhlari. 
Moliya - sanoat guruhi - kredit-moliya va investitsiya muassasalari, korxonalar va 
tashkilotlarning ishlab chiqarishni xalqaro ko‘lamda ixtisoslashtirish va 
kooperatsiyalashni chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida 
mablag’larini birlashtirib tashkil qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilma. 
Mulkchilik shaklidan qathiy nazar, har qanday tashkiliy-huquqiy turdagi 
korxonalar, shuningdek kredit-moliya, investitsiya va boshqa muassasalari, 
nodavlat pensiya jamg’armalari va boshqa jamg’armalar, sug’urta tashkilotlari, shu 
jumladan xorijiy tashkilotlar moliya-sanoat guruhining ishtirokchilari bo‘la 
oladilar.
Moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tuzilishi va tugatilishi 
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar 
to‘g’risida”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g’risida”, “Aktsiyadorlik 


jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoyasi to‘g’risida”gi qonunlari, “Moliya-
sanoat guruhlari haqidagi Nizom” va O‘zbekiston Respublikasining boshqa 
qonunlari bilan tartibga solinadi. 
Moliya-sanoat guruhlari quyidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega: 
- ishtirokchilar resurslarini birlashtirish, xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish va shu asosda 
yangi umumiqtisodiy makonni yaratish; 
- investitsiya resurslarini jalb etish, ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy darajasini, 
mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish; 
- investitsiya resurslarini fan yechimlarini ko‘p talab qiluvchi tarmoqlarga, 
transport, telekomunikatsiya va foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘naltirish; 
- o‘z tarkibida korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi huquqiy jihatdan mustaqil tuzilma 
bo‘g’inlari vakolatli bank, savdo uyi, ta’minot-sotish tashkiloti, marketing bo‘yicha 
bo‘linmalar va hokazolarni tashkil etish; 
- iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta qurilishiga ko‘maklashish va boshqalar. 
Ishtirokchilari orasida O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan huquqiy 
shaxslarga ega bo‘lgan moliya-sanoat guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi. 
Davlatlararo moliya-sanoat guruhining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi 
hukumatlararo tuzilgan bitimlar bilan belgilanadi. 
Agrofirmalar. 
Tuman qishloq xo‘jalik majmuining rivojlanishini ta’minlash maqsadida, paxtakor 
va boshqa xo‘jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda xizmat ko‘rsatuvchi 
korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan 
tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organ. 
Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
- davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetkazib berish; 
- qishloqxo‘jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos 
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash; 
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, 
moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish; 
- xo‘jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish; 
- marketingni tashkil etish, bozor holatini (konyukturasini) o‘rganish va xo‘jaliklar, 
korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda ko‘maklashish, 
hamda o‘z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni. 


Ishlab chiqarish – bu jamiyat yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy 
nehmatlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. U quyidagi uch jihatni ko‘zda tutadigan 
mehnat faoliyati ishlab chiqarish mazmunini belgilaydi: 
1. Maqsadga yo‘naltirilgan ish yoki mehnat. 
2. Mehnat buyumlari, ya’ni insonning maqsadga muvofiq faoliyati yo‘naltirgan 
har bir predmet. 
3. Mehnat vositalari (qurollari) – inson, mehnat buyumlarini o‘z ehtiyojlarini 
qondirishga moslashtirib o‘zgartirishiga yordam beruvchi mashinalar, jihozlar, 
asbob-uskunalar Sanoat korxonalarini ishlab chiqarishini tashkil etishning quyidagi 
shakllari mavjud. 
1. Korxonalarni yiriklashuvi. 
Korxonalar yiriklashuvi – yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi 
hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning o‘sishi orqali aniqlanadi. 
Ishlab chiqarishning o‘ta yiriklashuvi ham o‘z vaqtida ko‘tilgan natijani bermasligi 
mumkin. SHuning uchun sanoatning har bir tarmog’ idagi korxonalar ishlab 
chiqarish hajmi, xomashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo‘yicha 
optimal miqdorni belgilab oladi. 
Ishlab chiqarishning optimal miqdori – belgilangan muddatda kam harajat qilgan 
holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi. 
1.2.Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari 
Korxona faoliyatini amalga oshirishda tahsis xujjatlarini o‘rni muhim hisoblanadi. 
Tahsis hujatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish 
jarayonidagi zarur bosqichlardan biri hisoblanadi. Tahsis hujatlari faoliyat 
yurituvchi korxonani huquq majburiyatlarini ifodalaydi. 
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil tahsis hujjatlari
belgilab berilgan. 
Korxona Nizomi 
Ta’sis shartnomasi
Amaliyotda korxona Nizom yoki ta’sis shartnomasi asosida va bir vaqtning o‘zida 
Nizom ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritishi mumkin. Korxona Nizomi 
ta’sischi tamonidan tasdiqlanadi, ta’sis shartnomasi esa ta’sischilari tamonidan 
tuziladi. 


Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
Korxona nomi, joylashgan o‘rni, faoliyat mazmuni va maqsadi; 
Boshqaruv va nazorat organlari; 
Mulkni tashkil etish va taqsimlash tartibi; 
Faoliyat turini o‘zgartirish va tugatilish shartlari. 
Nizomga faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi va qonunda 
taqiqlanmagan faoliyat turlari kiritilishi mumkin. 
Korxona to‘g’ri va to‘liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat idoralari 
tamonidan ro‘yhatga olinadi, keyin esa o‘z muhriga ega bo‘lish va bankda hisob 
raqamini ochish huquqini qo‘lga kiritadi. 
Ta’sis shartnomasi korxonani tashkil qilinishi va yakka tarzda hamkorlikdagi 
faoliyatini boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. SHu bilan birga korxona Nizomini 
to‘ldiruvchi hujjat hisoblanadi. Tahsis shartnomasida korxonani tashkil etish
tartibi, daromad va harajatlarni qatnashchilar o‘rtasida taqsimlash shartlari, 
ishrokchilarni korxona tarkibidan chiqish faoliyat tartibi belgilab qo‘yiladi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish «Nizom va Tahsis »
shartnomasining muhim qismi hisoblanadi. 
«Korxonalar to‘g’risidagi» qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini 
shakllantirishning manbalari hisoblanadi. 
Tahsichilarning pul va moddiy ko‘rinishdagi pul buyumlari; 
mahsulot sotishdan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlar; 
qimmatbaho qog’ ozlardan olingan daromadlar; 
banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
byudjetdan olingan mablag’ ar; 
korxona va tashkilotlar, fuqoralarni xayriya badallari (meros, sovg’ a); 
Davlat korxonalarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi.
Korxonalarning asosiy fondlari, aylanma mablag’ lari va boshqa tovar moddiy 
boyliklari uni shaxsiy mulki hisoblanadi va korxona balansida aks ettiriladi. 
Korxona o‘z mulkidan qonun doirasida o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida 
erkin foydalanish huquqiga egadir. 
Korxona o‘ziga tegishli mulkni boshqa korxona va tashkilotlarga berishi, sotishi, 
almashtirishi, ijaraga berishi, vaqtincha bepul foydalanishga topshirishi, 
shuningdek, boshqa korxona balansiga ham o‘tkazib berishi mumkin. 


Korxona tabiiy resurslarga egalik qilishi va foydalanishi uchun belgilangan tartibda 
to‘lov to‘laydilar. 
Yuqoridagi to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazib berishlari majburiydir. Tabiiy 
manbalardan foydalanishda belgilangan norma va qoidalarga amal qilishlari shart, 
aks holda tegishli choralar ko‘rilishi mumkin. Korxona mulki davlat qonunlari 
bilan muhofaza etiladi. 
2.3. Korxonalarning ichki va tashqi muhiti 
Korxona faoliyatiga ichki va tashqi muhitlar ta’sir ko‘rsatadi. Ichki muhit bu 
odamlar, ishlab chiqarish vositalari, axborot va pul mablag’i. Ularning birgalikdagi 
harakati natijasida tayyor mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqariladi. Korxona tayyor 
mahsulot (ish, xizmat)larni sotishda, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini jalb 
etishda va hokazolarda tashqi muhit bilan aloqada bo‘ladi va unga ta’sir ko‘rsatadi. 
Tashqi muhit - bu tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilari, ishlab chiqarish 
vositalarini yetkazib beruvchilar, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat 
organlari va korxona atrofida yashovchi ishchi kuchi. 
Korxonada moddiy omillar birikib mehnat jarayoni yuz beradi, jamiyatning talab-
ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab 
chiqariladi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida korxona o‘z o‘rniga ega, ma’lum sohaga 
ixtisoslashgan bo‘ladi. Unda muayyan texnika-texnologiya jamlanadi va shunga 
muvofiq ish kuchi faoliyat yuritadi (ma’lum kasbiy malaka va mahoratga ega 
bo‘lgan kishilar mehnat qiladi). 
Korxonalar ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport, qurilish, aloqa, 
qishloqxo‘jaligi, savdo, maishiy-xizmat va boshqalarga bo‘linadi. 
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida sanoat korxonalari yetakchi o‘rinlardan birini 
egallaydi. Yalpi ichki mahsulotning 20-25 foizi aynan sanoat tarmog’ida yaratiladi. 
Sanoat korxonalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviy 
texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa 
sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga 
bog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining 
kuchayishida muhim omil hisoblanadi. 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli 
buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat 
qiladi. 


Sanoat, xususan og’ir indutsriya xalq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning asosi 
hisoblanadi. U beto‘xtov o‘zi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari uchun ishlab 
chiqarish vositalarini takror ishlab chiqaradi. Og’ir indutsriya sanoatining barcha 
tarmoqlarini, qishloqxo‘jaligini, aloqani, qurilishni, savdoni ilg’or texnikalar bilan 
qurollantiradi. Sanoatning barcha xalq xo‘jaligi tarmoqlarini texnik jihozlashi 
ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga va ishlab chiqarish masshtabini 
kengaytirishga xizmat qiladi. 
Sanoat qishloqxo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning asosi hisoblanadi. U 
qishloqxo‘jaligini yangi texnika vositalari bilan ta’minlash orqali sohadagi 
mehnatni sanoatlashtirilgan (indutsriyalashtirilgan) ko‘rinishga olib keladi. 
Sanoat qishloqxo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydi va xalq iste’moli 
tovarlarining asosiy qismini ishlab chiqadi. Aholining iste’mol tovarlari bilan 
ta’minlanish darajasi ko‘pincha sanoatning rivojlanishiga bog’liqdir. 
Sanoatning rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining oqilona joylashtirilishiga, 
mamlakat iqtisodiy hududlarining har tamonlama yuksalishiga, tabiiy boyliklardan 
maqsadli foydalanishga yordam beradi. 
Sanoat, shuningdek, mamlakat mudofaa qobiliyatini mutsahkamlashning asosi 
hisoblanadi, chunki u zamonaviy harbiy texnika turlarini va vositalarini ishlab 
chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasi idutsriyasi tarkibida kuchli, ayrim hollarda esa noyob, 
og’ir, yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mavjud. Ular bir qancha avlodlar 
mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish kuch-qudrati hisoblanadi va 
mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qilmoqda. 
Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilardir: 
- bozorni har tamonlama o‘rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga 
bo‘lgan va kelajakda paydo bo‘ladigan talabni aniqlash va o‘z istiqbolini belgilash; 
- mahsulotlarni reklama qilish, o‘rash, turli texnik xizmatlar ko‘rsatishni tashkil 
etish; 
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai 
nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish; 
- iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qilish; 
- ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va moliyalashtirish; 
- mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; 
- korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar. 


Qayd etilgan asosiy yo‘nalishlar korxonalarda bir qancha masalalarning hal 
etilishini talab qiladi. Jumladan: 
- korxona egalarining daromad olishini; 
- iste’molchilar talabini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini; 
- xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash; 
- korxona atrofida yashovchi aholi uchun ish joylari bilan ta’minlanishini; 
- atrof muhitni himoya etilishini; 
- ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlanishini; 
- ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini takomillashtirilishini va h.k. 
Bu masalalarni hal etish uchun korxonalar bir qancha vazifalarni bjarishi kerak 
bo‘ladi: 
- ishlab chiqarish va shaxsiy iste’moli uchun mahsulotlar tayyorlash; 
- iste’molchilarga mahsulotlarni sotish va yetkazib berish; 
- mahsulotlar sotilganidan keyingi davrlarda ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish; 
- ishlab chiqarishni moddiy va texnik jihatdan ta’minlash; 
- xodimlar mehnatini tashkil etish va boshqarish; 
- moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish; 
- amaldagi standartlar, me’yorlar va qonunchilikga rioya etish. 
SHuni tahkidlash lozimki, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subhekt sifatida, korxona 
nimani, qancha, qanday usullar bilan ishlab chiqarish, uni kimga, qaerda, qanchaga 
sotishni, olingan pul tushumlarini qaysi maqsad yo‘lida ishlatishni o‘zi hal qiladi. 
U bozorga qarab ish tutadi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy muhitga tez 
moslashib, doimo manevr qilishga - mahsulot turlarini yangilash, sifatini oshirish, 
faol reklama siyosatini olib borish, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, 
investitsiya va innovatsiya bilan shug’ullanish kabilarga undaydi. 
Jamiyatda uchta asosiy iqtisodiy subhektlar tovar-pul munosabatlariga asosan 
aloqa qilib turadi. Bular davlat, korxona va uy (oila) xo‘jaligidir. 
Bularning munosabatlari ikki tomonlama harakterga ega bo‘ladi. Davlat bilan 
bozor subhektlarining munosabatlari asosan qonunlar, qonuniy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi, lekin xo‘jalik aloqalari (oldi-sotdi) shartnomalar, kelishuvlar, 
davlat buyurtmalari, kontraktlar, davlat subsidiyalari orqali amalga oshiriladi. 
Bozor subhektlari (korxona, uy xo‘jaligi)ning aloqalari, munosabatlari 
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 


Xo‘jalik faoliyati bilan, xo‘jalik ishlari bilan har bir shaxs, fuqaro qadimdan 
shug’ullanib kelgan. Ular o‘z o‘zini ta’minlash masalasini hal qilish bilan 
shug’ullanishadi. Bunday xo‘jalik yuritish shakliga uy (oila) xo‘jaligi deb yuritiladi 
va u jamiyatning birlamchi, boshlang’ich bo‘g’inidir. Ularning belgilariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 1. shaxsiy ehtiyojni qondirish, ular ishlab chiqargan 
narsasini o‘zi yoki oilasi iste’mol qiladi, ular ishlab chiqaruvchi va iste’molchi 
hisoblanadilar. Hozirgi zamonda uy (oila) xo‘jaliklari ortiqcha mahsulotlarini 
sotish uchun bozorga ham chiqaradi. Bunday hollarda oila xo‘jalik faoliyatidan 
qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalaniladi va ular qisman jamiyatni, 
boshqalarni ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan hisoblanadi. Bunday holda
uy xo‘jaligining mahsuloti tovar shakliga aylanadi; 
2. Ular faoliyatida shaxsiy mulkidan foydalanadi (ayrim hollarda kredit yoki 
ssudalardan foydalanishi ehtimoldan holi emas); 
3. O‘z ish kuchini ishlatishadi, yollanma ishchi kuchidan foydalanilmaydi; 
4. Faoliyatida ishlatiladigan barcha resurslardan samarali foydalanishga va ko‘proq 
mahsulot ishlab chiqishga intilishadi; 
5. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi, ularga hokimiyatdan ruxsatnoma olish 
shart emas; 
6. Faoliyat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qiladi; va nihoyat, ular o‘z 
tavakkalchiligi asosida ish yuritadi. 
Jamiyatning asosiy bo‘g’inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat uchun 
amalga oshiruvchi, o‘z xo‘jalik faoliyatini o‘z ehtiyojini (talabi) uchun emas, 
tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo‘naltiruvchi korxonalar tashkil 
qiladi. 
Bunday hollarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy, ommaviy harakter olib, ular nafaqat 
o‘zi yoki oilasi uchun, balki boshqalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni ko‘zlab 
ishladilar. SHuning uchun ham korxona tahrifini yoritish uchun, uning mazmuniga 
har tamonlama yondashish zarur. Korxona iqtisodiyotiga bag’ishlangan 
adabiyotlarda bu masalaga yaxlit yondashuv mavjud bo‘lib, uning mazmuniga 
tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy nuqtai nazardan, hamda korxonaning jamiyatda tutgan 
o‘rni, mavqeiga qarab yondashish tavsiya qilinadi. 
Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida 
tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, 
bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga 
ega bo‘lgan funktsiyasini bajarishdir. SHunday qilib korxona xo‘jalik subhekti 
bo‘lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan 
kelib chiqadi. 


Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha masalalar 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o‘z harakatlariga javobgar 
hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo‘jalik sub’ekti 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Nihoyat korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo‘lib, u albatta 
huquqiy shaxs bo‘lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga “O‘zbekiston 
Respublikasidagi korxonalar to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 
birinchi moddasida quyidagicha tahrif berilgan: “Huquqiy shaxs huquqiga ega 
bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga 
qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va 
sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat 
ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi 
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subhekt korxona hisoblanadi”. 
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lish uchun quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun
birinchidan, mol-mulkiga ega bo‘lishi; 
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish; 
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish; 
to‘rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish; 
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo‘lishi mumkinligi; 
oltinchidan, mustaqil xo‘jalik balansiga ega bo‘lish. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga quyidagicha tahrif berish nazariy va 
amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. 
Korxona - jamiyatning asosiy bo‘g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish 
va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funktsiyalarni bajarish maqsadida, xususiy 
resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, 
ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati 
bo‘yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega 
bo‘lgan, har xil masshtabdagi xo‘jalik yurituvchi subhektdir. 
Ushbu tahrif maqsadi, faoliyati, shakli, turlari va mulk shaklidan qathiy nazar 
barcha korxonalarga taalluqlidir. 
Xo‘jalik yurituvchi subhekti korxona maqomiga ega bo‘lishi uchun jahonda qabul 
qilingan quyidagi belgilarga javob berishi zarur. Bu belgilar uning tahrifidan kelib 
chiqadi. 


Korxona xo‘jalik yurituvchi subhekt sifatida ishchi kollektivini tashkil qilishni 
aniq tizimiga (sistemasiga), korxonaning tarkibiy tuzilish, boshqarish texnologiyasi 
va tartibiga ega bo‘lishi kerak. SHunday qilib, korxonaning birinchi belgisi uning 
tashkiliy tuzilishi va boshqarilishi. 
Korxona tashkiliy yaxlitligi uning ikkinchi belgisidir.. Tashkiliy yaxlitlik tegishli 
tartibda korxonaning tahsis etuvchi hujjatlarida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. 
Uchinchi belgisi o‘zlik mulkiga ega bo‘lishi. Korxona mol-mulkini o‘z hohishi 
bo‘yicha ishlatishi mumkin. 
To‘rtinchidan korxona o‘z harakati va burchlari oldida moddiy javobgarligi. 
Va nihoyat korxonaning oxirgi belgisi uning o‘z nomiga ega bo‘lishi. Bu belgi 
tashqi qarashda formal ko‘ringan bilan moddiy ahamiyatga egadir. CHunki u o‘z 
nomi bilan bitimlar to‘zadi, tashqi aloqalarni amalga oshiradi, o‘z imdjini asraydi, 
ulug’laydi, sud organlariga talabgor yoki javobgar sifatida chiqadi, faoliyatini 
reklama qiladi va boshqa funktsiyalarini amalga oshiradi. 
Bizning fikrimizcha korxonalarni mulk shakllariga va sohalariga qarab shakllarga 
tasniflanishi mumkin. Korxonaning shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga 
turlanadi. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g’risida” O‘zbekiston 
Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga 
chiqadi: 
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 
- kollektiv (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy mahalla, kooperativ mulk, ijaraga 
olingan korxona mulki, aktsionerlar jamiyati, davlat korxonasi kollektivining, 
jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, kontsern (konsartsium)larning mulki, 
yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; 
- Respublika, Poraqalpog’iston Respublikasi, ma’muriy-territorial tuzilmalar 
(komunal) mulkdan iborat davlat mulki; 
- aralash mulk; 
- qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy 
yuridik shaxslar mulki. 
- oilaviy korxonalar. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Korxona haqida tushuncha. 


2. Korxona faoliyatining maqsadi. 
3. Korxona faoliyatining vazifalarni
4. Korxona faoliyatining belgilari 
5. Korxona faoliyatining funktsiyalari 
6. Ishlab chiqarish va bozor aloqalari. 
7. Raqobat nima va unga ta’sir etuvchi omillar. 
8. Kichik va o‘rta biznes va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi istiqbollari. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling