2-mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loy ishi mashg‘ulotlari.(2soat) Reja: 1. Modellashtirish-badiiy ijodiѐtning aniq shakli. 2. Loy ishida qo‘llaniladigan usullar. 3. Modellashtirish texnikasi. Modellashtirish, yaʼni loy ishi mashg‘ulotlari, bola rivojlanishida kompleks taʼsir etadi: •Shakl, hajm, plastik, rangni idrok etish hissiѐtini, sensor sezuvchanligini rivojlantiradi; •Мayda qo‘l motorikasini, fazoviy taffakurni va tasavvurni rivojlantiradi; •ikkala qo‘l ishini sinxronlashtiradi; •ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijani bashoratlash va unga erishish, kerak bo‘lsa o‘zgartirish kiritish ishlarida ko‘nikma, malakalari shakllanadi Loy ishida qo‘llaniladigan usullar 1. Yumaloqlik – bir bo‘lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi. 2. Shar yasash, so‘ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish. 3. Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qo‘lning holati doimo o‘zgaribturadi. 4. Cho‘zish – sharikning bir qismi cho‘ziladi. 5. Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o‘zaro biriktirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |