2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi Reja
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi
Download 49.06 Kb.
|
2-мавзу-1
2.3.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi.
Maktabgacha ta’lim darajasi xususiyatlari maktabgacha ѐsh davri davomida tashkil topib, bunda doimiy o‘zgarishlar bo‘lib turadi hamda har bir ѐsh bosqichida o‘ziga xos mazmunga ega bo‘ladi. Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi harakatning asosiy turlarini rivojlantirish talab etiladi: - yurish va yugurishning barcha turlarini to‘g‘ri bajarish shart-sharoitiga muvofiq ulardan foydalanish: -sakrash, irg‘itish, tirmashib chiqishning barcha turlarini to‘g‘ri bajarish: - -yumshoq joyda 40 sm gacha balandlikka sakrash: 40 sm balandlikdan yerga yengil tushish: joydan turib 70 sm dan kam bo‘lmagan uzunlikka sakrash, 100 m masofani yugurib o‘tish: yugurib kelib 30 sm balandlikka sakrash: kalta va uzun arg‘amchida turli usullarda sakrash: ichi to‘ldirilgan (og‘irligi 1 kg) koptokni oshirib tashlash: predmetni turli vaziyatlardan turib oshirish: 4-5 m masofadagi vertikal va gorizontal nishonlarga tushurish: - narsalarni o‘ng va chap qo‘l bilan 5-12 m masofaga irg‘itish: narsani harakatlanaѐtgan nishonga irg‘itish: tishi (barmoqlarda o‘yin ko‘rsatish, qo‘l barmoqlari soyasida tomosha ko‘rsatish). - Tashqi muhit o‘zgarishlariga bardoshlilik (kassaliklarga tegishli qarshilik ko‘rsatish, ularning nisbatan yengil va qisqa muddatda asoratlarsiz o‘tish). - Miriqib uyquga ketish va oromli uyqu: - Yaxshi ishtaha (ayrim ovqat turlariga salbiy munosabatlarsiz): - O‘zining jismoniy qiѐfasi va sog‘ligi haqida tasavvurni shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga erishishi (madaniy-gigiyena malakasini rivojlantirish, har kuni ertalab badan tarbiya mashqlarini bajarishga odatlantirish, bu holda boshqa malakalar ahamiyatini tushunish): - Antronometrik ko‘rsatkichlarning (bo‘yi, vazni, boshining doirasi, ko‘krak qafasi) ѐki ko‘rsatkichi standartlariga muvofiq kelishi. Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi tevarak atrofni tushunish bilish shartlari talab qilinadi: - U qayerda yashashini (mamlakat, tuman, qishloq, uy manzili, diqqatga sazovor joylar va boshqalar) bilish: -Zamon va makon haqidagi tasavvurni shakllantirish va ularni tushunish (bir yil, necha oyi, hafta, necha ko‘n, soat necha, chap o‘ng va x.k): - Atrof-muhit, tabiat haqidagi tasavvurga ega bo‘lish (atrofdagi tarqalgan o‘simlik va xayvonlar, qushlar, baliqlar, xasharotlar nomlari, ularning oziqlanishi, haѐti va boshqalar): - Jonli va jonsiz tabiat hodisalarining sabab va oqibatli bog‘lanishlari, o‘zaro mutanosibligini bilish (nega qor ѐg‘adi, qor nima uchun qo‘lda eriydi, qishda o‘simliklar nega bargsiz bo‘ladi): insonning tabiatga ta’siri haqida tasavvurni shakllantirish, bunday ta’sirning natijalari (tabiatga qiziqish va muxabbatni shakllantirish, tabiatning holati unga inson haѐtining manbai sifatida etiѐtkor munosabat va shu kabi oddiy ekologik tushunchalar): - Tevarak-atrofdagi voqealikka doir narsalarning nomalarini, ahamiyatini ulardan foydalanishni, ular nimadan qilinganligini bilish (turmush, mehnat qurollari, transport, mevalar, sabzavotlar va boshqalar): - O‘z oilasining tarixi to‘g‘risida (oilasi avval qayerda yashagan, buvasi va buvisi nima bilan shug‘ullanishgan, ularning haѐti biznikidan nimasi bilan farq qiladi va x.k), ko‘chalar, tuman, shahar, yirik tarixiy voqealar hamda davrlar (Amir Temur davri, Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati va boshqalar), o‘z mamlakatining davlat ramzlari, davlat bayramlari va o‘z xalqining urf-odatlari hamda an’analari va boshqalar haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lish. Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi ijtimoiy jihatdan rivojlantirish darajasi talab qilinadi: - O‘z tashabbusi bilan, shuningdek, do‘stlar tashabbusi bilan tanish va notanish bo‘lgan katta ѐshdagi kishilar, o‘zidan kichik ѐshdagilar bilan erkin muomala qilish: - Umuminsoniy axloq-odob qoidalarini o‘zlashtirish (nima yaxshi-yu nima ѐmon) tushunchasini shakllantirish, “mumkin va mumkin emas”, “hohlayman va burchliman” tushunchalarini ajrata bilish, vaziyat taqqozosiga muvofiq axloq odob doirasidagi muomala va kayfiyatni bilish: - Fe’l atvorning ijobiy xususiyatlarni qaror toptirish (keng fe’llik, e’tibor, g‘amxo‘rlik, o‘zaro ѐrdam, mehribonlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, narsalarga inson mehnati mahsullariga ehtiѐtkor munosabat, qadriyatlarga hurmat va ijobiy munosabat, estetik ong asoslarini shakllantirish, go‘zallikka tabiat ajoiybotlariga, adabiy, badiiy, musiqiy asoslarga, amaliy sa’nat namunalariga va boshqalarga qiziqishni rivojlantirish): - O‘zini erkin boshqara bilish (maqsad sari harakat qilish, bola uchun juda qiziqarli bo‘lmagan hollarda ham diqqat e’tiborni yig‘a olish orqali ma’suliyat va irodani chiniqtirish). O‘z sa’yi-harakatlarida o‘zini erkin xis etgan bola harakatlari oqibatini oldindan ko‘ra bilib-o‘zini cheklash zarurligini tushunishi, turli haѐtiy vaziyatlarda yuzaga keladigan sabab oqibatning bog‘liqligini anglash, ya’ni unda mey’ѐr tuyg‘usi tarbiyalanmog‘i, xavfsizlik maqsadi uchun zarur bo‘ladigan ehtiѐtkorlik va o‘ylar ish qilish lozim): - Mustaqillikni rivojlantirish (o‘z shaxsiy faoliyatini tashkil etish uchun turli xil vositalarni: o‘yin, tomosha ko‘rsatish, tasvirlash, ko‘rish yasash, o‘yin faoliyatining turli turlari jaraѐnida yuzaga keladigan mummolarni mustaqil hal eta olish): - O‘zini o‘zi anglashni jinsdan kelib chiqqan holda (o‘g‘il bola, qiz bola) shakllantirish, o‘z imkoniyatlarini, qobiliyatlarini, hatti harakatini o‘zi baholay bilishi, katta ѐshdagilar, tengdoshlari o‘zidan ѐsh jihatdan kichiklar davrasida o‘z o‘rnini anglay bilish, boshqa odamlarni tushunish, uning qiziqishlarini, ehtiѐjlarini, imkoniyatlarini hurmat qilish, uning kayfiyatini, uning oldidan muammolarini ko‘ra bilish, o‘z hatti harakatlarini boshqa odam o‘rnida turib baholay olish. Bolaning o‘z o‘zini anglashdagi muhim jihat uning o‘z qadr qimmatini xis etish, o‘ziga bo‘lgan munosabatini shakllantirishi hisoblanadi. Shu bilan birga maktabgacha ѐshdagi bola uchun o‘z shaxsiga ortiqcha baho berish tabiiy va qonuniy xoldir, bu uning uchun o‘ziga xos “shaxsiy ximoya”, o‘z kechinmalariga quloq tutish o‘zining hayajonli xolatlarini (“men xursandman”, “men roziman”, “menga yaxshi”, “men xafa bo‘ldim” va x.k) tushunish, boshqa birovga nisbatan: “yashshavor”, “zo‘r” kabi so‘zlarni ishlatish hisoblanadi. Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi fikrni rivojlantirish (obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt) turlari muhim hisoblanadi: - nutqiy intelekt (og‘zaki fikrlash). O‘zaro aloqa nutqini rivojlantirish: - atrofdagilar bilan muomila qilish, o‘ziga qarata aytilgan gapni tushunish, so‘zlashishga kirishish, aniq qilib gapirish, savollarga javob qaytarish, boshqalarga savol berish (dialog nutqi): - o‘zidagi so‘z boyligidan (ikki uch ming so‘z) faol foydalana bilish, eshitganini aytib bera olish, ko‘rganini gapirib berish, suratlarga qarab syujet bo‘yicha hikoya tuzish va x.k). - nutqning sifat ko‘rsatkichlari: nutqning irodaliligi, nutq tovushlarining barchasini aniq va to‘g‘ri ifodalanishi tilning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalanish: B) amaliy intelektni rivojlantirish (og‘zaki fikrlarini emas, balki faoliyatning turli xillarida amaliy qobiliyatni rivojlantirish) - o‘yin faoliyatni rivojlantirish: o‘zaro o‘yinlarda faol qatnashish (sujetli rol o‘ynaladigan, drammali o‘yinlar, qoidali o‘yinlar): - bolalar bilan ijodiy mustaqil o‘yinlarga doir maqsadlarni kelishib olishni bilish: - rollarni taqsimlash, o‘yinlarning qoidalariga bo‘yso‘nush: - alohida o‘yinlarni tashkil qilish, o‘yin uchun kerakli materiallar va zarur narsalarni tanlab olish: - o‘yinda muqobil narsalarni ishlatish: - mehnat faoliyatini rivojlantirish: - bolalarda “men o‘zim qilaman” degan muayan qat’iyatlilik shakllantirish (ayrim mehnat malakasi va qobiliyatiga ega bo‘lish o‘z o‘ziga xizmat qilish, turmush va tabiatdagi tartibning buzilishining payqash, o‘yinchoqlarni tuzatish, bog‘lab-maxkamlash, idishlarni yuvish o‘yda xo‘jalik ishlariga qarashish, dasturxonni tuzatish, oshxona jihozlaridan foydalana bilish o‘z ust-boshini tuzatish va boshqalar): - boshlagan ishini oxiriga yetkazishga odatlantirish (ya’ni, mehnatning samarasi va foydasini anglab yetish): - jamoada ishlay bilish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, faoliyat mazmunini boyitish va boshqalar: - tasviriy faoliyatni rivojlantirish: - tasviriy faoliyatnining texnik malakalar majmuini va barcha turdagi texnologiyasini egallash (qalam, bo‘ѐq, mo‘y qalam, qo‘l, cho‘p va x.k.lar bilan rasm chizish, loydan, plastilindan, qog‘ozdan, tabiat materiallaridan, matodan narsalar yasash): qaychidan foydalana bilish (simmetrik va simmetrik bo‘lmagan shakllarni qirqish va boshqalar): - mustaqil xoreografik qobiliyatni rivojlantirish: musiqa eshitish qobiliyatini rivojlantirish (tovushlarning to‘g‘ri ѐki noto‘g‘ri taralaѐtganini, tovush o‘zgarishlarini tinglash): - musiqaga mos harakatda o‘ziga nisbatan ishonchni his etish (maqomga mos ravishda, musiqaga muvofiq tarzda harkat qila bilish): - turli maqomdagi musiqaga ma’noli harkatlar bilan javob qaytarish: - harakat va qiliqlarni mahorat bilan o‘z o‘rnida ishlata bilish: - murakkab bo‘lmagan qo‘shiqlarni yakka ovozda va xorda ma’noli, jarangdor ovozda ijro etish: - turli xil milliy bolalar musiqa asboblarini chalish usullarini egallash: - ertak, qisqa saxna ijrolarida obrazga kira olish va boshqalar: bolani maktabga tayѐrlashda xotirani quyidagicha rivojlantirish talab etiladi: - mexanik xotirani (eshitish) rivojlantirish, eshitishga qaratilgan vazifani tinglash va ѐdda saqlashni uddalash, ko‘rganlarini so‘z orqali ѐki amalda ifodalash, ko‘rsatish: - ko‘rish xotirasini rivojlantirish, ko‘rganini ѐdda saqlash va uni so‘z orqali ѐki amalda ifodalash, ko‘rsatish: - fikriy xotirani (mantiqiy) rivodlantirish: ko‘rganini ѐki eshitganini, so‘zma-so‘z emas balki uning asosini mazmunini, mohiyatini ifolab berishni uddalay olishi kabilardir. Bolani maktabga tayѐrlashda tasavvurni (abstrakt fikrlash) rivojlantirish: - fikrlab, aniq obrazga ѐki narsalarga tayanmay, oddiy vaziyatlarni, harakatlar muntazamligini ѐki turli xil faoliyatlarning pirovard natijalarini o‘zida tasavvur eta bilish, faoliyat, harakat oqibatini oldindan tasavvur etishni uddalash. Ijodkorlikni rivojlantirish: - o‘zinining individual, takrorlanmas obrazinin yaratish faoliyatining barcha turlariga o‘zining mazmunini boitishni, ijodiy o‘yinlar mazmunini olib kirish: hikoyalar, ertaklar, topishmoqlar va xokazolarni o‘ylab topish. Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi og‘zaki savodxonlik darajasi talab etiladi: - so‘zdagi barcha tovushlarni ketma-ket aytib, so‘zning tovush tahlilini o‘tkazish. O‘ndosh va o‘nli yumshoq va qattiq o‘ndoshlarni, sifatdoshlarni farqlash, so‘zdagi urg‘ularni ajrata bilish, so‘zni bo‘g‘inlarga ajrata bilish, muayyan tovushlardan so‘z tuzish: - 3-4 so‘zdan gap tuzish, oddiy gapni so‘zlarga ajratish, so‘zlarni ketmaket kelishini uqtirish (birinchi so‘zni, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi so‘zlarni aytish), faol nutqda shu nutqning barcha asosiy qismlarini ishlatish (fe’l, sifat, son, olmosh, ravish, bog‘lovchi old qo‘shimcha va ergashtiruvchi old qo‘shimcha): Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi oddiy matematik malakani rivojlantirish turlari talab qilinadi: - ikki kichik sondan iborat birinchi o‘nlik son tarkibini bilish (5-bu 1,1,1,1,1 ѐki 2 va 3,4 va 1) birinchi o‘nlikning har bir sonini chiqarish: oldindagi songa birni qo‘shish orqali (7-bu 6+1 ѐki 7-bu 8- 1): - sonlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9; - amallar: “+”,”-“,”=”; - o‘taѐtgan oy nomi, haftadagi kunlarning kelish tartibi: - 1 dan 20 gacha va 100 gacha sanashni bilish: - 1-2 va 20-1 sonlarini boshdan oxiriga hamda oxiridan boshga qarab sanash: - Shartli o‘lchov ѐrdamida uzunlikni o‘lchash: - Bir necha uchburchak va to‘rtburchaklardan shakllar hamda katta o‘lchovdagi narsalar tuzish: - Doirani, to‘rtburchakni teng bo‘lgan 2,4 bo‘laklarga bo‘lish, yaxlit narsalarning va bo‘laklarning (bo‘lish) o‘zaro muvofiq mos ekanini tushunish ( yaxlitlilik kancha katta bo‘lsa uning bo‘laklari ham katta bo‘ladi): - O‘lchanaѐtgan narsa va uning o‘lchovi orasi teskari proporsional ekanligini bilish: - Oddiy geometrik shakllarni, doira, uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub, silindrlarni ajrata bilish. Bolani maktabga tayѐrlashda bundan tashqari o‘quv faoliyatining dastlabki shart-sharoitlari talab etiladi: - ko‘rib tasavvur kilishni shakllantirish narsalarni shakliga katta kichikliliga karab bo‘yiga eniga karab bir-biriga nisbatan makonda joylashishiga: tepada, pastda, o‘ngda, so‘ldagiga qarab farqlash va qiѐslash: - ko‘rish analiz va sintezni rivojlantirish (sirtqi tomonidan o‘xshash narsalaridagi sirtqi ko‘rinishida o‘xshash tomonlarini topish) - narsalarni (umumiy nom ostida mansubliligiga, ishlatilishiga, shakli rangi, katta kichikligi, ta’mi va hokazolariga qarab) turkumlash, umumlashtira bilish: - farqlay bilish (narsalarni farqlash, ahamiyatli tomoni, belgilari va ularning qismlarini ajratib ko‘rsatish): - faoliyatning barcha turlarida turli xil misollar belgilar,muvofik jihatdan foydalana bilish; - izlanish faolligini rivojlantirish (yaxshisini,zarurini, kerakligini tanlab ola bilish); - kuzatuvchanlikni (kizikuvchanlikni) rivojlantirish; kuzatish chog‘ida kizikishni yo‘kotmaslik, kuzatilaѐtgan narsalardagi muhim jihatni ko‘ra bilish); - sabab va okibatning bog‘liqligini tushunish (oldindan payqash,o‘zining mulohazasini va xulosasini chikarish), ukuv vazifalarini moxiyatini tushunish; -maktabga ruxan tayerlash,maktabga ilm olishga nisbatan ijobiy munosabat uygonishi yana ko‘p o‘kishi kerakligini, bilim olishga g‘ayrat kilishi zarurligini, intilishini tushunishi lozim. Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi jismoriy rivojlanganlik darajasi talab etiladi: - mustakil tarzda jismoniy mashqlar bajara olishi; - buyruqqa (startga) asoslanib yugurish; - xoda ustida ottirib oldinga siljish; - narvon ѐrdamida tepaga chiqish va pastga tushishi; - 5 sekunda arqonga osilib turish; - arg‘imchok uchish - cheklangan sath va cho‘ziq buylab yurish; - kiya qo‘yilgan taxta ustidan yurib otish; - bir oѐkda «qaldirg‘och» bolib turish; - oѐq uchlari bilan buyumlarni qisib ko‘tarish, pastga tushirish va bir joydan boshqa joyga qochirish; - joyda turib 15-20 marta sakrash; - 70 sm uzunlikka sakrash; - 30 balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish; -to‘xtamasdan 2-3minut davomida yugurish; -10 m masofani emaklab o‘tish; -100 m masofani to‘xtamasdan yugurib o‘tish; -safda to‘g‘ri turish va safni bo‘zmasdan yurish; -saflanish va qayta saflana olish; -musiqa ohangiga mos holda harakatlana olish; -koptokni irg‘itish va ilib olish; -ilon izi shaklida yurish; -to‘p-to‘p bo‘lib, aylana bo‘ylab yurish; -chiniqtirish mashqlarini bajarish; -xalq o‘yinlari- “Kim chaqqon”, “Oq terak-mi, ko‘k terak”, “Avvalakam”, “Quѐnim quѐnim ne bo‘ldi”, “Chittigul”, “Bog‘lam-bog‘lam”, “Kim oladi-ѐ shuginani-ѐ”, “Uchdi, chopdi, sakradi”, “”Qushim boshi”, “Qoch bolam, qush keldi”, “Qim chaqqon”, “Tortishmachoq” kabi harakatli o‘yinlarda ishtirok eta olishdan iborat: Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi nutq va tafakkurining rivojlanganlik darajasi talab qilinadi: Nutqning rivojlanganligi va so‘z boyligiga oid: - tovush, so‘zlari aniq va to‘g‘ri talaffo‘z etish: - 3000 tadan ortiq so‘zni tushunish va bilish: - Rasmga qarab gap tuzish: - Ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushunish: - Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so‘zlab berish: - Ifodali nutqqa ega bo‘lish: - Tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so‘zlab berish: - Turli mavzudagi, kichik xajmdagi 6 ta she’rni ѐddan aytish: - Ota-ona,tarbiyachi tavsiyasi bilan xaѐtiy mavzular bo‘yicha kiskacha hikoya kilish; - Kattalar va o‘rtoklari bilan suhbatda faol ishtirok etish; - Kattalar va o‘rtoklari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo‘lish; Bolalarning taffakurini rivojlantirishga oid: - o‘z fikrini mustakil, erkin baѐn eta olish va xulosa chikarish; - Mantikiy tafakkur kilish malakalariga ega bo‘lish; - Tafakkur operasiyalari (analiz, sintez)ni ѐshiga mos rivojlantirish; - Tevarak-atrofni to‘g‘ri idrok etish; - Taьlimiy o‘yinlar vositasida tafakkurni peshlash; - Gul, daraxt turlarini rangiga, bargida mevasiga karab farklay olish; - O‘z fikrini, talab ehtiѐjlarini so‘z bilan ifodalay olish; - Qirqib bo‘laklarga ajratilgan voqea band rasmlarni terish yaxlitlash; - Turli tasvirlardan, yaxlit obraz yarata olish; - Geometrik shakllardan maьlum mazmunga ega bo‘lgan tasvirlar tuzish; -So‘zlardan gap tuza olish; - O‘z fikrini baѐn etganda taqqoslash, umumlashtirish, tahlil kila olish; - Birinchi o‘nlikni son tarkibi (alohida birliklardan) va 2,3,4,5,6,7,8,9,10 sonlarining o‘zidan kichik bo‘lgan ikki kichik sondan tarkib topganligini bilish; - Birinchi o‘nlikdagi har bir sonning kanday hosil bo‘lishini bilish, buning uch o‘n son qatoridagi avvalgi songa birni qo‘shish va keyingi sondan 1ni ayira olish; - 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 rakamlarini «+», «-» , «=» ishoralarini bilish; - 1, 3, 5, 10 so‘mlik pullarni bilish; - O‘taѐtgan hafta ko‘nlarining ketma-ketligini, ko‘p kismlarini bilish; - 10 tagacha bo‘lgan buyumlarni sanash, sanab ajratish; - Narsalar sonini raqam bilan muvofiqlashtira olish; - 10 ichida ѐnma-ѐn sonlarni taqqoslay olish, qaysi son boshqasidan katta-kichikligini aniklay olish; - Narsalarni kattaligi, uzunligi, yo‘g‘onligi, kengligi, balandligiga ko‘ra taqqoslay olish; - To‘g‘ri va egri chiziklarni, uchburchaklar va to‘rtburchaklarni birbiridan farqlash hamda tasvirlash; - Hozirgi zamon texnikasi, kompyuter haqida ilk tasavvurga ega bo‘lish: - Shaxsni o‘rab turgan barcha narsalar tabiat ekanligini bilish: - Mevali daraxtlar-olma, uzum, shaftoli, nok, olcha, gilos, o‘rik, olxo‘ri nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo‘lish: - Daraxt shoxlarini sindirish tabiatga zarar yetkazish ekanligini anglash: - Gullar-atirgul, boychechak, qoqigul, chinnigul, lola, lolaqizg‘aldoq haqida tasavvurga ega bo‘lish: - Sabzavot va poliz ekinlari-pomidor, bodring, kartoshka, piѐz, sabzi, karam, qovun-tarvo‘z, qovoqni va ularning nomlarini bilish: - Xona o‘simliklarini boshqa o‘simliklardan farqlash: - Uy-hayvonlari-qo‘y, sigir, ot, eshak, it, mushuk, echki: ѐvvoyi hayvonlar-bo‘ri, tulki, ayiq: parrandalar-tovuq, xo‘roz, o‘rdak, g‘oz, xasharotlar-chumoli: ninachi, ari, qo‘ngiz, kapalak, nomlarini bilish va ular haqida tassavvurga ega bo‘lish; - Qushlar-qaldirg‘och, chumchuq, musicha, bulbul, kabutar, qarg‘a, tuti nomlarini bilish va ular hakida tasavvurga ega bo‘lish; - Uyda qo‘llanadigan elektr jihozlari-elektr chirok (lampochka) , televizor, radio , magnitafon, dazmol haqida tasavvurga ega bo‘lish; - Elektr jixozlaridan extiѐtsizlik bilan foydalanish xavfli ekanligini anglash; - Transport vositalari-velosiped, avtomobil, trolleybus, tramvay, metro, samolѐt, poyezd haqida tasavvurga ega bo‘lish; - Tog‘, darѐ, ko‘l, bog‘, gulzor, paxtazor, ekin maydonlari , yaylov haqida tasavvurga ega bo‘lish; - Havo, quѐsh, ѐmg‘ir,suv, shamol, bulut, qor haqida mos ravishda tasavvurga ega bo‘lish; - Yil fasllari nomini, ketma-ketligini bilishi va ulardagi tabiat o‘zgarishlari haqida ilk tasavvurga ega bo‘lish; - Paxtadan ip, gazlama, kiyim-kechak tayѐrlanishini bilish; - Ko‘n va to‘nni farqini bilish; - Ko‘n qismlari ertala, peshin va kechquro‘nni bilish; Bolani maktabga tayѐrlashda quyidagi ma’naviy-madaniy yetuklik talablari muhim rol o‘ynaydi: - Ona Vatan –O‘zbekiston haqida qisqacha so‘zlab berish; - O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi haqida fikr bildira olish; - Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik xislari va milliy g‘ururni ѐshiga mos ravishda shakllanishi; - Halqiga, Vataniga mehr va sadoqat hislarining shakllanishi; - Abu-Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurlarga ega bo‘lish; - Milliy bayramlar haqida qisqacha so‘zlab berish; - To‘g‘ri salomlashish va hayrlashishni bilish; - O‘zidan kattalarga sizlab murojaat qilish; - “labbay”,” ho‘p bo‘ladi”,”xush keltbsiz”, “salomat bo‘ling”, “mumkinmi”, “kechirasiz”, “shirin tushlar ko‘rin” “osh bo‘lsin”, “yaxshi borib kelin”, “marhamat” kabi so‘z iboralarini o‘z o‘rnida qo‘llay olish; - Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iltifot ko‘rsata olish; - Uyda, ko‘chada, mehmonga borganda kiyadigan kiyimlarini farqlay olish va ularni o‘z o‘rnida kiya olish; - Shirin so‘zlik bo‘lish va mehribonlik qila olish; - O‘tirish va yurish qoidalarini bilish va unga rioya qilish; - Uyda, ko‘chvda, bog‘chada, mehmonda qanday tutish kerakligini bilish va unga rioya qilish; - Yaxshilik va ѐmonlikni farqlash; - Kattalarni xurmat, kichiklarni izzat qilishni bilish va unga rioya qilish; - O‘rtoqlari bilan birgalikda o‘ynay olish; - O‘yin jaraѐrida muloqot qila olish va o‘rtoqlarini ranjitmaslik zarurligini bilish; - Hol-ahvol so‘rashni bilish; - Kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilish; - O‘ziga ishonish; - Ojiz va kuchsizlarni himoya qilish zarurligini bilish; - O‘z-o‘ziga xizmat qila olish; - Uyda ѐki bog‘cha hovlisida yengil mehnatlarni bajara olish; - Mehnat qilaѐtgan kattalarga ko‘maklashish; - Mehnat qurollarini farqlash; - Oshxona anjomlari-choynak, piѐla, qoshiq, likopcha, pichok kabilarning vazifasini bilish, yig‘ishtirishda ularni joy-joyiga qo‘yish; - Oshxonada yengil yumushlarga ѐrdam berish; - Mehnatsevar bo‘lish yaxshi odat ekanligini anglash; - Mehnat qurollari-tesha,bolga, bolta, qaychi ,ombir, tokqaychi,ketmon, belkurak, o‘roq, ketmon kabilarni vazifasini bilish; - Tejamkorlik zarurligini bilish; - O‘zini ozoda tuta olish; - Tug‘ri yuvina olish; - Sochik, dastrumol, sovun, tish pastasi, cho‘tkasidan to‘g‘ri foydalana olish; - Mustakil ravishda sochini taray olish, turmaklash (qiz bola bo‘lsa) va orasta bo‘lib yurish; - Mustakil ravishda tartibli kiyinish va yechina olish; - Kiyim, o‘yinchoq va xona anjomlarini o‘z joyiga qo‘yishni bilish; - Ovqatlanish qoidalarini bilish va unga rioya qilish; - Tasviriy san’at asarlarini bilish va undan zavqlana olish; Davlat talablari asosida tuzilgan “Uchinchi ming yillik bolasi” dasturiga asosan maktabgacha ѐshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari hamda o‘zlari uchun turli sohalarda dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga ѐrdam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va ta’lim tarbiya qurollari yaratiladi. Davlat talablarida belgilangan ko‘rsatgichlarga erishish, ѐsh avlodni kamolotga yetkazishda bolalar uchun mo‘ljallangan teleko‘rsatuv va radio eshittirishlarning ham maqsadli yo‘nalishda olib boriladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda ota-onalar va tarbiyachilar uchun muntazam ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi, maktabgacha ѐshdagi bolalarning aqliy, ma’naviy rivojlanishiga xizmat qiladigan turli tuman filmlar yaratiladi. Davlat talablarini haѐtga joriy etishda hamda targ‘ibot qilishda matbuotdan keng foydalaniladi. (30.23-38) 38 1.3. Maktabgacha ѐsh davridagi bolalarning maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayѐrgarlashning psixologik asoslari . Maktab ta’limiga tayѐrlash maktabgacha ѐsh davrida o‘ziga xos bo‘lib, bunga tayѐrlash birmuncha talablar qo‘yadi. Bunda u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayѐr bo‘ladi. Ta’limga psixologik tayѐrlik deganda, bolaning ob’yektiv va sub’yektiv jihatdan maktab talabiga mo‘nosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayѐrlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu ѐshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zini qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixoxligi, ishonuvchanligi, xaѐlining ѐrqinligi, xotirasini kuchliligi, tafakkurining yaqolligi bilan boshqa ѐshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayѐrlanaѐtgan bolada diqqatiga nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari roli va syujeti o‘yinlarda, rasm chizish va ko‘rish-yasash mashg‘ulotlarida, loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayѐrlashda o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi. Download 49.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling