2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi..
Reja:
2.1.Bolalarni maktabga psixologik tayyorlash xakida tushuncha.
2.2.Bolalarni maktabga tayyorlashning psixologik diagnostikasi, metodlari.
2.3.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi.
2.4. Diqqat, tafakkur, xotira diagnostikasi va rivojlanishining korreksion uslublari. Psixologik mashq: diqqat, xotira, tafakkurni rivojlantirish yuzasidan o‘yin va mashqlar; ijodiy o‘yinlar.
2.5.Bolalar ko‘rqoqligi korreksiyasi. Bolalarning o‘qishga ishonchi korreksiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Bolalar, maktabga psixologik tayyorlash, psixologik diagnostika, metod, maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi. Diqqat, tafakkur, xotira, rivojlanish, korreksion, uslub, psixologik mashq, o‘yin, ijodiy o‘yinlar,bolalar ko‘rqoqligi, o‘qish, ishonch.
2.1.Bolalarni maktabga psixologik tayyorlash haqida tushuncha.
Respublikamizda maktabgacha ijtimoiy tarbiya muassasalari ta’lim –tarbiya ishining keng dasturini amalga oshiradi va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. Xozirgi vaqtda yuz berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar xalq ta’limining butun tizimini yoshlar va bolalarni tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish ishini takomillashtirishni psixologik jixatdan diagnostika kilish va psixologik korreksiya ishlarini amalga oshirishni takozo etmokda.
Bog‘cha bilan maktab o‘rtasida o‘rnatilgan izchil aloqaning har tomonlamaliligi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muvafaqqiyatli amalga oshirishning asosiy shartidir. Ta’limga psixologik tayyorgarlik, deganda bolaning ob’yektiv va sub’yektiv jixatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jixatdan tayyorlanadi. Uning tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasi psixologi tomonidan psixologik diagnostika kilinadi. Ushbu jarayonida lozim bo‘lgan sabab psixologik korreksiya ishlari amalga oshiriladi. Binobarin, bolaning psixikasi bu davrda ilm olishga yetarli darajada rivojlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |