2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi Reja
Bolalarni maktabga tayyorlashning psixologik diagnostikasi, metodlari
Download 49.06 Kb.
|
2-мавзу-1
2.2.Bolalarni maktabga tayyorlashning psixologik diagnostikasi, metodlari.
Psixolog bu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, rivojlanligi, sezgisining anikligi, qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixoxligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchligigi, tafakkurining yaqqolligi darajasini psixologik jihatdan diagnostika kiladi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli, shartli, barqaror bo‘ladi. Psixologik diagnostika ishlarini olib borayotgan psixolog bu narsani nazardan chetda qoldirmasligi lozim. Chunonchi, bola diqqatining xususiyati rolli va syujetli uyinlarda, rasm chizish, ko‘rish, yasash mashg‘ulotlarida, loy, plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok kilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi. Psixologik diagnostika ishlar mabaynida bola diqqatining muayyan ob’yektga yunaltirilganligi, to‘planganligi taqsimlanishi bo‘yicha ma’lum darajada ko‘nikmaga ega yoki ega emasligini, o‘z diqqatini boshqara olish yoki kerakli paytda to‘plashga intila olishni o‘rganish lozim. Shuningdek psixolog bolaning xotirasini qay darajada qiziqarli, kishini taajubga soladigan ma’lumot va xodisalarni puxta esda olib kolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatlari darajasini ham diagnostika kiladi. Psixolog bolani maktab ta’limiga psixologik tayyorlashning sub’yektiv tomonini xam psixologik jihatdan diagnostika kiladi. Bolaning maktabda o‘kishga hoxish, intilishi, katta odamlar bilan mulokotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy boglik ekanligini esdan chiqarmasligi lozim. Bolada shu davrga kelib o‘qish, bilim olish haqida to‘g‘ri tasavvur shakllanganligi darajasi diagnostika kilinadi. Bolani maktab jamoasi a’zolarining mas’uliyatli vazifalarini anglab yetishi, ularga itoat qilishga, ularning ko‘rsatmalarini qay darajada bajarishga moyilligi psixolog tomonidan diagnostika kilinadi. Ushbu jarayonda psixolog bolaning hammasi bir xil emasligi sababli ular o‘rtasida muhim farqlar vujudga kelishini xisobga olishi zarur. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda psixologik diagnostika ishlari mobaynida quyidagi sistema ko‘zga tashlanadi, ya’ni ba’zi bola maktabga butun vujudi bilan talpinadi, o‘qishga kancha vaqt qolganini uzluksiz sanaydi, o‘quv ashyolarini oldinrok tayyorlab qo‘yishga harakat qiladi. Boshqa bir bola esa maktabdan qat’iy voz kechishga boradi. Ushbu jarayonlarni psixologik jihatdan diagnostika qilishda o‘qishga nisbatan salbiy munosabat ko‘pincha kattalarning qo‘rqitishlari oqibatida vujudga kelganligi aniqlanadi. Maktab bilan bog‘cha o‘rtasidagi uzviy aloqa va ko‘p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta’lim tarbiyaviy ishlarning mazmuni metod va usullari tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va psixik talab kabi yetakchi tomonlari psixologik jixatdan talab kilinadi. Bunda psixolog quyidagilarga aloxida e’tibor berishi kerak: 1.Maktab talabi nuktan nazaridan bilimlarni kay darajada chukurrok egallab olishlari diagnostika kilinadi. Lozim bulsa korreksion ishlar amalga oshiriladi. 2.Bog‘cha nuktan nazaridan bolani maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, kunikmalar Bilan kay darajada kurollantirilganligi diagnostika kilinadi. 3.Bolalarning maktabga kay darajada ruxiy tayyorgarligi darajasi diagnostika kilinadi. Shuningdek asosiy vazifa bolalar mexnatning kay turiga tayyor turishlari, ularda akliy mexnat bilimga kizikishni ustirish, ularni kelajakdagi mustakil faoliyatiga kay darajada tayyor ekanligi diagnostika kilinadi. 4.Bolalar bog‘chasidagi beriladigan ta’lim kay darajada rivojlantiruvchi ekanligi diagnostika qilinadi. 5.Psixolog bolalar bog‘chasi bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa bor yoki yuqligini diagnostika kiladi. 6.Psixolog bog‘cha yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo‘lgan bilim va tushunchalar mazmunini, tevarak atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy tushunchalar mavjudligini psixologik jixatdan diagnostika qiladi. Bolalar tomonidan tasavvur va tushunchalarning egallab olinishi ya’ni bolalarda xar hil sohalar bo‘yicha o‘zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy – rivojlanishi uchun nihoyatda zarur bo‘lib, busiz ular hozirgi zamon Davlat ta’lim standartlari asosida kerakli bilim, ko‘nikma, malakalarni egallay olmaydilar. Download 49.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling