2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi Reja


Download 49.06 Kb.
bet5/9
Sana07.02.2023
Hajmi49.06 Kb.
#1173563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-мавзу-1

Korreksion uslublari. Psixologik diagnostika tadqiqotlarida 1 va 2 sinf o‘quvchilari darsda faqat 30-35 daqiqa diqqat bilan o‘tirishi, o‘z diqqatini muayyan ob’yektga to‘plashi va unda ushlab turishi mumkinligini ko‘rsatganligi isbotlangan. Shuning uchun mashg‘ulotlarda qisqa tanaffuslar o‘tkazib turish tavsiya qilingan. Bulardan tashqari diagnostik tadqiqotlarda o‘quvchilar diqqatining xususiyati ko‘proq mashg‘ulotlarning sur’atiga bog‘likligi etirof etilgan. Psixologlar kichik maktab yoshidagi bolalar diqqatini qay darajada rivojlanganini o‘z vaqtida diagnostika qilishlari va aniqlangan kamchiliklarni rivojlanish darajasidagi orqali qolishlari o‘z vaqtida korreksiya qilishlari oqibatida ijobiy natijalarga erishiladi, ya’ni ta’lim jarayoni asosida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy barqaror, mustahkam, kuchli, to‘planuvchan, taqsimlanuvchan, faol, ongli diqqatni rivojlantirishga kulay sharoit yaratiladi. Bilim olish uchun mustaqil, aqliy mehnat qilish misol va masalalar yechish, mashqlarni bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berishda ixtiyoriy ongli diqqat tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar xotirasi psixologik jihatdan diagnostika qilinganda, uning eng muhim xususiyatlaridan biri so‘z, mantiq, xotirasi va ma’nosiga qarab, tushunish, eslab qolish salmog‘ining ortishi alohida ko‘rsatilgan. Shuningdek o‘quvchi o‘z xotirasini, ongli boshqarish eslab qolish, esga tushirish jarayonlarini faoliyatning maqsadiga muofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bolalar uchun xotirani mustahkamlovchi mashqlar
Ko‘pchilik ota-onalar farzandining xotirasi kuchli emasligidan noliydi. Kelajakda bolaning aql-idrokli bo‘lib kamol topishida esa o‘tkir zehnli bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Bola xotirasi mustahkam bo‘lishi uchun ota-ona farzandi bilan har kuni ma’lum vaqt davomida shug‘ullanishi lozim. Kichkintoyning zehni turli mashq va o‘yinlar orqali rivojlanib boradi. Yana shunisi ahamiyatliki, uning ovqatlanishi, kun tartibi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Xotira bilan bog‘liq hamma xususiyatlar bola tug‘ilib, nutqi rivoj topganidan boshlab, to o‘smirlik (12-14 yoshlar) davriga qadar yaxshi rivojlanadi. Ayniqsa, zehnning qay darajada mustahkam ekanligi bola maktabga borish paytida bilinadi. Tabiiyki, eslab qolish qobiliyati yaxshi rivojlangan o‘quvchi darslarni boshqalarga qaraganda tez o‘zlashtiradi.
Maktab yoshidagi bolalar uchun xotirani mustahkamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar bilan tanishtiramiz.
Rasmlar”-Farzandingizga biror bir rasmni ko‘rsatib, unda nima tasvirlanganini chizib berishini so‘rang. Shuningdek, undan rasm haqidagi fikrlarini ko‘proq gapirib berishini iltimos qiling.
10 ta farqni top”-Suratga qarab o‘ynaladigan “10 ta farqni top” mashqi xotirani mustahkamlovchi asosiy o‘yinlardan biridir. Buning uchun bolaga yarim daqiqa suratni tomosha qilishiga qo‘yib bering. So‘ngra ikkinchi suratni ko‘rsating. U rasmlar o‘rtasidagi tafovutni xotirasiga suyangan holda aniqlay boshlaydi.
Hayvonot bog‘ini esla”-Farzandingizga bir nechta yumshoq o‘yinchoqlar (maktab yoshidagi bolalar uchun o‘yinchoqlar soni 7 tadan oshmagani ma’qul) bering. Ularni bir qatorga terib, bolaga yarim daqiqa vaqt ajrating. U o‘yinchoqlar o‘rnini eslab qolsin. So‘ng orqasiga o‘girilib turishini aytib, o‘yinchoqlar joyini almashtiring. Keyin esa boladan dastlab ular qanday joylashgani haqida so‘rang. Bu o‘yin orqali nafaqat eslab qolish, balki diqqatni jamlash qobiliyati ham yaxshilanadi.
Tasvirlab berish”-Farzandingiz bilan hayvonot bog‘ini sayr qilib, uyga kelganingizda u yerdagi qiziqarli voqea yoki chiroyli ob’yekt haqida so‘rang. Ularni kengroq tasvirlashi uchun savollar bering.
Raqs to‘garagi”-Quvnoq musiqa yordamida farzandingizga biror bir raqs harakatini o‘rgating. Bu o‘yin bolaning harakat xotirasini rivojlanishiga ko‘mak beradi. U raqsni takrorlash orqali zehnida harakat ketma-ketligi saqlanadi.

Download 49.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling