Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti Tarix yoʻnalishi 203-guruh talabasi Toshmurodova Madinaning Yordamchi tarix fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 116.8 Kb.
|
Otaqulov Navro\'zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- E‘tiboringiz uchun rahmat!
Mavzu: Qadimgi tangalar. Qadimgi Xorazm tangalari.Otaqulov Navro’zbekQadimgi Xorazmda tangalar zarb qilish mil. I asrga borib taqaladi. Be yerda dastlab Yevkradit tetradrahmalariga taqlidan kumush tangalar zarb qilingan. Tanganing aversida mahalliy hukmdor tasviri tushirilgan. Reversida esa an‘anaviy Dioskur o‘rniga boshi o‘ngga qaragan chavandoz tasvirlangan.Xorazm tangalarining aversida chetga qarab turgan, peshonasida yarim oy, o‘ziga yarashiqli toj kiygan, soqolsiz shohning tasviri berilgan. Shohning bo‘ynida ikki qator marjon, boshi uzra tillaqosh tasmalari bor. Tangada shoh nomi zikr etilgan so‘g‘d yozuvi bo‘lib, tarjimasi: “Siyovushdek dongdor” – demakdir. Tanganing reversida Xorazm suvoriylari hamda “Siyovush podsho hazratlari” yozuvi bor. Shuningdek ularga hukmdor qalpog‘i ustida o‘z davri mifologiyasi bilan bog‘liq turli e’tiqod timsollari, tuya, burgut kabi hayvonlarning tasviri aks etgan.Xorazm tangalarining aversida chetga qarab turgan, peshonasida yarim oy, o‘ziga yarashiqli toj kiygan, soqolsiz shohning tasviri berilgan. Shohning bo‘ynida ikki qator marjon, boshi uzra tillaqosh tasmalari bor. Tangada shoh nomi zikr etilgan so‘g‘d yozuvi bo‘lib, tarjimasi: “Siyovushdek dongdor” – demakdir. Tanganing reversida Xorazm suvoriylari hamda “Siyovush podsho hazratlari” yozuvi bor. Shuningdek ularga hukmdor qalpog‘i ustida o‘z davri mifologiyasi bilan bog‘liq turli e’tiqod timsollari, tuya, burgut kabi hayvonlarning tasviri aks etgan.Qadimgi Xorazm tarixini o‘rgangan qadimshunos S.P.Tolstov “juda ko‘p tangalarning topilishi savdo ishining benihoyat rivoj topganidan xabar beradi”, degan edi. Eramizning IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi, qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal’alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305 yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal’asi ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladilar. Yangi sulolaga asos solgan Afrig‘iyning rasmi Xorazm tangalarida yaxshi saqlanib qolgan. Uning boshida qadimgi sharq podoshohlari surati bor edi. Bu maxsus qalpoq yarim doira shaklida bo‘lib, yelkani berkitib turgan mato, manglayida yarim oy belgisi bor. Tanganing orqa tomonida otliq kishini rasmi, otning oyog‘i ostida esa qadimgi Xorazm alifbosida, “Shoh Afrig‘” deb yozilgan. Eramizning III asrlarida Xorazmda mahalliy shohlarning tangalari zarb qilinishi va kushon tangalarini siqib chiqarilishi Xorazmni yana ilgariday mustaqillikka erishganini, Kushonlar davrida ham Xorazm o‘zining mustaqilligini saqlab qilishga intilib kelaganligini ko‘rsatadi. E‘tiboringiz uchun rahmat!Download 116.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling