2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshidagi hamda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi Reja
Download 49.06 Kb.
|
2-мавзу-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqatni jamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar
- Bolajon kun tartibi
- 2.5.Bolalar ko‘rqoqligi korreksiyasi. Bolalarning o‘qishga ishonchi korreksiyasi.
- Ichki va tashqi motivasiyani tanlaymiz
Ko‘rib, eshitib, eslab qolish-Farzandingizga biror hayvonni tasvirlab bering. So‘ng eshitganlari haqida so‘zlab berishini so‘rang. Bu mashq u uchun biroz qiyinchilik tug‘dirsa, hayvonlar rasmini ko‘rsatib, ularning tovushi, harakatlari to‘g‘risida ma’lumot bering. Bolajoningizdan so‘zlaganlaringiz haqida so‘rab olishni unutmang.
Diqqatni jamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar-Bolaga qog‘oz bilan qalam bering. Biror bir rasmni yarim daqiqa davomida ko‘rsating va uni qog‘ozga tasvirlab berishini so‘rang. Boshlanishida undan oddiy shakl (masalan kvadrat)ni qora qalamda (bo‘yamasdan) chizib berishini so‘rang. Keyinchalik biroz murakkab bo‘lgan suratlar (masalan, tabiat tasviri)ni turli rangli qalamlar bilan tasvirlashni so‘rang. Bu o‘yin diqqatni jamlashga ko‘mak beradi. Bolajon kun tartibi-Dastavval bolaga to‘g‘ri kun tartibi belgilash kerak. Bunda sport muhim o‘rin tutadi. Turli jismoniy mashqlar uning miyasi rivojlanishi va xotirasining mustahkamlanishi uchun alohida ahamiyatga ega. Uyqu davomiyligi (maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik 9 soat)ga ham e’tibor bering. Kun davomida 5 mahal ovqatlanish jarayonini tashkil etish, miya tarangligining rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bo‘tqalar, sut va sut mahsulotlari, yong‘oq, yog‘li baliq, dukkakli mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar bolajon rasionidan muhim o‘rin egallashi lozim. Shuni unutmaslik kerakki, xotira tug‘ma iste’dod emas, uni faqatgina mashqlari orqali mustahkamlash va rivojlantirish mumkin. 2.5.Bolalar ko‘rqoqligi korreksiyasi. Bolalarning o‘qishga ishonchi korreksiyasi. Bolani o‘qishga qiziqtirishda nima uchun mukofotlar bilan rag‘batlantirish ish bermaydi, uning o‘rniga qanday yo‘l tutish kerakligini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi tavsiyalari siz uchun. Ichki va tashqi motivasiyani tanlaymiz Ichki motivasiya haqida kamdan-kam bosh qotiramiz. Bizning samimiy xohish-istaklarimiz, holatimizni tushuntirish uchun birgina so‘z yetarli - "istayman". Bolalar o‘zlariga yoqadigan guruhning qo‘shig‘ini bajonidil tinglashadi, o‘z qo‘llari bilan biror narsa yasashadi yoki sarguzasht romanlar o‘qishadi, chunki ularga shunday qilish yoqadi. Tashqi motivasiya har xil bo‘ladi - cho‘ntak pullaridan tortib, to maktabdagi baholargacha. Buni bir gap bilan izohlash mumkin: "Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan". Psixolog Alfi Kon "Mukofot bilan jazolash" kitobida nafaqat ota-onalarni, balki o‘qituvchilarni ham turli imtiyozlarni qo‘llashdan ogohlantiradi. Ba’zi ota-onalar farzandi yaxshi o‘qishi uchun hayvonot bog‘iga olib borishni va’da qilishadi, boshqalari qimmatbaho gadjetlarni xarid qilishadi va hatto pul ham berishadi. Muammo shundaki, bu usul ish bermaydi: o‘quvchi shunday o‘qishda davom etaveradi, boz ustiga, va’da qilingan narsaga erisha olmagani uchun yaqinlaridan xafa ham bo‘ladi! O‘qituvchilar ko‘rinishidan olijanob usullar bilan ishtiyoqni oshirishga harakat qilishadi: turli maqomlar (oyning eng yaxshi o‘quvchisi) joriy qilishadi, yaxshi o‘qiydiganlar uchun imtiyozlar yaratishadi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi: oyning eng yaxshi o‘quvchisi asosan bir o‘quvchi bo‘ladi, imtiyozlar esa odatda tarkibi o‘zgarmaydigan o‘quvchilar doirasiga beriladi. Qolgan o‘quvchilar esa o‘zlarini omadsizdek his qilishadi. Download 49.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling