2-mavzu. Ma’muriy-hududiy bo„linishi va Xitoyning iqtisodiy- geografik joylashuvi Darsnin maqsadi


Download 326.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi326.8 Kb.
#1432883
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu Ma’muriy hududiy bo‘linishi va Xitoyning iqtisodiy geografik (2)



2-mavzu. Ma’muriy-hududiy bolinishi va Xitoyning iqtisodiy-
geografik joylashuvi 
Darsnin maqsadi: XXR ni ma‟muriy-hududiy bo„linishi va uning iqtisodiy 
hududlari xaqida to‟liqroq ma‟lumotni egallash 
Tayanch iboralar: ma‟muriy hududiy bo„linish, provinsiya, uezd, volost, 
milliy avtonom rayonlar, markazga bo„ysinuvchi shahar, iqtisodiy rayon, iqtisodiy 
salohiyat, iqtisodiy rivojlanish, milliy boyliklar, xorijiy sarmoya, transport 
kommunikatsiyasi. 
2.1.Xitoy mintaqaviy siyosatining shakllanish mohiyati 
Mintaqaviy siyosat - bu umumdavlat mintaqaviy, mahalliy manfaatlarni 
ma‟muriy, iqtisodiy, milliy, madaniy va boshqa sohalarda optimal tarzda 
mutanosibligini ta‟minlovchi chora – tadbirlar majmuasidir. Mintaqaviy 
siyosatining asosiy qismlaridan biri ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy 
salohiyatni, zamonaviy ilm fan va texnika markazlarini, ishlab-chiqarish 
infratuzilmasini optimal ravishda joylashtirishgan iboratdir. Bunda eng 
ahamiyatlisi – bu turli zonalarni tabiiy – geografik xususiyatlaridan o„z o„rnida 
foydalanish bilan birga davlat faoliyatini bu ishga to„g„ri yo„naltirilganligidir. 
Ya‟ni bu konkret-aniq, siyosiy xo„jalik qarorlarida, rejalarda yaqin yillarga 
mo„ljallangan dasturlarda va uzoq muddatga mo„ljallangan istiqbolli dasturlarda 
o„z aksini topadi. 
XXR si tashkil topgan kunga qadar ham qoloq bo„lib kelgan iqtisodiyot undan 
keyin ham vayrona holatga tushib qoldi. Ishlab – chiqarish kuchlarini taqsimlashda 
bir tomonlama yondashish o„z ta‟sirini o„tqazdi. Butun sanoat quvvatining 
yarmidan ko„pi 5 ta shaharda Shanxay, Tyanszin, Guanchjou, Chanchun va 
Sindouda jamlangan bo„lib, ular orasida, birinchidan, Xitoyning markazga 
bo„ysungan 4 ta yirik shaharlari bo„lsa, ikkinchidan, aynan mana shu shaharlarga 
chet el investisiyalari eng ko„p hajmda kiritilgandir. 
Mamlakatning 
shimoliy 
– g„arbiy territoriyasiga, ya‟ni mamlakat 
territoriyasini 1/3 qismiga yalpi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning atigi 2% 
gina to„g„ri kelar edi. I besh: yillikdan boshlab, sharqdagi eski sanoat rayonlarini 


faol ishlatish kursi qabul qilindi. Shular bilan birgalikda chet va qoloq joylarda 
yangi industrial markazlar barno etila boshladi. Shu besh yillikda sanoatni asosiy 
fondlariga kiritilarigan investisiyani 55,9% endi ichki rayonlarga to„g„ri keldi. U 
yerda 68% yangi yirik ob‟ektlar qurildi. Sekin – asta dengizdan uzoq joylashgan 
shaharlar ham sanoat markazlariga aylana bordi. 
Agar, 1956-1966 yillarda Xitoyda “katta sakrash” va 1966-1976 yillarda
“madaniy inqilob”xatolari yuz bermaganida edi, sanoat ishlab chiqarishini boshqa 
tarmoqlarini geografik tekis joylashtirish jaraeni yanayam samarali bo„lgan bo„lar 
edi. O„sha davrda mamlakatning har bir rayonida, har bir provinsiyasida, uezdida ” 
o„z- o„zini ta‟minlovchi” majmua yaratish konsepsiyasi ustunlik qilar edi. Kichik, 
yarimkustar ishlab chiqarishga yo„naltirish esa, to„Rejagan mablag„ni sochilishiga, 
bo„sh rivojlangan umum- milliy bozorni yo„q bo„lishiga olib kelishi mumkin edi. 
Bir necha yillarga mo„ljallangan halq xo„jaligini tartibga solish rejasi ishlab 
chiqilib, bunda sanoat qurilishlarishni konservatsiya qilish ham mavjud bo„lib, bu 
narsa qoloq rayonlarda ham olib borildi. Natijada umumiy ishlab chiqarishni 
joylashtirishda disproporsiyalarni (nomutanosibliklar) yechish jarayonini ko„p 
yillarga kechiktirdi. 
Uning ustiga 1960-1970 yillarda sobiq SSSR bilan munosabatlarni 
keskinlashuvi. XXR si rahbariyatini “urushga tayyorgarlik ko„rishga, okoplarni 
chuqurroq qazishga va don bilan ehtiyot shart ta‟minlashga” undadi. Buning 
natijasida, yuzlab korxonalar, birinchi navbatda harbiy korxonalar mamlakat 
ichkarisiga zudlik bilan ko„chirishni amalga oshirilishi, bu bema‟no “strategik” 
operatsiya, mamlakatga yana ulkan zarar keltirdi. 
Mana shu yuqorida ta‟kidlangan xususiyatlar Xitoy xukumatini mintaqaviy 
siyosatini shakllanishida va ishlab chiqarish kuchlarini rasional joylashtirishda 
ulkan rol yo„nadi. 

Download 326.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling