2-mavzu. Ma’muriy-hududiy bo„linishi va Xitoyning iqtisodiy- geografik joylashuvi Darsnin maqsadi


Download 326.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana06.05.2023
Hajmi326.8 Kb.
#1432883
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu Ma’muriy hududiy bo‘linishi va Xitoyning iqtisodiy geografik (2)

Infratuzilmaning rivojlanishi. Mamlakat mintaqalarida ahamiyatli tarzda 
ko„proq daromadlarni keltiruvchi tarmoqlarga asosiy investisiyalar hajmining 
quyilishini ko„zda tutish bilan birga, ijtimoiy soha korxonalarini rivojlantirish 
loyihalarini ham esda tutish muhimdir.Xususan, transport, kommunikatsiya, 
energetika, suv va elektr bilan ta‟minlash va boshqalar. Keng ma‟noda ular 
qatoriga yana ta‟lim, sog„liqni saqlash, qonunni va umumiy tartibni ta‟minlash 
ham kiradi. Ushbu yuqorida ta‟kidlangan xizmatlar tashqaridan import qilinmaydi 
va ular davlat yoki jamiyat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur 
infratuzilma tarmoqlarining cheklanganligi qoloq mintaqalarga xos bo„lgan 
belgilardir. 
Bunga 
ko„pgina 
nisbatan 
rivojlangan 
mintaqalardagi 
infratuzilmalarning yetarli emasligin ularning umumiy rivojlanishiga to„sqinlik 
qiluvchi omillar hisoblanadi. Infratuzilmalarni rivojlantiruvchi loyihalarga 
investisiyalarni jalb etishni kengaytirish juda ham yaxshi natijalarni bermoqdadir.
Iqtisodiyotni ixtisoslashtirish Mintaqalarning nisbatan ustunliklarini 
mavjudligi uning iqtisodiyoyohtini yuqori darajada ixtisoslashtirishga olib kelishi 
mumkin. Unda ikkita holatni ta‟kidlash mumkindir:

birinchidan, ushbu ustunliklar strategik siyosat yo„nalishlarini konstektida 
ko„rish mumkin; 

ikkinchidan, mintaqaviy tarmoqlar .ixtisosligi asosida nisbatan ustunliklarni 
hisobga olish imkoniyatlarini ko„rib chiqish; 



mintaqaviy o„sishni qo„llab-quvvatlashning samarali vositasi bo„lib 
mahsulotlar, ishchi kuchi va investisiyalarning xarakati xizmat qiladi. 
Texnologik 
va 
tizimiy 
innovatsiyalar
Mintaqaviy 
iqtisodiyot 
innovatsiyaning 2 shakli bilan bog„liqdir: ular: taraqqiyotning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi , ya‟ni, texnologik va tizimiy bo„lgan shakllarga 
bog„liqdir. 
Texnologik innovatsiyalar ishlab chiqarish tarkibiga doimiy ravishda asosan, 
yangi va yuqori texnologiyalarni o„zlashtirish natijasida o„zgartirishlar kiritadi. 
Innovatsiyalar: 

birinchidan, mintaqaning ustuvor resur salohiyatini real iqtisodiy salohiyatga 
aylantiradi.

ikkinchidan, ushbu progressiv texnologiyalar yetishmayotgan mintaqaviy 
resurslarni birlashishga va ularni o„rnini qoplashga xizmat qiladi; 

uchinchidan, texnologik innnovatsiyalar ishlab chiqarishni xududiy 
joylashtirishga ta‟sir etuvchi muhim omildir; 

to„rtinchidan, mintaqada urbanizatsiya jarayoni tezlashadi; 

beshinchidan, mintaqaning nisbatan ustunligidan foydalanishning modeli 
shakllanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi - bu innovasion 
tizimlar hisoblanadi. Xitoyda ular iqtisodiy tizimni transformatsiyalashni tezroq 
tugatishga yo„naltirilgan bo„lib, bunda mulk islohotlari asosiy bo„g„in bo„lib 
xizmat qiladi. Mamlakatdagi korxonalar bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib,
islohotlar uning faoliyat ko„rsatishi uchun asosiy sharoitlarni belgilab beradi va shu 
bilan birga, ularning mustaqil iqtisodiy manfaatlarini hamda mulk huquqini tan 
oladi. Mana shuning uchun albatta kerakli huquqiy va institusional ta‟minotni 
shakllantirish lozimdir.. 
Tizimiy optimallashtirish – bu birlashtirilgan jarayon bo„lib, unda asosiy 
xarakatlanuvchi kuchlar davlat va bozor hisoblanadi. Iqtisodiyotning davlat va 
bozor tomonidan tartibga solinishi bir-birini to„ldirishi va bir-biriga mos bo„lishi 
lozimdir. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi bozor mexanizmini faoliyat 


ko„rsatishiga yordam berishi lozim. Lokal darajada u resurslar bilan ta‟minlashni 
boshqarishdan iborat bo„lishi kerakdir. Xitoyning mintaqaviy hukumat organlari 
hozirda o„z e‟tiborlarini ko„proq mahalliy resurslarni taqsimlashga va joylarga 
xorijiy 
kapitalni 
jalb 
qilishga 
qaratmoqdalar. 
Markaziy 
va 
mahalliy 
hukumatlarning iqtisodiy vazifalarini amalga oshirilishi uchun bozor talabidan 
kelib chiqib, ularning har qaysisining iqtisodiyotga aralashuv darajasi va usullarini 
aniq asoslab olish lozimdir. Mintaqalar darajasidagi iqtisodiy rivojlanish uning 
maqsadga yo„naltirilgan siyosati va boshqarilishiga bog„liqdir. Xitoyning umumiy 
maqsadga yo„naltirilgan siyosati quyidagilarni o„z ichiga oladi: 

Sharqiy mintaqadagi makroiqtisodiy vaziyatni yanada yaxshilaydigan 
yuqori iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish; 

aholining qashshoq qismiga yordam berishga urg„u qo„ygan holda,
mamlakatning Markaziy va G„arbiy xududlarini rivojlanishini tezlashtirish; 

qashshoqlikka qarshi kurash mintaqaviy dasturining samarasini 
oshirish. 
Mamlakatdagi soliq, moliya, sanoat ishlab chiqarish siyosatini amalga 
oshirishda asosiy masalalar qatoriga davlat byudjetining daromadlar qismidagi 
transfert to„lovlari tizimini tashkil etishni, ulardagi infratuzilmalarni 
takomillashtirishni, sarmoyalar dinamikasini va ishchi kuchidan foydalanishni 
yaxshalashni qo„yish mumkindir. Mintaqaviy va tarmoq boshqaruv organilari 
vazifalariga tarmoqlararo aloqalarni bir-birini to„ldirgan va birlashgan holda, 
koordinatsiya va kooperatsiya yo„li bilan muammolarni hal etish kiradi. Ularning 
barchasi esa, mamlakatdagi iqtisodiy qonuniyatlarni rivojlantirish asosida va 
bozorni kengaytirish hamda takomillashtirish asosida, ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishni ko„zlaydi. 

Download 326.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling