Ma’ruzalar matni 8-mavzu. Bilimlar – iqtisodiyotda raqobatbardoshlik ustunliklarini ta’minlash omili sifatida


Download 0.49 Mb.
bet1/11
Sana20.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1285124
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.Bilimlar iqtisodiyoti - Copy (9) - Copy (1)




Ma’ruzalar matni

8-MAVZU. BILIMLAR – IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIK USTUNLIKLARINI TA’MINLASH OMILI SIFATIDA.


8.1. Konstruktorlik va texnologik – loyihalashtirish tashkilotlari.
8.2. Innovatsion - investisiya loyihalarining axborot ta’minoti.
8.3. Innovatsion texnologiyalarni takomillashtirishda gender muammosi.
8.4. Innovatsion faoliyatni tashkil etishning asosiy shakllari.

Tayanch iboralar: gender muammo, konstruktorlik, loyihalarining axborot ta’minoti, model, telekommunikasiya, reklamachi, texnolog, marketolog, konstruktor, Total Cost Ownership, tadbirkor tiplar, Konservativ, Texnologik tiplar, uy bekalari tipi.




8.1.Konstruktorlik va texnologik – loyihalashtirish tashkilotlari
Innovatsion faollikni rag’batlantirish uchun turli mamlakatlarda fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulotni o’zlashtirishda o’ta zarur hisoblangan turli imtiyozlar va prefeksiyalar qo’llaniladi. Ular egiluvchan, tanlovli, muddatni uzaytirish, soliq kreditlari, tezlashtirilgan amortizasiya ko’rinishida amal qiladilar . 2-jadval
Asosiy rivojlangan mamlakatlarda Ilmiy tadqiqot va tajribaviy – konstruktorlik ishlariga (ITTKI) soliq imtiyozlari.

Mamlakatlar

Soliq undurmalarining ITTKI xarajatlariga nisbati

Soliq undurmalarining eng ko’p miqdori

Yaponiya

Yirik kompaniyalar-8-10%, Kichik va o’rta kompaniyalar- 12%

2008 yilgacha – soliq to’lovlari summasining 20%i; 2008 yildan boshlab yirik kompaniyalar soliq to’lovlari summasining 30%i, kichik va o’rta kompaniyalar soliq to’lovlarining 100%gacha

AQSh

Umumiy summadan 3-5%, me’yordan oshuvchi xarajatlarga 20%

Soliq to’lovlari summasining 25%

Kanada

Umumiy summadan 20%

Mavjud emas

Buyuk Britaniya

Umumiy summadan 8,4%

Mavjud emas

Fransiya

Umumiy summadan 10%

16 mln.yevro

Xitoy

Umumiy summadan 15%

Mavjud emas

Shunday qilib, mamlakat raqobatbardoshligini oshirish, uning samarali ilmiy tadqiqot hamkorligi yo’nalishida rivojlanishining eng muhim omili bo’lib innovatsion jarayonlarni (shu jumladan mintaqalar darajasida) amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy muhitni yaratishga qaratilgan, fan va ishlab chiqarish o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib davlatning innovatsion siyosati hisoblanadi. Shuningdek, innovatsion siyosatni shakllantirishda mamlakat-ning rivojlanish strategiyasini tanlash o’ta muhim. Shulardan kelib chiqqan holda davlat innovatsion siyosatning ikki asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin:


1. Bosh maqsadi mamlakat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan innovatsion yo’nalishlarni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’lgan, umummilliy ahamiyat kasb etuvchi ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni bajarishga yo’naltirilgan model.
2. Bosh maqsadi yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish bo’lgan, ilmiy - texnik bilimlarni yoyishga yo’naltirilgan model.
So’ngi yillarda O’zbekiston Hukumati innovatsion faoliyatni jadallashtirishni barqaror iqtisodiy rivojlanishning bosh dvigateli sifatida faol ko’rib chiqmoqda, innovatsion texnologiyalar va fanni rivojlantirish masalarini muhim davlat ustuvorliklari qatoriga qo’ymoqda3.
3. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston respublikasi Konstitusiyasining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali majlisdagi ma’ruzasi; birinchi prezidentning “Ishlab chiqarishga innovatsion loyihalar va texnologiyalarni joriy qilishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi PQ – 916, 15.07.2008 y. Qarori; birinchi prezidentning “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatadan qayta qurllantirish bo’yicha muhim loyihalarni amalga oshirish choralari dasturi to’g’risida”gi PQ – 1072, 12.03.2009 y. Qarori. 4 O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining “O’zbekiston Respublikasi sanoatini 2011 – 2015 yillarda rivojlanish ustuvorliklari to’g’risida”gi PQ – 1442, 15.12.2010 y. Qarori.
2006 - 2010 yilar davomida innovatsion faoliyatning ilmiy - texnologik bazasini takomillashtirish va moliyalashtirish, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo’yicha qator chora - tadbirlar ko’rildi, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiya qilish bo’yicha davlat dasturlari qabul qilindi, ishlab chiqarishni mahalliylashirish dasturlari amalga oshrildi. Jumladan, Fan va texnika bo’yicha Davlat Qo’mitasi qayta tashkil qilindi, texnologiyalar transferi bo’yicha markazlar institusional mustahkamlandi, 2007 yildan boshlab har yili Sanoat yarmarkasi va 2008 yildan boshlab esa – Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi tashkil qilinmoqda. Iqtisodiyotning real sektorida umumiy qiymati 21 milliard AQSh dollariga teng bo’lgan keng qamrovli iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiya qilish dasturini, o’rta muddatli davlat investisiya dasturini amalga oshirish mo’ljallangan.
Biroq, innovatsiyalarning mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini rivojlantirish, inson taraqqiyoti darajasini oshirish, mehnat unumdorligini o’stirishdagi hissasi o’sishi to’g’risida xulosa chiqarish uchun O’zbekistonning innovatsion rivojlanishi bo’yicha to’la miqyosli o’rta va uzoq muddatga ega bo’lgan strategiyali davlat innovatsion siyosati ishlab chiqish zarur. Mazkur innovatsion siyosatning bosh iqtisodiy maqsadi bo’lib milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va buning natijasida aholi farovonligini oshirish va turmush darajasini yaxshilash bo’lishi kerak. Ushbu asosiy maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
- mamlakat iqtisodiyotida fan sig’imkorligi ko’p bo’lgan va yukori texnologiyali sektorlar xissasini oshirish va eksport siyosatini homashyo eksportidan yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot eksportiga bosqichma - bosqich yo’naltirish;
- innovatsion - faol institutlarni tashkil etish;
- ta’lim, fan va biznes o’rtasidagi yaqin hamkorlik va ITTKIga investisiyalaridan samarani oshirish;
- ishlab chiqarish omillari unumdorligining umumiy o’sishi;
- “bilimlar iqtisodiyoti”ni shakllantirish uchun inson kapitaliga investisiyalarni ko’paytirish.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling