Ma’ruzalar matni 8-mavzu. Bilimlar – iqtisodiyotda raqobatbardoshlik ustunliklarini ta’minlash omili sifatida
Innovatsion texnologiyalarni takomillashtirishda gender muammosi
Download 0.49 Mb.
|
9.Bilimlar iqtisodiyoti - Copy (9) - Copy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konservativ
- Tadbirkor tiplar
- Texnologik tiplar
- Uy bekalari tipi
8.3. Innovatsion texnologiyalarni takomillashtirishda gender muammosi
Har bir alohida ijtimoiy - iqtisodiy tuzum, ijtimoiy shart - sharoitlar o’z davrining vakillari ruhiyatiga tasir ko’rsatmay qolmaydi. Har bir shaxs o’ziga xos bir dunyo, noyob va qaytarilmas mavjudot bo’lgani bilan u o’z yon atrofida sodir bo’layotgan barcha hodisa va voqyealarning ini’kosi hamdir. Mustaqillikning 25 yillik davrida yurtimizda amalga oshirilayotgan buyuk bunyodkorlik va olamshumul islohotlar o’zbekistonlik xotin-qizlarning milliy qiyofasi va xarakterida ham ijobiy o’zgarishlar ro’y berishiga olib keldi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tayotgan mustaqil yurtimizdagi jamiyat azolarining milliy o’zligi va xarakterini shakllantiruvchi omillarni bilish, uning o’zgarishi va rivojlanishi tendensiyalarini bashorat qilish jamiyatni boshqarish, unda kamol topayotgan yosh avlod barkamolligini taminlashning kafolatlaridandir. Muammolar orasida qizlarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlash, bunda ularning psixologik jinsiga aloqador ijtimoiy psixologik holatlarni inobatga olgan ta’lim texnologiyalarini tashkil etishga xizmat qiladigan dasturlar yaratish masalasi bizning nazarimizda amaliy ahamiyatga molik yo’nalishlardan hisoblanadi. Xo’sh, bunda qaysi ijtimoiy psixologik omillarga birinchi navbatda e’tibor qaratish lozim? Bizningcha, biz tadqiqotchilar birinchi navbatda bugungi qizlarimiz psixologiyasidagi yetakchi motiv va shaxs xususiyatlarini o’rganishdir. Birinchidan, iqtisodchi qizlarning xarakter xususiyatlarida o’ziga xoslik mavjudmi, degan savolga nazariy va amaliy javob qidirdik. Zero, bu tushuncha psixologiyada inson ruhiyatiga aloqador bo’lgan eng ananaviy va qadimiy tushunchalardan. Lekin shunday bo’lsa ham bu tushuncha o’zining tugal yechimini topgan deb aytish qiyin. Gap shundaki, bu tuzilma eng o’zgaruvchan va beqarordir. Shuni alohida takidlash lozimki, alohida shaxsning xarakterologik sifatlari bilan u mansub bo’lgan yaxlit millat yoki psixologik jins sifatlari (ayollik) o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Milliy xarakterni o’rganishning mezonlari yoki tamoyillari to’g’risida gap ketganda, asosiy fikr shuki, uning ustuvor sifatlari jamiyatda davr taqozosi bilan sodir bo’ladigan muhim voqyealar, hodisalar, jarayonlar, faoliyat turlari va o’zligiga munosabatiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, mustaqillik yillarida shakllangan munosabatlarni olaylik. Xalq bu buyuk nematni mustaqillikning ilk davrlarida uning butun qadr-qimmati bilan baholay olmagan bo’lsa ham, qisqa o’tgan davrda mustaqillik yaratgan imkoniyatlardan manfaatdorlik ruhi shakllanib borgan sari o’zbekistonlik xotin-qizlar ham dadilroq, erkinroq, mustaqilroq, tadbirkorroq, samimiyroq shu bilan birga o’z maqsadlari sari dadil intiladigan, bu yo’ldagi to’siqlar yoki qiyinchiliklardan cho’chimaydigan bo’lib bormoqda. Shu o’rinda biz nazariy va tahliliy jihatdan yurtdoshlarimiz bo’lgan xotin-qizlarni xarakteriga ko’ra quyidagi guruhga bo’lib o’rgandik: 1. Konservativ psixologiyani o’zida mujassam yetuvchilar guruhi. Ular turli an’ana va udumlarga to’la ergashuvchilar, konservativ fikrlaydigan, turli fikr va qarashlarga nisbatan ehtiyotkor, o’z mahallasi va oilaviy munosabatlarga tez moslashadiganlar. Chunki ular “ko’pchilik haq” degan falsafaga tayanib yashaydilar. 2. Tadbirkor tiplar - ular o’zi va o’z maqsad - ehtiyojlariga yo’nalgan, zamona zaylini tez anglaydigan, tadbirkor-tavakkalchi, o’zini va o’zidagi sifat hamda fazilatlarni o’zgalarga pozitiv nuqtai nazardan namoyon eta oladigan, o’z oldiga uzoqni ko’zlagan maqsadlar qo’ya oladiganlar tipi. Ularda iqtisodiy tafakkur kuchli rivojlangan va har qanday harakatlarning moddiy va ma’naviy qiymatini tushunadi. Ta’kidlash lozimki, muhtaram yurtboshimiz I. Karimov tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilingan joriy 2011 yilda tadbirkor xotin-qizlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, oilaviy biznesda ularning ulushi va salohiyatli juda sezilarli. Yaratilayotgan yangi ish o’rinlarini egallayotganlar ham, ularni biznes subyektlari sifatida yaratayotganlarning salkam yarmini tadbirkor xotin-qizlar tashkil etmoqda. 3. Texnologik tiplar yangicha texnologik o’zgarishlarga o’ch, jamiyatning taraqqiyotini his qiladigan, ko’proq uning talablariga moslashgan, doimo yangilikka intilgan, axborot texnologiyasi sohasida erkaklar bilan teppa-teng fikrlaydiganlar tipi. Ular yangidan yangi firmalarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqdalar. Chunki bunday ayollar hattoki uy yumushlarini bajarishda ham fan va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga tayanib ish ko’rishni afzal ko’radilar, yangicha ishlashga, yaxshigina sarmoya topishga, korporativ hamkorlikka moyil ayollardir. 4. Uy bekalari tipi. Bu tipga moyillar qiz bolalik davridanoq bilinadi. Ular faqat uy-ro’zg’or bilan bog’liq malakalarga ega bo’lishni afzal ko’radilar va turmush qurgach ham faqat oilaviy o’zaro munosabatlarda usta bo’lishni xohlaydilar, yaxshi, sog’lom farzandlar tug’ib, ularni sog’-salomat voyaga yetkazish ham ularning muddaolari. Aytish joizki, bu tip ham jamiyat uchun kerak, chunki ular butun umrlarini oilaga bag’ishlash, bola tarbiyasini ustuvor bilganlari bois farzandlar barkamol va sog’lom bo’ladi. Faqat davr talabi shuki, ular aqlli, ma’naviyatli va sog’lom farzand o’stirishlari uchun o’zlari bilimli, malakali, savodxon bo’lishlari kerak. Shu bois uy bekalarining ko’pchiligi bajonidil turli o’quv markazlarida malakalarini oshirmoqdalar. Har bir ajratilgan tiplarda ham ijobiy, ham salbiy sifatlar mavjud. Masalan, birgina mulkka munosabatni oladigan bo’lsak, birinchi toifa vakillari ruhiyatida “kichkina odam” psixologiyasi ustun bo’lgani uchun ham ular el qatori hayot kechirish, boriga shukur qilish, bir-birlariga qarab moslashuvchanlikni namoyon qiladilar. Bularni qishloqlarimizda hayot kechirayotgan ko’pchilik tashkil yetib, turmush tashvishlari haqida qayg’urishni ham ular boshqalarga-liderlarga ishonib topshiradilar. Ikkinchi toifa esa mulkni (mablag’lar, moddiy boyliklar) shaxsiy manfaatiga bevosita xizmat qildira oladi, mulkka egalik hissi ularda to’g’ri mehnatni tashkil qilish, o’z vaqtida dam olish va tashkilotchilik hamda liderlik sifatlarini to’la ko’rsatishga intilishni keltirib chiqaradi. Hozirgi fermer ayollarning aksariyati ana shunday sifatlar sohiblaridir. Ijtimoiy xarakterning an’anaviy sifatlari, ya’ni, milliy rasm-rusmlar tufayli avloddan avlodga o’tib kelayotgan sifatlar - samimiyat, soddalik, kamtarlik, mehmondo’stlik, ochiqko’ngillik, ishonuvchanlik, shirinsuxanlik, ta’sirchanlik, oilaparvarlik, ilm va ziyoni qadrlash va hokazolarni saqlashda ham o’zbekistonlik xotin-qizlarning o’rni va roli sezilarli. Bundan tashqari, ular ayni shu o’zbekona va sharqona sifatlarni o’z farzandlari ongiga singdiruvchi va avloddan avlodga yetkazuvchi shaxslardir. Biz yuqorida ajratgan toifalar birinchidan, jamiyatimiz hayotida xotin-qizlarning o’rnini bildiruvchilar sifatida yon-atrofidagi qizlar tarbiyasiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatuvchilardir. Iqtisodiyot yo’nalishida mutaxassis bo’lishni niyat qilgan talaba qizlar ham o’z ijtimoiy xulq-atvorida u yoki bu toifa psixologiyasi ta’sirida bo’lganlar, desak xato bo’lmaydi. Lekin yangicha ta’lim texnologiyalariga, innovatsion va yuqori texnologik ta’lim dasturlariga asoslangan o’quv muassasasi qizlardagi shaxsiy sifatlarni maqsadli tarzda shakllantirishi va ulardagi gender tafovutlarni faoliyat va kelgusidagi oilaviy hayot manfaatlariga zid bo’lmagan tarzda tarbiyalashga xizmat qilishi mumkin. Chunki mustaqillik yillarida uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida ishlarimizni samarali tashkil etishda yangi innovatsion texnologiyalarni dadil qo’llayotganligimiz, bunda zamonaviy o’qitish texnologiyalarini jamiyatimizda asrlar davomida qadrlanayotgan ma’naviyatimiz durdonalari, ta’lim va tarbiya borasida orttirgan milliy tarbiya uslublarimiz bilan uyg’unlashtira olayotganligimiz ham ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bunda ijtimoiy psixologik texnologiyalarning ahamiyati ham kattadir. Uzluksiz ta’limni isloh qilishda psixologiya fanining roli shunda namoyon bo’ladiki, yaxshi pedagog avvalo ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning ichki olamini, psixologiyasini, ijtimoiy xulqiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mahoratini egallagan bo’lishi, bunda talabalarning gender hususiyatlarini ham inobatga olishi lozim. Iqtisodiyot yo’nalishida kasb ta’limi sohasini tanlagan qizlardagi psixologiyaning o’ziga xosligi nimada? Avvalo shuni e’tirof etish lozimki, iqtisodiyot yo’nalishida kasb ta’limini tanlagan talaba-yoshlar jinsidan qat’iy nazar, o’zlarini iqtisodchi sifatida idrok etadi va bu tanlov tasodifiy bo’lmaydi. O’tkazilgan ko’plab tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ushbu sohani tanlagan yigit-qizlarning aksariyati uchun o’z oilasi va ota-onalarning nima bilan mashg’ul bo’lishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. O’tkazilgan tadqiqotlar otaning o’g’ilga, onaning esa qizga ta’siri bevosita ekanligini isbotladi. E’tiborlisi shundaki, oiladagi demokratik munosabatlar, ya’ni, o’zaro hurmat, totuvlik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, mas’uliyatlilikni rag’batlantirish kabilar bolada ilk yoshligidanoq to’g’ri iqtisodiy tafakkurning rivojiga ijobiy ta’sir etadi. Odatda ota yoki ona bolaga nisbatan zug’um qilgan, avtoritar munosabatlar ustuvor bo’lgan oiladan yaxshi iqtisodchi chiqmaydi. Demak, yoshlarda to’g’ri iqtisodiy tafakkur va tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishning dastlabki omili – oila va oilaviy munosabatlardir. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling