Nazorat uchun savollar
1. Qanday konstruktorlik va texnologik – loyihalashtirish tashkilotlari mavjud?
2. Ilmiy-texnik loyiha bilan axborot investiiyaviy loyihalar orasidagi farqni sharxlab bering.
3.Innovatsion iqtisodiyotni taraqqiqqiy topishida gender munosabatlar?
4. Bugungi kunda eng to’liq va foydalanish uchun qulay ma’lumotlar bazalarini ko’rsatib bering.
5. Patent, lisenziyalarni chet yelda patentlashga qo’yiladigan talablar?
Asosiy adabiyotlar
Шумпетер Й. Теория экономического развития. – М.: Прогресс, 1982.
В.В.Глухов,С.Б.Коробко,Т.В.Маринина. Экономика знаний. –Пб.:Питер, 2003.–528с:ил.– (Серия«Учебноепособие»).
Управление знаниями: учебное пособие / В. В. Ефимов. – Ульяновск: УлГТУ, 2005.-111 с.
Кастельс М. Информационная эпоха. Экономика, общество, культура. – М.: ГУВШЭ, 2000.
Гапоненко А. Л. , Орлова Т.М. Управление знаниями / Как превратить знания в капитал. Полный курс МВА – М.: ИПК Госслужбы, 2008.
Глухов В. В., Коробко С. Б., Маринина Т. В. Экономика знаний. – СПб.: Питер. 2003.
Друкер П.Ф. Бизнес и инновации. Пер. с англ. – М.: «Вильямс», 2009.
9-MAVZU. INNOVATSION KLASTER
9.1. Innovatsion g’oya, ishlama va texnologiyalarni xalq xo’jaligiga transfer qilishda klaster usullardan foydalanish.
9.2. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish.
9.3. Klaster usulida joriy qilingan innovatsion texnologiyalarni iqtisodiy samaradorligi.
Tayanch iboralar: Innovatsion faoliyat, innovatsion g’oya, zamonaviy innovatsiya, klaster, talab, uchta asosiy yo’nalish, an’anaviy yo’nalish, zamonaviy yo’nalish, istiqbolli, ustuvorlik yo’nalishlari.
9.1. Innovatsion g’oya, ishlama va texnologiyalarni xalq xo’jaligiga transfer qilishda klaster usullardan foydalanish
Klaster usullari quyidagilarni ta’minlaydi:
- zamonaviy innovatsion ishlamalarni ishlab chiqarishga yo’naltirilganda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni raqobatdoshligini oshirish uchun foydalaniladigan barcha axborot vositalaridan unumli foydalanish va ular orqali korxonada xizmat qilayotgan barcha mutaxassislarni axborot bilan ta’minlash va mahsulot ishlab chiqarishda klaster talablarini ta’minlagan hodimlarni rag’batlantirish;
- ishlab chiqarish firmalarini innovatsion ko’rsatkichlarini o’sishi, tezlik bilan yangi texnologik bilimlarni tarqalishi hamda raqobatdoshlik bosimi boshqa firmalarni ham innovatsion faoliyatlardan foydalanishga undaydi;
- ishlab chiqarish firmalari yangi innovatsion ishlamalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishi natijasida yangi ishlab chiqarish firmalarni bunyod yetilishi tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |