Ma’ruzalar matni 8-mavzu. Bilimlar – iqtisodiyotda raqobatbardoshlik ustunliklarini ta’minlash omili sifatida


Innovatsion loyihaning tarkibiy modeli


Download 0.49 Mb.
bet3/11
Sana20.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1285124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.Bilimlar iqtisodiyoti - Copy (9) - Copy (1)

Innovatsion loyihaning tarkibiy modeli. Bunda bu tizimlarning har biriga xos bo’lgan turli boshqarish mexanizmlari qo’llaniladi. Bu tizimlarni biriktirish murakkabligi ularning har birida o’zining yondashishi bilangina emas, shu bilan birga bu tizimlarning har birida natijalarni va oraliq ma’lumotlarni taqdim etish usullari turlichaligi bilan ham bog’liqdir. Bu innovatsion loyihani shaklan qo’yish tizimli model ishlanmasi masalasini murakkablashtiradi.
Oxirgi paytlarda innovatsion loyihalar va jarayonlar modellari paydo bo’la boshladi. Dastlab tarkibiy, hozir esa matematik, imitasion va axborot modellari dunyo yuzini ko’rdi. Tashqi muhit to’g’risida axborotlarni to’plash osonlashgani va uni shakllantirishni o’rganilganligi uchun ham mumkin bo’ldi. Yaratilayotgan modellarning muhit bilan yetarlicha kelishilgan darajasi paydo bo’ldi. Shu asosda innovatsion loyihalar uchun ham texnik tizimlarni modellashda an’anaviy qo’llaniladigan usullar qo’llana boshlandi, innovatsion loyiha tenglamalar, reaksiyalar, ta’sirlar va parametrlar nuqtai nazaridan ko’rila boshladi1.
Modellash muammosini yechish modellashtirilayotgan jarayonning asosiy xossalarini tahlil etishga asoslangan. Tanlangan modellashtirish usuli va uslubi matematik modellashtirish va uning elementlarini yaratish va qo’llash orqali boshqarish qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish dolzarb masalasini yechish imkonini berishi shart. Innovatsion dasturlar va jarayonlarni yoritgan ilmiy - texnik adabiyotlarda boshqaruvchi bajarishi shart bo’lgan bir qancha bosqichlar va funksiyalar keltirilgan. Qarorlarni asoslash, ekspertiza o’tkazish va tanlov asosida tashabbusli takliflarni saralash har bir bosqich uchun umumiy sanaladi.
Informasion muhit yangiliklarini ishlab chiqish va joriy etish jarayonlarining muhim qismi hisoblanib, o’zining shakllanishi va saqlanishi uchun innovatsion faoliyatning barcha bosqichlarida sezilarli kuch va resurslarni talab etadi. Ko’rinib turibdiki, innovatsiya to’g’risida qarorlar qabul qilishning axborotli ishlanmasi qanchalik chuqur bo’lsa, qaror qabul qilish shunchalik asoslangan bo’ladi. Buning natijasi o’laroq uning amalga oshirilishi muvaffaqiyatli bo’ladi. Yetarlicha bo’lmagan axborot ta’minoti yangiliklarni yutug’i tasodifan bo’lishiga, ba’zi hollarda esa yetarli bo’lmagan voqiflik natijasida ma’lum omillarni e’tiborga olmaslik innovatsiyalardan ularni joriy etishning oxirgi bosqichlarida voz kechishga olib keladi. Ilmiy innovatsion sohaning informasion infratarkibining rivoj-lanishi va takomillashtirilishi ko’p rejali majmuiy xarakterga ega va quyidagi yo’nalishlar orqali olib boriladi:
- innovatsion jarayonning turli bosqichlarini samarali axborotli ta’minlash maqsadida davlat ilmiy-texnik axboroti va informasion resurslar rivojlanishini takomillashtirish;
- zamonaviy telekommunikasion texnologiyalarni qo’llash orqali kompyuter tarmog’ini rivojlantirish. Bu holda innovatsion jarayonning barcha qatnashchilari samarali o’zaro hamkorligi ta’minlanadi;
- ilmiy innovatsion soha infratarkibining axborotli samarali ishlashini oshiruvchi yangi informasion texnologiyalarni ishlab chiqish va qo’llash.
Innovatsion faoliyatni axborot jihatdan qo’llab-quvvatlashni ta’minlash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- dolzarb yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni bajaruvchilar imkoniyatlarini va ilmiy-texnik natijalar bank ma’lumot-larini yaratish va to’ldirish;
- yiroqdagi informasion markazlar va ma’lumotlar bazalari bilan aloqa o’rnatish, shu bilan birga xorijiy telekommunikasion tizimlarni qo’llash orqali;
- innovatsion faoliyat sohasida manfaatdor tashkilotlar va shaxslarni informasion baza ma’lumotlari (IBM) va internet informasion resurslariga kira olishini ta’minlash;
- ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishdan manfaatdor bo’lgan tashkilotlar va jismoniy shaxslar uchun ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqish bo’yicha innovatsion loyihalar, takliflarni qidirish va saralash;
- ilg’or firmalarning tovarlariga bo’lgan ehtiyojlar bank ma’lumot-larini yaratish va to’ldirish va h.k.
Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish mobaynida korxona va tashkilot rahbarlari va mutaxassislariga hamda mustaqil ravishda shug’ullanayotgan jismoniy shaxslarga turli qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga to’g’ri keladi. Bu holda quyidagilarni ta’minlash lozim:
- innovatsion jarayonning har bir qatnashchisiga umumiy va maxsus axborotlarni olish imkoniyati;
- ilmiy-texnik ishlanma haqidagi ma’lumotlarni oshirish imkoniyati; - qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan turli axborot manbalariga kira olishni, ular mavjud bo’lmagan holda esa bu axborotlarga ega bo’lgan kontragentlarga yo’llash;
- ba’zi "intellektual" funksiyalarni bajarish. Avvalambor, innovatsion jarayonni joriy etish mobaynida muhim qarorlarni qabul qiluvchi quyidagi shaxslar axborot bilan ta’minlanishi lozim: innovatsion loyihaning ilmiy rahbari; innovatsion menejer; ilmiy izlanuvchi; konstruktor; texnolog; loyihachi; marketolog; reklamachi; huquqshunos; metrolog; moliyachi; iqtisodchi; logistik; innovatsion korxona rahbari - yangi mahsulot xizmat iste’molchisi. Innovatsion jarayonning mazkur qatnashchilari ta’minlanishi shart bo’lgan tashqi axborotning tarkibi bir nechta omillar guruhlari bilan aniqlanadi: birinchidan, innovatsion jarayon qatnashchilari tomonidan hal etiladigan masalalar turlari.
Bular tarkibiga ko’p marotaba va bir marotaba yechiladigan masalalar kirishi mumkin; ikkinchidan, qatnashchilar ishlab chiqadigan qarorlar xarakteri. Bu turdagi masalalarni yechish uchun maxsus usullar qo’llanilishi mumkin; uchinchidan, innovatsion jarayon qatnashchilarining axborotli ehtiyojlarining ular tomonidan masalalarni hal etish usullariga bog’liqligi; to’rtinchidan, qatnashchilarning mustaqil ravishda maxsus kerakli ma’lumotlar bazasini yaratish va saqlab turish imkoniyati; Bu holda tizim doirasida, birinchi navbatda, innovatsion jarayonning bir qancha qatnashchilariga masalalarni hal etish imkoniyatini beruvchi axborot massivlari shakllantirilishi lozim. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot muhim tovar turlaridan ekanligi nazarda tutilsa, innovatsion jarayon qatnashchilarining axborot ta’minoti muammosini yechish ularning moliyaviy imkoniyatlariga ko’proq bog’liq. Ularning ko’pchiligi uchun to’liq axborot massivlarini olish va mustaqil ravishda kerakli ma’lumotlarni izlashni amalga oshirish amaliy jihatdan mumkin emas. Shu bilan bir qatorda innovatsion jarayon qatnashchilariga turli axborot bazalaridan olinadigan ma’lumotlari kerak bo’ladi. Hozir har qanday yirik korxonani informasion tizimsiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axborot xom-ashyo, mehnat va kapital singari to’rtinchi yirik iqtisodiy omil sifatida shakllanmoqda. Amaliyotda informasion texnologiyalarni joriy etish loyihalari (IT-loyihalar) samaradorligini baholash asosiy tamoyillari bir nechtadir, ya’ni:
- IT - mutaxassislarining qarorlar qabul qilishda korxonaning qolgan bo’limlari menejerlari bilan hamkorligi;
- IT - loyihani mustaqil investision loyiha sifatida ko’rilishi; - mazkur kompaniya uchun chegaraviy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish; - loyihani qo’llash bilan bog’liq iqtisodiy foydani aniqlash;
- ko’zda tutilayotgan joriy etish natijalarini kompaniyaning strategik maqsadlariga uyg’unlashtirish;
- informasion texnologiyalarni joriy etish va qo’llashga tegishli barcha xarajatlarni hisobga olish. Samaradorlikni aniqroq baholash yuqorida qayd etilgan tamoyillarga amal qilingandagina mumkin.
U yoki bu IT - loyihani hayotga joriy etishga kirishishdan oldin ikkita savolga javob topilishi lozim:
“Korxona uchun amalda qanday ITlar kerak?” va “Mazkur IT - loyihani joriy etishdan korxona nima oladi?”
IT - loyihaga sarflarni baholashning keng tarqalgan instrumenti bu Total Cost Ownership - TCO (egalik qilishning tannarx usuli)dir. Bunda aniq baholashni olish uchun quyidagi ko’rsatkichlarni kiritish lozim:
- yangi tizimga o’tish tannarxi;
- ITni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan texnik va tijoriy tavakkalchilik;
- IT loyihani qo’llashga tegishli boshqa qo’shimcha xarajatlar.
ITni joriy etish maqsadlariga foydaning ortishi, xarajatlar va yo’qotishlar kamayishi, korxona zaxiralarini qo’llash kabilar kiradi. Bundan kelib chiqadiki, mumkin bo’lgan iqtisodiy foydani quyidagicha tasniflash mumkin:
- yalpi foydaning o’sishi; - moliyaviy barqarorlik, to’lov qobiliyati, rentabellik, faol ishchanlikning yaxshilanishi;
- xarajatlar va turli turdagi to’lovlarni kamaytirish; - raqobatbardoshlikning oshirilishi;
- korxonaning tashkiliy tuzilmasini optimallash va boshq. Faqat shu holdagina IT - loyihalarni ishlab chiqish va baholash texnologiyalarning yutuq va kamchiliklaridan kelib chiqib emas, balki kompaniya uchun samaradorligi nuqtai - nazariga ko’ra amalga oshiriladi. Bundan tashqari korxonada umumiy axborotlash strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Har bir joriy etilayotgan IT-loyiha shu strategiyaga mos kelishi kerak. Bayon etilgan tamoyillarni qo’llash joriy etilayotgan IT - loyihalar samaradorligini va korxona faoliyatiga ta’sirini keraklicha aniq baholash imkonini beradi. Bu kabi yondashish informasion texnologiyalarni boshqarishni taqozo etadi.
Informasion faoliyat holatining tahlilidan shu ko’rinadiki, innovatsion faoliyatni ilmiy - texnik axborotlar bilan tez va to’liq hajmda ta’minlash uchun bir qator masalalarni yechish lozim. Hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot muhim tovar turi hisoblanib, innovatsion jarayon qatnashchilarini axborotli ta’minoti muammosini yechish ko’p hollarda ularning moliyaviy imkoniyatlariga bog’liq. Ularning ko’pchiligi uchun amalda kerakli to’liq axborot massivlarini olish va kerakli ma’lumotlarni izlashni amalga mustaqil ravishda oshirish mumkin emas.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling