Ma’ruzalar matni 8-mavzu. Bilimlar – iqtisodiyotda raqobatbardoshlik ustunliklarini ta’minlash omili sifatida


Innovatsion - investisiya loyihalarining axborot ta’minoti


Download 0.49 Mb.
bet2/11
Sana20.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1285124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9.Bilimlar iqtisodiyoti - Copy (9) - Copy (1)

8.2. Innovatsion - investisiya loyihalarining axborot ta’minoti
Xalqaro yillik ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotning chorak qismi, ya’ni 6-7 trillion dollar tannarxidagi mahsulot bugungi kunda innovatsion ishlab chiqarish asosida yaratiladi. Bu esa iqtisodiyot tipining o’zgarishi, yangi texnologiya va mahsulotlarning paydo bo’lishi, innovatsion jarayonlar bilan bog’liq masalalar butun dunyoda yuqori diqqat - e’tiborga sazovor bo’lishiga olib kelmoqda. Mavjud xalqaro lisenziyalar bozori o’sish sur’ati bo’yicha an’anaviy tovarlar va xizmatlar bozorini 3-4 marta ortda qoldirmoqda.
Innovatsion ishlab chiqarishda qo’shimcha tannarx va foyda darajasi ko’proq kuzatilmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, texnologik yuksalishlar innovatsion texnologiyalarni qo’llash natijasida va ko’p hollarda rejasiz amalga oshirilgan. Faqat oxirgi texnologik yuksalishlar fanga ko’rsatilgan yuqori diqqat - e’tibor va kerakli sharoitlarni boshqarish texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilgan (XX asrning 60 - 70 - yillari Tayvanda, 1965 yil Singapurda, Buyuk Britaniya mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng, Xitoyda 1990 - 2000 yillarda). Korxonalarda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni boshqarish uzluksiz ravishda doimiy qarorlar qabul qilish va ularni qo’llash nazoratini amalga oshirish bilan bog’liq. Bu ikkala faoliyat turi tashqi muhit to’g’risida ham, korxona ichida yuz berayotgan jarayonlar to’g’risida ham ma’lum axborotlarni olish va qayta ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun, ichki va tashqi axborot muhiti mavjudligini e’tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki va tashqi axborot muhitida esa innovatsiyalar to’g’risida qarorlar qabul qilish va ularni bajarish nazorati haqida axborotlar albatta mavjud va katta miqdorda bo’ladi. Innovatsion ishlanmalarni joriy etish yo’lining uzunligi g’oyalarning kelajagi yoki ularni qo’llash imkoniyatlari bo’yicha gumonlar mavjudligiga bog’liq emas. Qiyinchiliklar g’oyalarning o’ta dolzarbligiga, ularni joriy etish juda ko’p sohalarni qamrab olishiga, mavjud faoliyat sohalariga ko’plab o’zgartirishlar kiritishga bog’liqdir (bular alohida o’rganiladi).

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling