TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA TANNARX VA UNI PASAYTIRISH YO’LLARI.
1. Korxona xarajatlarini bilish.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlariga yoki davr xarajatlariga aytiladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Bevosita xarajatlar bu korxonaning faqat mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish yoki qayta sotish uchun tovarlar xarid qilish jarayonida paydo bo’ladigan xarajatlaridir. Bu xarajatlar ko’rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan yoki qayta sotiladigan mahsulotlar hajmiga bevosita bog’liqdir.
Bevosita xarajatlar ikki kichik guruhga bo’linadi:
Bevosita moddiy xarajatlar: Mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan, xizmatlar ko’rsatishda ishlatiladigan qayta sotish uchun sotib olinadigan barcha xarajatlar bevosita moddiy xarajatlarga kiradi.
Bevosita mehnatga haq to’lash xarajatlari: Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlar va yordamchilar mehnatiga haq to’lash. Bunga ijtimoiy ta`minot xarajatlari ham kiradi.
Bilvosita xarajatlar – bu korxonaning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo’luvchi bevosita xarajatlarga kirmaydigan barcha qolgan xarajatlardir. Ularni bevosita biror mahsulot yoki xizmatga taalluqli deb bo’lmaydi: masalan, idora binolari ijarasi, buxgalterga ish haqi, bank kreditidan foydalanganlik uchun foizlar to’lash, telefon haqlarini to’lash, yong’indan sug’urtalash va avtomobilni sug’urtalash va hokazo.
2. Xarajatlari guruhlarga ajratish
Do'stlaringiz bilan baham: |