Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik oʻtkazuvchanlik nima?
Download 412.34 Kb.
|
Qayta topshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik oʻtkazuvchanlikning tezligi formulasi qanday
QATTIQ JISMLARDA ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIKIssiqlik oʻtkazuvchanlik nima?Qishda hammom plitkasida yurish yoqimsiz, chunki u gilamga qaraganda ancha sovuqroq. Bu qiziq, chunki gilam va plitkalar odatda bir xil haroratda (yaʼni xona haroratida) boʻladi. Biz guvoh boʻlgan bu hodisa turli xil materiallar issiqlikni har xil tezlikda oʻtkazishi bilan izohlanadi. Plitka va toshlar gilam va matolarga qaraganda issiqlikni tezroq tashiydi, shuning uchun qishda plitka va toshlar sovuqroq tuyuladi, chunki ular issiqlikni oyogʻingizdan gilamga qaraganda tezroq oʻtkazadi. Umuman olganda, elektr tokining yaxshi oʻtkazgichlari (mis, alyuminiy, oltin va kumush kabi metallar) yaxshi issiqlik oʻtkazgichlari hamdir, shu bilan birga, elektr tokining izolyatorlari (yogʻoch, plastmassa va kauchuk) esa issiqlikning yomon oʻtkazgichlaridir. Quyidagi rasmda har xil haroratdagi ikki jismning molekulalari koʻrsatilgan. Issiq jismdagi molekulaning oʻrtacha kinetik energiyasi sovuqroq jismga nisbatan kattaroq. Agar ikkita molekula toʻqnashsa, issiq molekuladan sovuq molekulaga energiya uzatiladi. Barcha toʻqnashuvlarning yigʻindisi issiq tanadan sovuqroq tanaga issiqlik oqimini keltirib chiqaradi. Biz jismlar orasida issiqlikning bunday uzatilishini issiqlik oʻtkazuvchanlik deb ataymiz. Surat: turli haroratdagi ikkita jismning molekulalari har xil oʻrtacha kinetik energiyaga ega. Taʼsir vaqtida yuzaga keladigan toʻqnashuvlar energiyani yuqori haroratli hududlardan past haroratli hududlarga oʻtkazishga moyildir. (Surat manbasi: Openstax College Physics) Issiqlik oʻtkazuvchanlikning tezligi formulasi qanday?Issiqlik oʻtkazuvchanlik tezligiga taʼsir qiluvchi toʻrtta omil (k, A, ΔT , d) mavjud. Ushbu toʻrt omil (kattalik) quyidagi tenglamaga kiritilgan va u tajribalar bilan tasdiqlangan. Q/t=kAΔT/d Q harfi t vaqtda uzatilgan issiqlik miqdorini bildiradi, k – bu materialning issiqlik oʻtkazuvchanlik doimiysi, A – bu materialning issiqlik uzatilayotgan qismi yuzi, ΔT – materialning bir tomoni va boshqa tomoni oʻrtasidagi harorat farqi, d esa materialning qalinligidir. Ushbu omillarni quyidagi rasmda vizual ravishda koʻrish mumkin. Rasm: issiqlik oʻtkazuvchanlik har qanday materialda kuzatiladi, bu yerda toʻrtburchak shaklida deraza oynasi yoki morj terisi koʻrsatilgan. (Surat manbasi: Openstax College Physics) Download 412.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling